8-bob. Pulga talab funksiyasi reja


Nazorat va muhokama uchun savollar


Download 0.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/56
Sana18.06.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1573752
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   56
Bog'liq
П Makroiqtisodiyot-100-182

Nazorat va muhokama uchun savollar 
1. 
Iqtisodiy o‘sish tushunchasi va uni o‘lchash usullarini izohlab 
bering. 
2. 
Iqtisodiy o‘sish omillarini ishlab chiqarish, 
talab 
va 
taklif 
omillariga qaysi tamoyillarga asoslanib bo‘linadi? 
3. 
Ekstensiv va intensiv iqtisodiy o‘sishning farqlari nimada, sof 
intensiv o‘sishga erishish mumkinmi? 
4. 
Domar modelida investitsiyalar tahlili Keyns tahliliga nisbatan 
qanday farq qiladi? 
5. 
Domar modelining asosiy o‘zgaruvchilariga tavsif bering va uning 
mohiyatini tushuntiring? 
6. 
Iqtisodiy o‘sishning Xarrod modeli Domar modelidan qaysi 
jihatlariga ko‘ra farq qiladi? 


174 
15 – BOB. IQTISODIY O‘SISHNING NEOKLASSIK 
MODELLARI 
 
Reja: 
15.1. R.Solouning neoklassik modeli asoslari. 
15.2. R.Solou modelida kapitalning chiqib ketishi aholi soni 
o‘sishing barqaror muvozanati va iqtisodiy o‘sishga ta’siri. 
15.3. Texnologik taraqqiyotning iqtisodiy o‘sishga ta’siri. 
Felpsning «oltin qoidasi». 
15.4. Iqtisodiy o‘sishning J.Mid va A. Lyuis modellari. 
15.5. O‘zbekistonda iqtisodiy o’sishni ta’minlash omillari va 
natijalari 
 
15.1. R.Solouning neoklassik modeli asoslari 
Iqtisodiy o‘sishning dastlabki neoklassik modellari 1950-1960 
yillarda, ya’ni dinamik muvozanat muammosiga e’tibor susaygan va 
birinchi planga nafaqat foydalanilmagan quvvatlar hisobiga, balki shu 
bilan birga yangi texnikani joriy qilish, unumdorlikni oshirish va 
ishlab chiqarishni tashkil qilishni yaxshilash hisobiga potensial 
mumkin bo‘lgan o‘sish sur’atlariga erishish muammosi chiqqan davrda 
paydo bo‘ldi. 
Shu sababli iqtisodiy o‘sish muammosining nafaqat nazariy 
asoslari, balki uni tahlil qilishning uslublari ham o‘zgardi. Bu davrda 
rivojlangan davlatlar iqtisodiyotida yirik firmalarning roli keskin o‘sdi. 
Bu firmalar o‘z investitsiyalarini strategik rejalashtirish uchun, 
iqtisodiy o‘sishning neokeynscha modellariga tayangan holda
mikrodarajada o‘sishning dinamik modellarini tuza boshlashdi. 
Ta’kidlangan modellarni tuzishda firmalar chiziqli dasturlash 
uslublaridan va V.Leontevning ishlab chiqarish funksiyasidan 
foydalanishdi. Yirik firmalarning mustaqil iqtisodiy siyosat yuritishga 
va iqtisodiy o‘sishga erishishga intilishlari neoklassik yo‘nalish 
vakillarini iqtisodiy o‘sishning neokeynscha modellariga muqobil 
bo‘lgan o‘sish modellarini yaratishga faol kirishishga undadi. Bu 
yo‘nalish vakillari (amerikalik iqtisodchi R. Solou va ingliz 
iqtisodchisi J.Mid hamda boshqalar), bozor raqobati sharoitida yirik 
firmalarga o‘z resurslaridan potensial o‘sishga erishish maqsadi 


175 
to‘laroq foydalanish imkonini berish uchun, iqtisodiyotga davlat 
aralashuvini qat’iy cheklash lozim degan fikrni olg‘a surishdi. Ular 
yaratgan modellarning metodologik asoslari bo‘lib, shuningdek, mehnat, 
kapital va yerni ijtimoiy mahsulotni yaratishning mustaqil omillari deb 
qarovchi ishlab chiqarish omillarining klassik nazariyasi xizmat qildi. 
Neoklassik modellarning navbatdagi metodologik asosi bo‘lib chekli 
(chegaralangan) unumdorlik nazariyasi hisoblanadi. Ushbu nazariyaga 
ko‘ra ishlab chiqarish omillari egalari oladigan daromad, bu omillarning 
chekli mahsulotlari (omillarning qo‘shimcha birligi hisobiga yaratilgan 
qo‘shimcha 
mahsulot) 
bilan 
belgilanadi. 
Noklassik 
maktab 
nazariyotchilari iqtisodiy o‘sishning neokeynscha nazariyalarini uch jihat 
bo‘yicha tanqid qildilar: 

birinchidan, ular e’tiborni faqat iqtisodiy o‘sishning bir omiliga- 
kapital jamg‘arishga (investitsiyalarnining qo‘shimcha o‘sishiga) 
qaratishdi. Boshqa omillar(ayniqsa texnologik taraqqiyot bilan bog‘liq 
bo‘lgan holatlar, ya’ni ishchi kuchining ma’lumot darajasi va 
malakasining o‘sishi, ishlab chiqarishni tashkil etishning yaxshilanishi 
hamda boshqalar) ular e’tiboridan chetda qoldi. Neoklassiklar bo‘sh 
turgan ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish uchun yangi ishchi 
kuchini jalb qilish hisobiga ham ishlab chiqarishning qo‘shimcha 
o‘sishini ta’minlash mumkin deb hisobladilar; 

ikkinchidan, 
neokeynschilar 
ishlab 
chiqarishning 
kapital 
talabchanligi koeffitsienti-s (s= I / Δ Y )ni o‘zgarmas deb qaradilar. 
Neoklassik modellar esa ikki ishlab chiqarish omilini (kapital va 
mehnatni) hisobga olgan holda va ularning o‘zaro bir-birini 
almashtirishini (substitut ekanligini) ko‘zda tutib bu koeffitsient 
o‘zgarishi mumkinligini nazarda tutadilar. Bundan esa, ishlab 
chiqarishning berilgan texnik qurollanishi darajasida, belgilangan ishlab 
chiqarish hajmiga resurslarning turli kombinatsiyalarini qo‘llab erishish 
mumkin degan xulosa chiqadi; 

uchinchidan, neokeynschilar bozor mexanizmining muvozanatni 
avtomatik tiklash qobiliyatini etarlicha baholamadilar. 
Neokeynschilardan farqli ravishda, neoklassiklar faqatgina raqobatga 
asoslangan bozor tizimigina iqtisodiy o‘sishning balanslashganligini 
ta’minlashi mumkin deb hisobladilar. Ular iqtisodiy o‘sishning
balanslashganligini ta’minlash raqobat mexanizmidan tashqari barqaror 
pul tizimiga ham bog‘liq, raqobat mexanizmi va barqaror pul tizimi bozor 
muvozanatini avtomatik tiklaydi deb hisoblashdilar. Shu sababli ular, 


176 
davlatning iqtisodiyotga aralashuviga barqarorlikni buzuvchi omil 
sifatida qarab, inflatsion davlat xarajatlariga qarshi chiqdilar. 
Neoklassik modellar barcha iqtisodiy jarayonlarning aniq holatini 
qamrash xususiyatiga egadir. 
Birinchi neoklassik model R. Solou tomonidan 1956-yilda ”Iqtisodiy 
o‘sish nazariyasiga hissa” asarida tasvirlab berildi va so‘ngra 1957-yilda 
“Texnologik taraqqiyot va agregativ ishlab chiqarish funksiyasi” nomli 
asarida rivojlantirildi. 
R.Solou modeli mutanosib iqtisodiy o‘sishning zarur sharti yalpi 
talab va yalpi taklifning tengligi hisoblanadi. 
Modelda yalpi taklif Kobb-Duglasning ishlab chiqarish funksiya 
bilan ifodalangan. Bu funksiya bir tomondan ishlab chiqarish hajmi va 
ikkinchi tomondan foydalanilayotgan omillar hamda ularning o‘zaro 
kombinatsiyalari o‘rtasidagi funksional bog‘liqlikni aks ettiradi, ya’ni: 

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling