8-bob. Pulga talab funksiyasi reja
O‘zbekiston Respublikasida Davlat budjetiga egri soliqlar
Download 0.84 Mb. Pdf ko'rish
|
П Makroiqtisodiyot-100-182
O‘zbekiston Respublikasida Davlat budjetiga egri soliqlar
tushumining tarkibi (%) Soliq turlari 2008 2009 2010 2011 2012 2013 2014 2015 2016 2017 2018 Egri soliqlar 100,0 100,0 100,0 100,0 100,0 100,0 100,0 100,0 100,0 100,0 100,0 1.Qo‘shilgan qiymat solig‘i 60,8 56,8 56,7 57,9 57,1 56,4 56,1 56,5 56,3 56,2 67,5 2.Aksiz solig‘i 27,2 32,9 32,4 30,9 30,6 31,1 29,2 29,3 29,7 30,5 23,5 3.Bojxona boji 7,7 6,2 6,3 6,3 7,3 7,5 8,0 8,3 8,2 6,5 4,4 4. Benzin iste’moli uchun jismoniy shaxslardan undiriladigan soliq 4,3 4,1 4,5 4,9 5,1 5,0 6,7 5,9 5,8 6,8 4,6 128 Agar ushbu soliqlar tarkibini qarab chiqadigan bo‘lsak, qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha tushumlar egri soliqlar tarkibidagi ulushi bo‘yicha birinchi o‘rinni egalladi. 2000 -yilda qo‘shilgan qiymat solig‘i ulushi 47,3 foizni, 2004-yil 42,5% foizni, 2013-yilda 56,4% tashkil etgan bo‘lsa, 2018-yilda 67,5 % ni tashkil qildi. Qo‘shilgan qiymat solig‘i ulushining bunday keskin ko‘tarilishi aksiz solig‘i bo‘yicha tushumlar hajmining kamayishi bilan izohlanadi. 2013-yilda aksiz solig‘i bo‘yicha tushumlarning egri soliqlar tarkibidagi ulushi 2004- yildagi 48,2% o‘rniga 31,1%ga teng bo‘lishi, 2018-yilda esa 23,5 % ga teng bo‘lishi kuzatildi. Ushbu pasayishning sababi respublika hududida ishlab chiqarilgan alkogol mahsulotlariga aksiz solig‘ining qat’iy belgilangan stavkasining o‘zgarmaganligi bilan bog‘liq. Boshqa egri soliqlarning stavkalarida esa inflatsiya darajasi hisobga olinadi. Tashqi iqtisodiy faoliyatning yanada faollashuvi natijasida, bojxo- na bojlarining egri soliqlardagi ulushi ortib borib 2000-yildagi 2 % o‘rniga 2005-yilda 4,7 % ga, 2016-yilda esa yana ko‘tarilib 8,2 % ga yetdi. Shu davrda egri soliqlar tushumining umumiy hajmida jismoniy shaxslardan undiriladigan yagona bojxona to‘lovi ulushi ortdi. Avtomobil egalariga mulk egaligi uchun solinadigan soliqlar o‘rniga joriy etilgan benzin iste’moli uchun jismoniy shaxslardan undiriladigan soliqlarning egri soliqlar tushumidagi ulushi 2002-yilda 2,5 foizni tashkil etgan bo‘lsa, ko‘payib borib 2005-yilda 4,4 foizga, 2018-yilda 4,4 foizga yetdi.Soliq stavkalarini pasaytirish, iqtisodiyotga soliq yukini kamaytirish, soliqlarning rag‘batlantiruvchi funksiyasini kuchaytirish borasida amalga oshirilgan chora tadbirlar natijasida umumiy soliq yuki kamaygani holda, budjet daromadlari ortib bordi, ularning tarkibida ijobiy siljishlar ro‘y berdi. Davlat budjetiga soliq tushumlarining ko‘payishi hukumatimizga ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarni moliyalashtirish, aholini ijtimoiy himoya qilish borasidagi tadbirlarni amalga oshirishiga xizmat qildi. Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling