8-bob. Pulga talab funksiyasi reja


  Iqtisodiy o‘sishning R.Xarrod modeli


Download 0.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/56
Sana18.06.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1573752
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   56
Bog'liq
П Makroiqtisodiyot-100-182

14.4. 
Iqtisodiy o‘sishning R.Xarrod modeli 
Agar E.Domar o‘z modelida investitsiyalarni ekzogen tarzda 
berilgan miqdor deb olgan bo‘lsa R.F. Xarrodning 1939-yilda ishlab
chiqilgan iqtisodiy o‘sish modeliga akselerator prinsipi va tadbirkorlar–
ning kutishiga asoslangan endogen funksiyasi ham kiritildi. Akselerator 
prinsipiga ko‘ra nafaqat investitsiyalar ishlab chiqarishning o‘sishini 
keltirib chiqaradi, balki ishlab chiqarish va daromadlarning o‘sgan hajmi 
ham investitsiya jarayonlarining jadallashishiga olib keladi. 
R.Xarrod o‘z modeliga uch tenglamani kiritadi:
1)kafolatlangan o‘sish sur’ati tenglamasi; 
2) haqiqiy o‘sish sur’ati tenglamasi; 
3)tabiiy o‘sish sur’ati tenglamasi. 
R Xarrod modelida haqiqiy o‘sish sur’ati ishchi kuchining o‘sish 
sur’ati va kapital unumdorligining o‘sish sur’ati bilan belgilanadi. 


172 
Gr*c = s , bu yerda 
Gr - YaIMning haqiqiy qo‘shimcha o‘sish sur’ati; Δ Y/ Y; 
c- ishlab chiqarishning kapital talabchanligi koeffitsienti, I / Δ Y ; 
s– Milliy daromaddagi jamg‘arish hajmi yoki jamg‘arishga o‘rtacha 
moyillik, S Y;Tadbirkorlar dinamik muvozanat ta’minlangan o‘sish 
sur’ati bo‘lgan kafolatlangan (prognoz qilingan) o‘sish sur’atiga 
asoslanib o‘z investitsiya rejalarini tuzadilar. Kafolatlangan o‘sish sur’ati 
jamg‘arishga o‘rtacha moyillik darajasini akseleratorga nisbati sifatida 
aniqlanadi: 
Gw = s / cr , bu yerda: 
Gw – kafolatlangan o‘sish sur’ati 
cr – talab etiladigan kapital talabchanlik koeffitsienti (o‘tgan yillardagi 
shakllangan darajasi); 
Bu ko‘rsatkichlar doimiy bo‘lganligi sababli kafolatlangan o‘sish 
sur’atlari ham doimiy bo‘ladi. 
Agar haqiqiy o‘sish sur’ati kafolatlangan o‘sish sur’atiga mos kelsa 
iqtisodiyotda barqaror uzluksiz o‘sish ta’minlanadi. Amaliyotda bunga 
doimo erishib bo‘lmasligi tufayli qisqa muddatli davriy tebranishlar ro‘y 
beradi. 
Xarrod modelida resurslardan to‘liq foydalangan sharoitda 
ta’minlanishi mumkin bo‘lgan maksimal o‘sish sur’ati tabiiy o‘sish sur’ati 
deb nomlandi. 

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling