Misol uchun, beshinchi toifaga kiruvchi, sharoiti eng og‘ir bo‘lgan 0 ta tuman uchun aylanmadan olinadigan soliq, foyda solig‘i, ijtimoiy soliq stavkalarini foiz miqdorida belgilaymiz


Biznes etikasining xorij tajribalari va O’zbekistondagi biznes etikasi bilan o’xshash va farqli tomonlari


Download 83.44 Kb.
bet6/8
Sana30.04.2023
Hajmi83.44 Kb.
#1416555
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
kurs ishi Xoliqov biznes etikasi (1)

4. Biznes etikasining xorij tajribalari va O’zbekistondagi biznes etikasi bilan o’xshash va farqli tomonlari
Halollik (poklik), ochiq–oydinlik, berilgan va’daga sodiqligi, korxona mahsuloti yoki xizmati iste’molchilarini hurmat qilish kabi hamda korxona va iste’molchi, biznes–korxonalar, biznes–korxona va davlat o’rtasidagi ahloqiy mezon va me’yorlar biznes–korxonalarning etikasini tashkil qiladi. Ulardan ko’rinib turibdiki, biznes–korxona iste’molchilarni, hamkorlarini va davlatni aldamasdan hamda har qanday nayrang yo’llarga o’tmasdan halollik bilan olingan foydaga egalik qilishi kerak. Bundan tashqari biznes korxonalardan jamiyat oldida turgan maqsadlarga erishishga ko’maklashish ham talab qilinadi. Shunday qilib, biznes– korxonalar o’zi faoliyat ko’rsatayotgan jamiyat oldida javobgar bo’lib, olgan foydaning ma’lum bir qismi jamiyat ehtiyoji, manfaati va uning takomillashishi uchun sarf qilinishi lozim. Mamlakat iqtisodiy ahvolining holatiga qarab biznes–korxonaga etik talablar turli darajalarda qo’yilishi mumkin. Masalan, mamlakatning barqaror iqtisodiyotga erishish davrida biznes–korxonalarning ushbu sharoitlarga moslashish va omon qolish, ish joylarini va malakali xodimlarni saqlab qolish, foyda olish hamda raqobatbardosh bo’lish talablari qo’yiladi. Mamlakat iqtisodiyotining barqarorlashi bilan biznes– korxonalar oldiga qo’yiladigan etik talablarining mohiyati yanada oshadi va kengayadi.
Biznes korxonaning etikaviy boshqarilishi davlat qonunlarida belgilanmagan ahloqiy munosabatlar etik me’yorlari yordamida amalga oshiriladi. Etik me’yorlar deganda etika qadriyatlari va qoidalari tushuniladi. Korxona xodimlari o’z faoliyati davrida ularga rioya qilishlari lozim. Etik qoidalar huquq va majburiyatlarni hamda majburiyatlarini bajarmaganligi yoki huquq doirasidan chetga chiqqanligi uchun javobgarlikni o’z ichiga oladi.
Demokratiya tamoyillariga asoslanib faoliyat ko’rsatadigan biznes– korxonalarda turli diniy va siyosiy dunyoqarashlarga ega bo’lgan har millat va elat vakillari faoliyat ko’rsatishlari mumkin. Bunday korxonalarda etik me’yorlar xodimlarni irqi, tili, tanasining rangi, dini, jinsi, yoshi, millati, nogironligi, ish staji, dunyoqarashi, bironta partiyaga mansubligi, ma’lumoti, ijtimoiy kelib chiqishi va mol–mulki bo’yicha diskriminasiya (kamsitish) ni man etadi. Yuqorida ko’rsatilganlardan tashqari korxona etik me’yorlari quyidagi nojuya harakatlarni ta’qiqlaydi: xodimlar ustidan kulishni; diniy va irqiy jirkanishlarni; ish joyida tajovuzkorlik vaziyatlarni keltirib chiqaradigan hazillar va tanbehlarni; do’q–po’pisa va qo’polliq qilishni; birovlarga jabr–zulm qilishni, narkotik moddalardan foyydalanish va sotishni; ishga mast va narkotik moddalarni chekib kelishni; korxona mol– mulkini yo’qotish, o’g’irlash, ulardan noto’g’ri va samarasiz foydalanishni; xizmat va tijorat bilan bog’liq bo’lgan maxfiy ma’lumotlarni oshkora qilishni; ish joylarida shaxsiy buyumlarni saqlashni hamda xarajat materiallaridan va aloqa vositalaridan shaxsiy manfaati uchun foydalanishni; rahbariyatga noto’g’ri va noaniq ma’lumotlar berishni; o’z xarajatlarini bo’rttirib ko’rsatishni; davlat va boshqa idoralarni aldashni; korxona nomidan yolg’on bayonot berishni; kuchidan suiiste’mol va boshqalarga nisbatan tahdid qilishni; qonunlarga zid keladigan buyruq va farmoyishlarni bajarishni; kamsitib (mensimay) gapirish, raqiblar va ularning tovar va xizmatlarini kamsitishni, ya’ni yerga urishni; korxona shartnomalari to’g’risida begona kishilarga axborot berish va ularning shartlarini oshkora qilishni; korxonada qo’llanilayotgan ilmiy ixtirolar, bozorlarni o’rganish to’g’risida ma’lumotlarni berishni; korxonada ishlamaydigan kishilar bilan korxona to’g’risida gaplashishni; nojo’ya uslub va xizmatlardan (boshqalar gaplarini yashirincha quloq solib eshitish, xodim va raqiblar to’g’risida shaxsiy ma’lumotlarni olish uchun xizmatkorlarni yollash, o’g’irlash va shunga o’xshash) foydalanish; ta’magirlik qilishni; tovarlar yetkazib beruvchilar va kliyentlardan qimmatbaho sovg’a yoki pul olishni, yoki ular vakillariga pul yoki sovg’a berishni va shularga o’xshagan jamiyatda qoralanadigan hatti–harakatlar. Yuqorida ko’rsatilgan ahloqiy (etik) me’yorlar nafaqat biznes, boshqa turdagi korxonalarga va ularning xodimlariga ham taalluqli bo’lib, xodimlarning umumiy yig’ilishida qabul qilinishi va tasdiqlanishi lozim.
Hozirgi kosmos va xalqaro munosabatlar asrida chehradagi tabassum biznesmenlar uchun juda ham katta ahamiyatga ega. Tabassum dunyo mavjudodlaridan faqat insonga tortiq qilingan va katta ruhiy kuchga ega bo’lgan qobiliyat bo’lib, o’zaro va xalqaro munosabatlarda hamkorlik ko’prigi, ko’ngli ochiqlilik va xushmuomalalik belgisi sifatida xizmat qiladi. U katta masofa va qiyinchiliklarni “bosib o’tib”, o’z sohibiga faqat foyda keltiradi, muammo va mushkullarning yechilishini osonlashtiradi. Shu sababdan bo’lsa kerakki, xalqimizning “Yuzingizdan tabassum arimasin” degan gapi bejiz emas. Yuqorida keltirilgan ma’lumotlardan ko’rinib turibdiki, biznesmen chehrasining munosabatlar davridagi holati unga foyda keltiradi yoki unga qarshi “ishlaydi”. Lekin foyda keltirar ekan deb, har joyda va har qaysi vaziyatda ham doimo jilmayish kerak emas, chunki ba’zi bir vaziyatlarda u o’rinli bo’lmasligi mumkin. Esingizdan chiqmasinki, boshqa barcha vaziyatlarda tabassum hamkor va suhbatdoshlarga kuchli ijobiy ta’sir ko’rsatadi va ularning kayfiyatini ko’taradi.
Biznes sohasida hamkorlikdagi faoliyat jarayonida o‘rnatilgan munosabatlari biznes munosabatlari deb ataladi. Biznes munosabatlari instrumental, hissiy-ehtiyoj, bevosita va bilvosita turlarga bo‘linadi. Ijtimoiy va shaxsiy munosabatlar aynan muomalada amalga oshadi. Muomala odamlar o‘zaro munosabatlari tizimining amalga oshishidir. Ijtimoiy munosabatlar ichida shakllanayotgan shaxslararo munosabatlar tahlili inson va tashqi dunyo bilan bo‘lgan murakkab aloqalar tizimida muomalaning o‘rnini aniqlashga imkon beradi. Insonning turli ko‘rinishdagi munosabatlari faqat o‘zaro aloqalar bilan chegaralanmaydi: insonning ijtimoiy tizimdagi mavqei uning aloqa tizimini yaratishini talab qiladi. Bu jarayon faqat muomalada yuzaga kelishi mumkin. Muomalada shaxslararo va ijtimoiy munosabatlar o‘z ifodasini topadi. Shunday qilib, muomala kishi munosabatlarining barcha tizimini amalga oshishidir.
Quyida O’zbekistondagi mashhur bredlardan biri “Korzinka” brendining etika kodeksidan parchalar keltirib o’tamiz.
Asosiy axloqiy tamoyillar8
Halollik va ishonch
Barcha xodimlar chakana savdo sohasida halol va shaffof kompaniya sifatida o‘zini namoyon qilgan Kompaniya obro‘sini himoya qilishga majburdirlar. Kompaniya xodimlaridan barcha biznes munosabatlarida professional, adolatli va halol harakat qilishlari talab qilinadi.
Biz raqobatchilarimizni hurmat qilamiz. Biz doimiy ravishda mavjud va potensial raqobatchilarning faoliyatini tahlil qilamiz, ularning kuchli va zaif tomonlarini aniqlaymiz, lekin har doim halol raqobat qoidalariga va normativ-huquqiy hujjatlarga rioya qilamiz.
Biz ommaviy axborot vositalari bilan munosabatlarimizda yuqori axloqiy me’yorlarni qo‘llab-quvvatlaymiz va reklama faoliyatimizda noto‘g‘ri ma’lumotlar tarqatish, faktlarni yashirish va/yoki noto‘g‘ri ko‘rsatishga yo‘l qo‘ymaymiz.
Qonunlar va korporativ normalarga rioya qilish
Kompaniyaning barcha xodimlari mahalliy va xalqaro qonunlar, Kompaniyaning ichki tartiblari va qoidalari talablariga qat’iy rioya qilishlari kerak. Kompaniya shaxsiy manfaatlar uchun yoki Kompaniya nomidan qilingan har qanday noqonuniy faoliyatga yo‘l qo‘ymaydi.
Kompaniya monopoliyaga qarshi qonunchilik talablariga rioya qiladi. Kompaniyaning yetkazib beruvchi va pudratchilarini tanlash erkin raqobat tamoyillariga muvofiq amalga oshiriladi.
Barcha buxgalteriya hisobi va boshqa hujjatlar amaldagi qonunchilik talablariga, amaldagi buxgalteriya hisobi va hisobot standartlariga, qabul qilingan ichki qoidalarga muvofiq bo‘lishi kerak. Kompaniyada qayd etilmagan, ro‘yxatdan o‘tmagan va yashirin aktivlar bo‘lmasligi kerak.
Xodimlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita Kompaniyaning moliyaviy hisobotlari va ichki nazorat tizimining auditorlik tekshiruviga noto‘g‘ri ta’sir ko‘rsatishga yoki aralashishga harakat qilmasliklari kerak. Ichki yoki tashqi auditorlarning barcha savollariga samimiy javob berish kerak.
Ushbu talablar buzilgan taqdirda xodim darhol bosh buxgalter va Etika qo‘mitasiga xabar berishi kerak.
Mijozlar oldida javobgarlik
Inson salomatligi va sotilayotgan tovarlar ishonchliligini har qanday moliyaviy foydadan ko‘ra oliy darajada ko‘rgan holda, shuningdek mijoz manfaatlarini qisqa muddatli yuqori daromaddan ustun qo‘ygan holda Kompaniya o‘z mijozlariga sifatli va xavfsiz mahsulotlarni arzon narxlarda taklif qiladi.
Kompaniya mahsulot marketingi suiiste’moliga nisbatan zaif bo‘lgan mijozlar guruhlari, masalan bolalar uchun mas’uliyatli marketingni o‘z zimmasiga oladi.
Xodimlar bilan munosabatlar
Kompaniya xodimlari katta qadriyat sanaladi va ular muvaffaqiyatimiz kalitidir.
Kompaniya xodimlar ochiq va ilhomlantiruvchi ish muhitida o‘z potentsialini ro‘yobga chiqarishi mumkin bo‘lgan ish joyiga aylanishga intilishi kerak.
Kompaniya o‘z xodimlari bilan munosabatlarni uzoq muddatli hamkorlik, o‘zaro hurmat va o‘zaro majburiyatlarni so‘zsiz bajarish tamoyillari asosida quradi.
Kompaniya o‘z xodimlarini quyidagilar uchun qadrlaydi:

• malaka va professionallik,


• mas’uliyat va intizom,
• tashabbuskorlik va natijalarga yo‘naltirilganlik,
• kasbiy rivojlanishga intilish,
• Kompaniyaga sodiqlik,
• tartiblilik.
Kompaniya barcha xodimlar va nomzodlar uchun teng martaba imkoniyatlarini taqdim etishga intiladi. Bu shuni anglatadiki, Kompaniya xodimlari lavozimi, aloqa turi va usulidan qat’i nazar, o‘z hamkasblariga nisbatan xushmuomalalikni rad etadilar. Kadrlar bilan bog‘liq barcha masalalarda (saralash, yollash, xodimlarni o‘qitish, ish haqi oshishi va karyeraviy o‘sish) biz odamlarni jinsi, yoshi, irqi, terisining rangi, tili, millati yoki ijtimoiy kelib chiqishi, dini, jinsiy orientatsiyasi, oilaviy ahvoli, mulkiy holati asosida ajratmaymiz.
Kompaniya ish joyidagi jismoniy, og‘zaki, jinsiy yoki psixologik zo‘ravonlik va ta’qiblarning oldini olish, xabar berish va tekshirish mexanizmlarini o‘rnatadi.
Kompaniya o‘z xodimlarini sog‘lom va xavfsiz mehnat muhiti bilan ta’minlash uchun amaldagi qonunchilikka muvofiq zarur choralarni ko‘radi.
Kompaniya majburiy mehnatning har qanday shakliga yo‘l qo‘ymaydi. Ishchilarga ish kuni tugaganidan keyin erkin harakatlanishi va ish joylarini tark etishiga ruxsat berilishi kerak.
Kompaniya hech qanday sharoitda bolalar mehnatidan foydalanishga yo‘l qo‘ymaydi. To‘liq vaqtli ish uchun minimal yosh qonunchilikda belgilangan mehnat yoshiga mos kelishi kerak.
Kompaniya barcha xodimlar uchun ochiq eshiklar siyosatini yuritadi. Bu har qanday xodim uchun uning bevosita rahbari o‘z bo‘ysunuvchisini tinglashi va shunga mos ravishda javob berishi shartligini anglatadi.
Kompaniya xodimlarning korporativ madaniyat va ichki hamkorlikni rivojlantirishga hissa qo‘shadigan kompaniya hayotidagi faol ishtirokini mamnuniyat bilan qabul qiladi, xodimlarning amalga oshirilishi yanada yaxshi va yanada raqobatbardosh bo‘lishga imkon beruchi har qanday g‘oyalarini qadrlaydi va har tomonlama rag‘batlantiradi.
Kompaniya jamoada qulay ijtimoiy-psixologik muhitni saqlash uchun barcha sa’y-harakatlarni amalga oshiradi. Xodimlar o‘rtasidagi barcha kelishmovchiliklar ularning bevosita rahbari tomonidan, kerak bo‘lganda, Xodimlar bilan ishlash Departamentining vakolatli shaxsi bilan hamkorlikda hal qilinadi. Har qanday nizoni uchinchi shaxslarning mulkiga aylantirish mumkin emas.
Marketing departamenti axborotni yig‘ish va ommaviy axborot vositalariga tarqatish uchun javobgardir. Marketing departamenti jamoasi, top-menejerlar (o‘z yo‘nalishi bo‘yicha) va Kuzatuv kengashi a’zolaridan tashqari, boshqa hech bir xodim “Anglesey Food” MCHJ XK faoliyati haqida marketing bo‘yicha direktorning oldindan roziligisiz Kompaniya nomidan ommaviy axborot vositalari bilan suhbatlasha olmaydi, matbuot va radioeshittirish muassasalarida, ijtimoiy tarmoqlar tashkilotlarida bayonotlar bera olmaydi.
Kompaniyaning har bir xodimi uning Kompaniya xodimi sifatida bildirgan har qanday nuqtai nazari yoki tarqatilgan ma’lumotlar Kompaniyaning o‘ziga, uning imidjiga bevosita bog‘liqligini va uning bozordagi obro‘siga ta’sir qilishini tushunishi va doimo yodda tutishi kerak. Barcha tashqi aloqalar halol, to‘liq, to‘g‘ri va chalg‘itmaydigan bo‘lishi kerak.
Kompaniya barcha xodimlaridan Tashqi aloqalar siyosatiga rioya qilishlarini kutadi. Kompaniya xodimlari bo‘sh vaqtlarida o‘z manbalaridan foydalangan holda siyosiy tadbirlarda ishtirok etishlari mumkin. Xodimlar o‘zlarining mustaqil siyosiy faoliyati va “Anglesey Food” MChJ XK vakili sifatidagi faoliyati o‘rtasini ehtiyotkorlik bilan chegaralashlari kerak. Biroq, bu faoliyatlar ish vaqtidan tashqari amalga oshirilishi va hech qanday manba yoki kompaniya nomidan foydalanilmasligi kerak, amaldagi qonunlar va qoidalarda boshqacha qoida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Shu bilan birga, kompaniya xodimning siyosiy faoliyati uchun javobgar emas
Yetkazib beruvchilar va biznes-hamkorlar bilan munosabatlar
Kompaniya yetkazib beruvchilar va biznes-hamkorlar bilan barcha munosabatlarda professional, adolatli va halol harakat qiladi; noqonuniy yoki axloqiy bo‘lmagan vositalar orqali tijorat afzalliklarini ta’minlamaydi va raqobat to‘g‘risidagi qonunni buzadigan faoliyat bilan shug‘ullanmaydi.
Kompaniya xavfsiz va sog‘lom ish muhitini ta’minlovchi yetkazib beruvchi kompaniyalar bilan biznes aloqalarini saqlab turadi va ushbu standartlarga rioya etilishini muntazam tekshiradi. Kompaniya o‘zining ta’minot zanjiridagi siyosati va amaliyotlarini, jumladan, xavfsizlik va atrof-muhitni yaxshilashni qo‘llab-quvvatlaydi.
Kompaniya barcha biznes-hamkorlaridan amaldagi qonunchilikka muvofiq harakat qilishlarini kutadi.
Xodimlar Kompaniya hisobidan shaxsiy manfaatlarga olib keladigan hech qanday harakat qilmasliklari kerak. Xodimlar tenderlar, tanlovlar va savdolar o‘tkazishda, bitimlar tuzishda va ularni amalga oshirishda firibgarlik faoliyati bilan shug‘ullanmasligi, o‘z mansab vakolatlaridan tashqariga chiqmasligi, shuningdek, boshqa aldov harakatlariga yo‘l qo‘ymasligi kerak.
Xodimlar taqdim etilishi qandaydir tarzda kompaniyaga bo‘lgan munosabat bilan bog‘liq sovg‘alarni qabul qilish yoki qabul qilmaslik to‘g‘risida baholashda quyidagi tavsiyalarga rioya qilishlari kerak:
• Sovg‘a berishga erishishga urinmaslik kerak. Xodimlar, ularning oila a’zolari va affillangan shaxslarga beruvchiga Kompaniya qarorlariga ta’sir o‘tkazish imkoniyatini taqdim etish evaziga har qanday sovg‘a yoki xizmatlarni so‘rash va olish qat’iyan man etiladi.
Olinishi oluvchining sovg‘a qiluvchiga nisbatan har qanday majburiyatlar paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan sovg‘alarni qabul qilmaslik kerak.
• Naqd pul yoki qimmatli qog‘oz ko‘rinishidagi sovg‘alarni qabul qilmaslik kerak.
• Qiymati 500 000 so‘mdan ortiq bo‘lgan sovg‘alar faqat sovg‘ani rad etish haqorat sifatida qabul qilinishi mumkin bo‘lgan taqdirdagina qabul qilinadi. Bunday sovg‘alarni taqdim etish haqida darhol Etika bo‘yicha komissiyaga xabar berish kerak.
Xodimlar Kompaniyaning manfaatlari va obro‘siga putur yetkazishi mumkin bo‘lgan har qanday shaxsiy manfaatlar yoki faoliyatlar to‘g‘risida Etika bo‘yicha komissiyaga xabar berishlari, shuningdek, mumkin bo‘lgan manfaatlar to‘qnashuvini baholashlari va agar mavjud bo‘lsa, darhol o‘z rahbarini xabardor qilishlari shart.

  • Poraxo‘rlik va korrupsiyaga qarshi kurash
    Kompaniya xodimlari davlat mansabdor shaxslariga, davlat xizmatchilariga, xalqaro tashkilotlar xodimlariga va ularning oila a’zolariga Kompaniya manfaatlari yo‘lida rasmiy ta’sir ko‘rsatish evaziga har qanday shaklda noqonuniy foyda olish uchun g‘ayriqonuniy to‘lovlarni amalga oshirmasligi kerak. G‘ayriqonuniy to‘lovlarni amalga oshirish bilan bog‘liq har qanday vaziyatning oldini olish uchun (shu jumladan, Kompaniya uchun tijorat yoki boshqa manfaatlarga erishish maqsadida amalga oshirilgan) xodimlar sog‘lom fikrga tayanishlari kerak.
    Davlat amaldorlari uchun ko‘ngilochar dasturlar asosli bo‘lishi, oqilona chegaralardan tashqariga chiqmasligi va Kompaniya faoliyati bilan bevosita bog‘liq bo‘lmasligi kerak. Xuddi shunday, barcha sovg‘alar qiymati 500 000 so‘mdan oshmaydigan maqbul minimal qiymatda bo‘lishi kerak va har qanday masalada Kompaniyani vakillik qilishda nohaq ustunlikka ega bo‘lishni nazarda tutmasligi kerak.

Har bir inson o’z biznesini boshlashi hayajonli va foydali tajriba bo'lishi mumkin. Biznesning ko'p afzalliklari bor. Bulardan shaxs o’ziga o’zi rahbar bo'lishi, o'z grafigini tuzish va o'zi yoqtirgan ish faoliyati bilan shug'ullanib kun ko'rish. Ammo muvaffaqiyatli tadbirkor bo'lish uchun batafsil loyihalash, ijodkorlik va og'ir mexnat qilish talab qilinadi.
Tadbirkorlar o'zlari qaror qabul qilishlari shart. Agar tadbirkor o'zining instinktlariga ishonishi mumkinligini bilsa - va vaqt kechikishi vaqtdan qorqmasa - u tadbirkorlik yo'lida bolishi mumkun.
Biron bir tadbirkorda dunyodagi eng yaxshi fikr bolishi mumkin, lekin u mijozni ishontiraolmasa, hamkasblaringizni va potensial kreditorlarni yoki hamkorlarni ishontiraolmasa, Unda tadbirkorlik u kishi uchun mushkul bolishi mumkun. Agar u omma oldida so'zga chiqishni yoqtirsa, yangi odamlar bilan osongina muloqot qilaolsa va dalilar bilan asoslangan ishonarli argumentlar qilaolsa, unda u tadbirkor o'ylagan fikringizni amalga oshirishga tayyor.
Shaxsiy biznes ochishda kerak bo’ladigan shaxsiy tavsiyalarim:
Kichik biznes egasi sifatida, siz hamma narsa haqida kelishib olishingiz kerak bo'ladi: ijaradan to shartnoma shartlarigacha va tariflargacha. Ajablanarlisi muzokaralar olib borish qobiliyati sizning mablag'ingizni tejashga va o'zingizning biznesingizni to'g'ri ishlashiga yordam beradi.
Yangi g'oyalar haqida o'ylay olasizmi? Muammoni yechimini topishning yangi usulini tasavvur qila olasizmi? Tadbirkor ijodiy fikr yuritishni bilishi lozim. Yangi imkoniyatlardan qanday foydalanish haqida fikringiz bo'lsa, tadbirkorlik juda yaxshi yordam berishi mumkin.
Biznesni boshlashdan oldin kuchli qo'llab quvvatlash tizimi bo'lishi kerak.Siz juda ko'p muhim qarorlar qabul qilishingizga to'g'ri keladi asosan tadbirkorlik faoliyati birinchi oylarida. Agar sizda odamlarga qollab quvvatlash xizmatini korsatish tizimi bolmasa, Unda biznes maslaxatchi yoki biznes-murabbiy kerak boladi. Biznes-murabbiy bu tajribali inson sizga yordam berishi mumkun.
Tadqiqot mamlakatlar o'rtasidagi va dinamikadagi tadbirkorlik faoliyatini tartibga solish shartlarini taqqoslash uchun keng qamrovli miqdoriy ma'lumotlarni to'playdi va tahlil qiladi, shu bilan "Biznes yuritish" loyihasi davlatlarni yanada samarali tartibga solishga undaydi, islohotlar uchun o'lchovli mezonlar bilan ta'minlaydi va olimlar, jurnalistlar, xususiy sektor tadqiqotchilari va har bir mamlakatda ishbilarmonlik muhiti bilan qiziquvchilar uchun resurs vazifasini o’taydi.
Bundan tashqari, "Biznes yuritish" loyihasi ma'lum bir mamlakatning turli shaharlari va viloyatlarida amalga oshirilayotgan biznesni tartibga solish va islohotlarni har tomonlama tahlilini taqdim etadigan keng miqyosli milliy hisobotlarni taqdim etadi.
Ushbu hisobotlarda biznesni yuritishning qulayligi darajasi, har bir mintaqaning reytingi va har bir tematik toifani baholashni oshirish uchun amalga oshirish tavsiya etilayotgan islohotlar to'g'risidagi ma'lumotlar mavjud.



  1. Download 83.44 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling