8-bob. Pulga talab funksiyasi reja
Y t Y=--------------100
Download 0.84 Mb. Pdf ko'rish
|
П Makroiqtisodiyot-100-182
- Bu sahifa navigatsiya:
- 14.2. Iqtisodiy o‘sishga omillari va tiplari
Y t
Y=--------------100 Yt-1 Ikkinchi usulda iqtisodiy o‘sish aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan 167 real YaIM ning o‘tgan davrga nisbatan o‘zgarishi sifatida aniqlanadi. Iqtisodiy o‘sish nazariyasi va modellarida YaIM o‘rniga SIM, YaMD, SMD ko‘rsatkichlaridan ham foydalanilishi mumkin. Iqtisodiy nazari– yada iqtisodiy o‘sish daromadlarni qanday nisbatlarda iste’mol va investitsiyalarga bo‘linishiga bog‘liq deb qaraladi. Iste’mol hajmi dinamikasi iqtisodiyotning provard maqsadini va yashash darajasi oshishini bildirsa, investitsiyalar hajmining o‘zgarishi resurs imkoniyatlarining o‘sishi va texnik yangiliklarning moddiyla– shishini anglatadi. Iste’mol va investitsiya o‘rtasida etarlicha muqobillik mavjud, chunki, joriy iste’mol miqdorining oshishi investitsiyalarning daromaddagi ulushini pasaytirish iqtisodiy o‘sish imkoniyatlarini qisqar– tiradi. Iqtisodiy o‘sish real kattaliklarda, qiyosiy baholarda o‘lchanadi. Har bir mamlakat iqtisodiy o‘sishga intiladi, chunki iqtisodiy o‘sish, birinchidan, milliy mahsulot hajmi va daromadning ko‘payishiga, ikkinchidan, resurslardan samarali foydalanishga, uchinchidan, yangi- yangi ehtiyojlar va imkoniyatlarning paydo bo‘lishiga, to‘rtinchidan, xalqaro bozorlarda mamlakat obro‘sining oshishiga olib keladi. 14.2. Iqtisodiy o‘sishga omillari va tiplari Real ishlab chiqarish hajmlarining uzoq muddatli o‘sishi sur’atlarini, ko‘lamlarini, samaradorligi va sifati oshishini belgilovchi hodisa va jarayonlar iqtisodiy o‘sish omillari deyiladi. Iqtisodiy o‘sish omillari ikki guruhga ajratiladi. Birinchi guruh omillari ihtisodiy o‘sishni fizik (ashyoviy) jihatdan ta’minlaydi. Bu guruhga ishlab chiqarish omillari kiritiladi: tabiiy resurslar soni va sifati; mehnat resurslari soni va sifati; asosiy kapital hajmi; texnologiyalar va ishlab chiqarishni tashkil etish; jamiyatda tadbirkorlik malakalarining rivojlanishi darajasi. Agar iqtisodiyotning qisqa muddatli holati ko‘proq yalpi talab bilan belgilansa, uzoq davrga iqtisodiyotning rivojlanishi ko‘proq ishlab chiqarish imkoniyatlari bilan belgilanadi. Shu sababli iqtisodiy o‘sishni modellashtirishda diqqat markazida real sektor turadi. Ikkinchi guruhga omillari jamiyatdagi iqtisodiy o‘sish potensialini yuzaga chiqarish imkonini beruvchi omillar – talab va taqsimot omillari bilvosita omillar) kiritiladi: 168 bozorning monopollashuvi darajasini pasayishi; iqtisodiyotdagi soliq muhiti; kredit-bank tizimi samaradorligi; iste’mol, investitsiya va davlat xarajatlarining o‘sishi; eksport hajmining o‘sishi; iqtisodiyotda ishlab chiqarish resurslarini qayta taqsimlash imkoniyatlari; daromadlarni taqsimlashning shakllangan tizimi. Agar o‘sish qo‘shimcha resurslarni jalb etish hisobiga ta’minlansa va jamiyatdagi resurslardan foydalanishning shakllangan o‘rtacha samaradorligi darajasini oshirmasa ekstensiv iqtisodiy deb ataladi. Ekstensiv iqtisodiy o‘sish yangi korxonalar, yo‘llar, elektrostansi- yalar qurish, yangi erlarni o‘zlashtirish, mehnat va tabiiy resurslarni qo‘shimcha jalb etish kabilar hisobiga ta’minlanadi. Ammo bu resurslar- ning cheklanganligi rivojlanishning ma’lum bir bosqichida ekstensiv iqti- sodiy o‘sish imkoniyatlarini kamaytiradi va uni ziddiyatli qilib qo‘yadi. YaIMning o‘sishi iqtisodiyotda band bo‘lganlar sonidan yuqori sur’atga ega bo‘lsa intensiv ihtisodiy o‘sish ro‘y beradi. “Iqtisodiy o‘sishning intensiv tipi ishlab chiqarish samaradorligining oshishiga bog‘liq. U foydalanilayotgan resurs birligiga to‘g‘ri keladigan mahsulot ishlab chiqarishni ko‘paytirishni, ishlab chiqarishning texnik xususiyatlarini yaxshilashni ko‘zda tutadi. Bunday jarayonlar namoyon bo‘ladi: fan va texnika yutuqlaridan foydalanish va ishlab chiqarishni yangilashda; xodimlar malakasini oshirishda; ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini oshirish, assortimentini yangilashda” Iqtisodiy o‘sishning bu ikki tipi sof holda ro‘y bermaydi. Iqtisodiy o‘sish uni ta’minlashdagi intensiv yoki intensiv omillarning ulushi darajasiga qarab ko‘proq ekstensiv, yoki ko‘proq intensiv bo‘lishi mumkin. Iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishini takomillashtirib borish, chuqur qayta ishlangan, tayyor, qo‘shilgan qiymat hissasi yuqori bo‘lgan mahsulot ishlab chiqaruvchi tarmoqlarni jadal rivojlantirish va ularning YAIM hamda mamlakat eksportidagi ulushini ko‘paytirish muhim ahamiyatga ega. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling