166
14-BOB. IQTISODIY O‘SISHNING UMUMIY TAVSIFI VA
NEOKEYSNSCHA MODELLARI
Reja:
14.1. Iqtisodiy o‘sish tushunchasi va o‘lchanishi.
14.2. Iqtisodiy o‘sishga omillari va tiplari
14.3. Iqtisodiy o‘sishning E.Domar modeli
14.4. Iqtisodiy o‘sishning R.Xarrod modeli
14.1. Iqtisodiy o‘sish tushunchasi va o‘lchanishi
Iqtisodiy o‘sish to‘liq bandlilik sharoitiga mos keluvchi potensial
ishlab chiqa-rish darajasini uzoq muddatli ko‘payishi
tendensiyasini
anglatadi.
Iqtisodiy o‘sish yalpi taklifning o‘sishini yoki boshqacha
aytganimizda, haqiqiy va potensial
YaIM hajmining oshishini
bildiradi. Iqtisodiy o‘sish muammosini o‘rganish natijasida real ishlab
chiqarish tizimi duch keluvchi - cheklangan resurslardan samarali
foydalanish muammosiga yechim topiladi.
Demak, iqtisodiy o‘sish omillari va ular samaradorligini o‘rganish
hamda tahlil qilish jamiyat oldidagi
eng dolzarb muammolardan
biridir.
Iqtisodiy o‘sish nafaqat mamlakat real daromadlarining o‘sishi,
shuningdek, jon boshiga to‘g‘ri keladigan real daromadlarning
o‘sishini ham anglatadi. Shu sababli ham iqtisodiy o‘sish ikki xil usul
bilan o‘lchanadi.
Birinchi usulda iqtisodiy o‘sish real YaIM ni o‘tgan
davrga
nisbatan
o‘zgarishi
sifatida
aniqlanadi
va
mamlakatning
umumiqtisodiy imkoniyatlari dinamikasini aniqlash uchun ishlatiladi.
Bunda joriy yildagi real YaIM (Y
t
) hajmining bazis yildagiga
(Y
t-1
) (asosan oldingi yilga) nisbatan foiz ko‘rinishidagi o‘sishi
aniqlanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: