8-bob. Pulga talab funksiyasi reja
O‘zbekistonda iqtisodiy o‘sish omillari va ularning
Download 0.84 Mb. Pdf ko'rish
|
П Makroiqtisodiyot-100-182
- Bu sahifa navigatsiya:
- 14.3. Iqtisodiy o‘sishning E.Domar modeli
O‘zbekistonda iqtisodiy o‘sish omillari va ularning
YaIMdagi hissasi № Omillar 2009-2012 2013-2014 2015-2017 1. Taklif omillari 62 55 53 2. Talab omillari 22 25 26,5 3. Taqsimot omillari 16 20 20,5 J advaldan ko‘rinib turibdiki, omilli tahlillar shuni ko‘rsatadiki uzoq muddatli iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda uning bilvosita ya’ni talab va taqsimot omillari uning bevosita omillari, ya’ni taklif omillaridan ko‘proq samara berar ekan. 2009-yilda bevosita va bilvosita omillarning ulushi mos ravishda 62 va 38 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2015-yilda ushbu nisbat mos ravishda 53 va 47 foizni tashkil etgan. Bunga o‘z navbatida ichki va tashqi talabni rag‘batlantirish bilan bog‘liq chora tadbirlar sezilarli ta’sir ko‘rsatgan. Kelgusi yillarda esa bu nisbat yanada ortishi kutilmoqda, bunga eng avvalo makroiqtisodiy siyosatda yuzaga keladigan o‘zgarishlar ta’sir etishi prognoz qilinmoqda. 14.3. Iqtisodiy o‘sishning E.Domar modeli Iqtisodiy o‘sish modellari yalpi ishlab chiqarishning uzoq muddatli ko‘payishi taklif omillariga tayangan holda tahlil etish imkonini beradi. Boshqa iqtisodiy modellar singari iqtisodiy o‘sish modellari ham real jarayonlarni abstrakt va soddalashgan ko‘rinishda, shartli tarzda grafiklarda va tenglamalarda aks ettiradi. Iqtisodiy o‘sishning keynscha va neoklasik modellari mavjud. Keynscha modellarning mohiyati quyidagicha: 1) ularning barchasi Keynsning yalpi talb to‘g‘risididagi bosh g‘oyasiga tayanadi. Ya’ni ularni tuzishda mualliflar iqtisodiyotni uzoq muddatli mutanosib rivojlanishining hal qiluvchi sharti yalpi talabni oshirish deb qarashgan; 2) iqtisodiy o‘sishning asosiy omili investitsiyalar hisoblanadi, boshqa ishlab chiqarish omillari e’tiborga olinmaydi; Keynscha iqtisodiy o‘sish modelidan soddarog‘i 40-yillarda E. Domar tomonidan taklif etilgan model hisoblanadi. 170 Keyns o‘z tahlilida investitsiyalarning yalpi talabga ta’sirini o‘rgangani holda, yalpi taklifga ta’sirini ko‘rib chiqmaydi. Undan farqli tarzda Domar modelida mehnat bozorida ortiqcha taklif mavjud, bu baholar barqaror holatida ushlab turadi, investitsion lag «0» ga teng, kapital quyilmalarning chegaraviy unumdorligi doimiy deb olinadi. E.Domar investitsiyalarni ham talab ham taklif omili deb qaraydi. Ya’ni investitsiyalar nafaqat multiplikativ ta’sir ko‘rsatib yalpi talabni oshiradi, balki ishlab chiqarish quvvatlarini yuzaga keltirib, ishlab chiqarishni rivojlantiradi, tovarlar taklifini oshiradi . Shunday ekan, yalpi talabning o‘sishi yalpi taklifning o‘sishiga teng bo‘lishi uchun investitsiyalar qanday o‘sishi kerak degan savol paydo bo‘ladi. Bu savolga javob topish uchun Domar uch tenglamani o‘z ichiga olgan tenglamalar sistemasini tuzdi: 1) taklif tenglamasi; 2) talab tenglamasi; 3) talab va taklif tengligini ifodalovchi tenglama. 1. taklif tenglamasida investitsiyalar ishlab chiqarish omillarining qanchaga qo‘shimcha o‘sishini ko‘rsatadi Agar berilgan sharoitda investitsiyalar I o‘ssa, yalpi ishlab chiqarish ΔK α miqdorga o‘sadi: Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling