8-bob. Pulga talab funksiyasi reja


 -rasm. Jamg‘arish normasiningning iqtisodiy muvozanatga


Download 0.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/56
Sana18.06.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1573752
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   56
Bog'liq
П Makroiqtisodiyot-100-182

15.3. -rasm. Jamg‘arish normasiningning iqtisodiy muvozanatga 
ta’siri 
Boshlang‘ich holatda iqtisodiyot kapitalning barqaror zaxirasi k*
1
ga ega bo‘lib, investitsiyalar amortizatsiyaga teng edi. Jamg‘arish 
normasi oshganidan so‘ng investitsiyalar (I’
1
- I
1)
miqdorga o‘sdi, 
kapital zaxirasi (k*
1
) va amortizatsiya (dk
1
) esa o‘zgarmasdan qoldi. 
Bunday 
sharoitda 
investitsiyalar 
kapitalning 
chiqib 
ketishi 
(amortizatsiya)dan ortiqlik qiladi va kapital zaxirasining yangi 
muvozanat darajasi (k*
2
) ga qadar o‘sishini keltirib chiqaradi. k*
2
esa 
fond bilan qurollanganlik va mehnat unumdorligining yuqoriroq 
darajalari bilan xarakterlanadi. 
Solou modeli jamg‘arish normasi kapital bilan qurollanganlikning 
barqaror darajasiga erishishning o‘ta muhim omili ekanligini 
ko‘rsatadi. Jamg‘arish normasining o‘sishi investitsiyalar hajmining 
oshishini keltirib chiqaradi. Bu esaasosiy kapital miqdorining 
ortishiga, o‘z navbatida kapital bilan qurollanganlik darajasining (k) 
ko‘tarilishi orqali, pirovard natijaga, ya’ni ishlab chiqarish hajmining 
(Y) ko‘payishiga olib keladi. Shunday qilib, jamg‘arish normasining 
oshishi barqaror muvozanat sharoitida yuqoriroq ishlab chiqarish va 


180 
kapital zaxirasi darajasiga erishish imkonini beradi. Ammo jamg‘arish 
normasining ortishi qisqa muddatdli davrda, iqtisodiyot yangi barqaror 
muvozanat nuqtasiga yetgunga qadar, iqtisodiy o‘sishni jadallashishiga 
olib keladi. 
Jamg‘arish jarayoni ham, jamg‘arish normasining oshishi ham 
barqaror muvozanat holatida aholi jon boshiga ishlab chiqarish hajmi–
ning uzluksiz o‘sishi mexanizmini tushuntirish uchun yetarli emas. 
Ular muvozanatning bir holatidan ikkinchi holatiga o‘tilishini 
ko‘rsatadi xolos. Solou modelini keyingi rivojlantirilishida navbat 
bilan ikki shart olib tashlanadi: aholi soni va uning ish bilan band qismi 
sonining o‘zgarmasligi hamda texnologik taraqqiyotning mavjud 
emasligi. 
Aholi doimiy (n) sur’at bilan o‘sadi deb tasavvur qilamiz. 
Ishchilar sonining ko‘payishi boshqa teng sharoitlarda mehnatning 
kapital bilan qurollanishi darajasining qisqarishiga olib kelishi 
mumkin. Natijada, bir ishchiga to‘g‘ri keladigan kapital zaxirasi 
o‘zgarishini ko‘rsatuvchi tenglama quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi: 

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling