Misol uchun, beshinchi toifaga kiruvchi, sharoiti eng og‘ir bo‘lgan 0 ta tuman uchun aylanmadan olinadigan soliq, foyda solig‘i, ijtimoiy soliq stavkalarini foiz miqdorida belgilaymiz
Download 83.44 Kb.
|
kurs ishi Xoliqov biznes etikasi (1)
Kirish Hozirgi kunda shiddat bilan rivojlanayotgan zamonda biznesning raqobatbardoshligini oshirish, mijozlar bilan kompaniya va kompaniya bilan xodimlar o’rtasida ijobiy munosabat yaratish, korxonaning kelgusi istiqbollarini mustahkam rejalashtirish orqali biznes qurish juda muhim. O’z o’rnida hamma rahbarlar ham erisha olmaydigan oddiy lekin ko’rinishidan qiyin tuyuladigan natija hisoblanadi. Oxirgi yillarda O’zbekiston Respublikasida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish bo’yicha qabul qilinayotgan rasmiy xujjatlar xalq xo’jaligining barcha sohalarida biznes faoliyatining barqaror va intensiv rivojlanishiga sababchi bo’lmoqda. Biznes faoliyati bilan shug’ullanadigan xotin–qizlar salmog’i ham yildan yilga oshib bormoqda. President tashabbusi bilan biznes yo’lga qo’yish da aholiga ko’maklashish maqsadida: “Endi toifaga qarab, tumanlarning iqtisodiy rivojlanishini belgilaymiz. Tadbirkorlar uchun subsidiya, kreditlar va kompensatsiyalar toifalardan kelib chiqib ajratiladi. Ular uchun soliq stavkalari har xil bo‘ladi. Misol uchun, beshinchi toifaga kiruvchi, sharoiti eng og‘ir bo‘lgan 20 ta tuman uchun aylanmadan olinadigan soliq, foyda solig‘i, ijtimoiy soliq stavkalarini 1 foiz miqdorida belgilaymiz. Mazkur tumanlardagi tadbirkorlar yer va mol-mulk soliqlari bo‘yicha hisoblangan summaning atigi 1 foizini to‘laydi. Yakka tadbirkorlar qat’iy stavkadagi soliqlarni to‘lashdan ozod etiladi. Xuddi shunday, boshqa toifadagi tumanlarda kreditlarga pasaytirilgan foiz stavkalarini qo‘llash, infratuzilma xarajatlarini davlat tomonidan qoplab berish kabi bir qator yengilliklar beriladi. Byudjet xarajatlari, aholi va tadbirkorlar oldidagi majburiyatlarimizni qisqartirmagan holda, biznesga soliq yukini kamaytirish bo‘yicha ishlarni davom ettiramiz. Jumladan, 1 yanvardan boshlab qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasini 15 foizdan 12 foizga pasaytirish hisobidan tadbirkorlar ixtiyorida yiliga kamida 14 trillion so‘m mablag‘ qoladi. Lekin biznes muhitini yaxshilash uchun faqat soliqni kamaytirishning o‘zi yetarli emas.”1 Biznes bilan shug’ullanadigan kishilar ham jamiyat a’zosi hisoblanadi. Shu sababli ham ular nafaqat ish davrida, ishidan keyin ham jamiyatda o’rnatilgan ahloq va odob qoidalariga qat’iy rioya qilishlari shart. Biznes shunday faoliyatki, biznesmen o’ziing faoliyati davrida har xil madaniyat darajasiga, fe’l–atvorga, diniy va dunyoqarashlarga ega bo’lgan nafaqat O’zbekiston fuqarolari, chet elliklar bilan ham munosabatga tushadi. Bunday vaziyatlarda biznesmen nafaqat o’zining u mansub bo’lgan o’zbek xalqining va respublikasining madaniyatini namoyon qilish hamda ijobiy natijalarga erishish uchun biznesmenlar faoliyatiga mansub xalqaro darajada va o’z jamiyatida qabul qilingan ahloq–odob, ya’ni etiket qoidalariga qat’iy rioya qilgan holda harakat qilishlari kerak. Bundan tashqari biznesmen o’z hamkorlari, hamkasblari va fuqarolar o’rtasida o’z imijini (mavqyei yoki obro’y) oshirish yo’llarini yaxshi bilishlari va ulardan oqilona foydalanishlari lozim. Biznesmen doimo hamkasblari, hamkorlari va uni bilgan xalq nazorati ostida bo’ladi. Shu boisdan ham biznesmenlar o’zlarining qiyofasiga, ya’ni yuvinib–taranishiga, kiyadigan kiyimining sifatiga, tozaligiga, doimo dazmollanganligiga e’tibor beribgina qolmasdan, yurish–turishda hamda suhbatlar o’tkazishda oyoq va qo’llarining holatiga, mimikasiga katta e’tibor berishlari lozim. Xalqaro biznesda ishtirok etuvchi biznesmenlar xizmat yuzasidan chet mamlakatlarga borganda chet ellik hamkorlar ularga O’zbekiston xalqining ilg’or vakillari deb qarashadi. Shuning uchun ham safaringiz davrida sizning hatti–harakatingizga, muomala qilishingizga va yurish– turishingizga qarab nafaqat siz, millatingiz va davlatingiz madaniyati to’g’risida xulosa chiqaradi. Xalqaro biznes vakillari ham yuqorida ko’rsatilgan etiket qoidalarini juda ham yaxshi bilishlari va ularga rioya qilishlari lozim. Download 83.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling