178
15.2. R.Solou modelida kapitalning chiqib ketishi aholi soni
o‘sishing barqaror muvozanat va iqtisodiy o‘sishga ta’siri
Amortizatsiya quyidagicha hisobga olinadi:
agar yiliga eskirish
hisobiga kapitalning qayd etilgan d qismi chiqib ketadi deb hisoblasak
(chiqib ketish normasi), chiqib ketish miqdori kapital hajmiga
proporsional bo‘ladi va dk ga teng bo‘ladi.
Grafikda bu aloqadorlik
koordinata boshidan d burchak koeffitsienti bilan chiquvchi to‘g‘ri
chiziq bilan aks ettiriladi.(15.2-rasm).
15.2.-rasm. Investitsiyalar va kapitalning chiqib ketishining
iqtisodiy muvozanatga tasiri
Investitsiyalar va chiqib ketishning kapital
zaxirasi dinamikasiga
ta’sirini Δk=I-d, yoki investitsiyalar va jamg‘armalar tengligidan
foydalanib Δk=s·f(k)-dk ko‘rinishida yozish mumkin.
Kapital
zaxirasi(k) investitsiyalar hajmi kapitalning chiqib ketishi hajmiga teng
bo‘lguniga qadar, ya’ni s·f(k)=dk shart bajarilguniga qadar oshib
boraveradi.
Shundan so‘ng bitta ish bilan band xodimga to‘g‘ri
keladigan kapital
zaxirasi (fond bilan qurollanganlik) o‘zgarmaydi (Δk=0).
Investitsiyalar hajmi kapitalning chiqib ketishi hajmiga teng
bo‘lgan
sharoitdagi
kapital
zaxirasi
darajasi
fond
bilan
qurollanganlikning muvozanatli (barqaror) darajasi deyiladi va k* deb
belgilanadi. k* ga erishilganda iqtisodiyot
uzoq muddatli muvozanat
holatida bo‘ladi.
Muvozanat barqaror bo‘lishiga sabab k ning dastlabki miqdori
qandayligidan qat’i nazar iqtisodiyot
muvozanat holatiga, ya’ni k* ga
intiladi. Agar k ning boshlang‘ich miqdori k* dan kam bo‘lsa, yalpi
179
investitsiyalar (sf(k)) chiqib ketish miqdori (dk) dan ko‘p bo‘ladi va
kapital zaxirasi sof investitsiyalar miqdoriga ko‘payib boradi.
Aksincha k
2
> k* bo‘lsa, investitsiyalar
amortizatsiyadan kamligini
anglatadi. Bu holda kapital zaxirasi muvozanatli darajaga qadar
kamayib boradi (15.2.- rasm).
Jamg‘arish normasi fond bilan qurollanganlikning barqarorr
darajasiga ta’sir ko‘rsatadi. Jamg‘arish
normasining s
1
holatdan s
2
holatga siljishi investitsiyalar egri chizig‘ini yuqoriga s
1
f(k)
holatdan
s
2
f(k) holatga qadar siljishini keltirib chiqaradi (15-3. -rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: