8-bob. Pulga talab funksiyasi reja


  Davlat budjetining soliqlarga ko‘ra tarkibi. Soliq yuki


Download 0.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/56
Sana18.06.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1573752
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   56
Bog'liq
П Makroiqtisodiyot-100-182

10.4. 
Davlat budjetining soliqlarga ko‘ra tarkibi. Soliq yuki 
Respublikamizda 1992-yilda jami 24 turdagi soliqlar va 
yig‘imlar amalda bo‘lgan bo‘lsa ularning soni 2000-yili 17 tagacha, 
2017-yilga kelib esa 10 tagacha qisqardi. Soliqlar turining qisqarishi 
ayrim soliqlarning bekor qilinishi, ayrimlarini esa qo‘shib yuborish-
unifikatsiya 
qilish hisobiga ta’minlandi. Masalan ijtimoiy 
infratuzilma solig‘iga obodonlashtirish yig‘imi qo‘shib yuborilgan 
bo‘lsa, 2006-yilda ekologiya solig‘i mutlaq bekor qilindi. 
2000–2017-yillarda foyda solig‘i stavkasi 31 %dan 8 foizga 
tushirildi, Shuningdek, tadbirkorlik subyektlaridan olinadigan 
yagona soliq unifikatsiya qilindi, ya’ni unga nobudjet davlat 
jamg‘armalariga o‘tkaziladigan majburiy to‘lovlardan yagona yo‘l 
jamg‘armasi, maktab ta’limini rivojlantirish jamg‘armasiga 
ajratmalar ham qo‘shib yuborildi. 
 
 


125 
10.4-jadval 
Davlat budjeti daromad qismining bajarilishi
(YaIMga nisbatan % da)
 
 
Ko‘rsatkichlar 2010 2011 2012 2013 2014 2015 2016 2017 2018 
Daromadlar 
jami 
22,1 
21,9 22,0 22,0 21,9 
21,3 
20,6 
19,9 
19,4 
1. Bevosita 
soliqlar 
5,8 
5,8 
5,6 
5,3 
5,1 
5,1 
4,9 
4,6 
3,8 
2. Bilvosita 
soliqlar 
11,1 
10,6 10,8 11,3 11,6 
11,2 
10,6 
10,5 
10,1 
3.Resurs 
to‘lovlari 
hamda mulk 
solig‘i 
3,4 
3,4 
3,4 
3,3 
3,0 
2,8 
2,7 
2,8 
3,1 
4. Boshqa 
daromadlar 
1,8 
2,2 
2,2 
2,2 
2,2 
2,2 
2,4 
2,1 
2,4 
Yagona soliq stavkasi 2007-yilda 13 % ga, 2012-yilda esa 5 % gacha 
pasaytirildi. Bu chora tadbirlar iqtisodiyotga soliq yukini kamaytirish 
imkonini berdi. Agar davlat budjeti daromaadlarining YaIMdagi ulushi 
2000-yilda 28,5 % bo‘lgan bo‘lsa 2005-yilda 22,5 % ni 2018-yilda 19,4 
% ni tashkil etdi (10.4-jadval). 
Bizga ma’lumki Yagona yo‘l jamg‘armasi, Maktab ta’limini rivoj-
lantirish jamg‘armas, Pensiya jamg‘armasi va Bandlilikka ko‘maklashish 
jamg‘armasini o‘z ichiga olgan davlat nobudjet fondlariga to‘lovlar ham 
soliq mazmuniga ega bo‘lib tovarlarlar va xizmatlar tannarxiga, ularning 
sotilish bahosi ko‘tarilishiga, raqobatbardoshliligi pasayishiga olib 
keladi, shuningdek korxonalar moliyaviy resurslari qisqarishini keltirib 
chiqaradi. Nobudjet davlat jamg‘armalarini ham qo‘shib hisoblanadigan 
jamlanma budjet daromadlarining YaIMdagi ulushi sifatida aniqla-
nadigan soliq yukining ham kamayishini kuzatishimiz mumkin. 2001–
2017-yillar davomida iqtisodiyotga umumiy soliq yuki 40 foizdan 29 
foizgacha pasaytirildi. Iqtisodiyotga soliq yukining pasaytirilishi 
korxonalarning moliyaviy resurslarining ko‘payishiga olib keldi. “ Bu 
o‘z navbatida investitsiya–larning ko‘payishi, korxonalarning aylanma 
mablag‘larini to‘ldirish, ishchi va xizmatchilarning ish haqi va 
daromadlarini oshirish uchun qo‘shimcha manba bo‘lib xizmat qilmoqda. 
2014-yilda yuridik shaxslar daromadiga solinadigan soliq stavkasi 8.5% 


126 
dan 8%ga, kichik korxona va mikrofirmalar uchun yagona ijtimoiy to’lov 
25% dan 15%ga pasaytirildi. 
Natijada iqtisodiyotga davlat budjeti daromadlari bo‘yicha 
hisoblanadigan soliq yuki 20, 6 % gacha pasaydi. 
Bu yillar davomida soliq yukining pasayishi soliq stavkalarining 
kamaytirilishi bilan birga investorlar va tadbirkorlar uchun soliq 
imtiyozlari ro‘yxatining kengaytirilishiorqali ro‘y berdi. Tahlil 
qilinayotgan davrda to‘g‘ri soliqlarning YaIMdagi ulushi 7,5 % (2000 y) 
dan 3,8 % (2018-y.) gacha pasaydi. 
Mol-mulk solig‘i va resurs to‘lovlarining YaIMdagi va yalpi soliq 
tushumlaridagi ulushi kamayib borganligini ta’kidlash lozim. Bu 
soliqlarning YaIMdagi ulushi 2010-yilda 3,4 %ni, 2018-yilda 3,1 %ni 
tashkil etdi. To‘g‘ri soliqlar tarkibida, jismoniy shaxslarning 
daromadlaridan olinadigan soliqlar ulushi muttasil o‘zgarib bormoqda 
(10.5-jadval). Agar bu ko‘rsatkich 2000- yilda 44,5 foizni tashkil etgan 
bo‘lsa, 2010- yilda 45.0 %ni, 2011-yilda 42,7 % ni, 2012-yilda 42,5 % 
ni, 2018-yilda esa 41,2 % ni tashkil etdi, ya’ni, to‘g‘ri soliqlar yalpi 
tushumida yuqori o‘rin tutadi. 
10.5-jadval 

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling