8-bob. Pulga talab funksiyasi reja


Download 0.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/56
Sana18.06.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1573752
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   56
Bog'liq
П Makroiqtisodiyot-100-182

tuzog‘i nomini olgan. 
“Likvidlilik tuzog‘i vaziyatida kredit (monetar) siyosat yalpi talab va 
milliy daromadni rag‘batlantirish vositasi sifatida kutilgan samarani 
keltirib chiqarmaydi va shu sababli, keynschilar fikriga ko‘ra, 
(ixtiyorimizda) faqat bir dastak - soliqlar va hukumat xarajatlari orqali 
yalpi talabga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan fiskal siyosatgina qoladi”
84

Agar modelda IS egri chizig‘i LM egri chizig‘ining vertikal 
kesmasidan kesib o‘tganda yuz bergan bo‘lsa pul taklifini oshirish milliy 
daromadning o‘sishigava foiz stavkasining pasayishiga olib keladi. 
Aksincha davlat xarajatlarining oshirilishi esa, keynschilar fikriga ko‘ra, 
bu kesmada yalpi talabga va milliy daromar hajmiga ta’sir ko‘rsatmaydi. 
Agar IS egri chizig‘i vertikal ko‘rinishda bo‘lsa, ya’ni 
investitsiyalarga talab foiz stakasi o‘zgarishiga ta’sirchan (elastik) 
bo‘lmagan, masalan investorlar kelajakdagi bozor konyukturasining 
noaniqligi sababli o‘z investitsiyalari istiqboliga tushkun baho bersalar 
investitsion tuzoq yuzaga keladi. Investitsion tuzoq shuni anglatadiki IS 
egri chizig‘i vertikal bo‘lganda LM egri chizig‘ining siljishlari real 
daromad miqdorini o‘zgartirmaydi. Bu holatda pul-kredit siyosati yalpi 
talab va milliy daromad hajmiga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi, fiskal 
siyosat esa samarali bo‘ladi. 
Demak pul-kredit siyosati foiz stavkalari yuqori bo‘lganda samarali 
bo‘ladi. Fiskal siyosat esa foiz stavkasi minimal, ya’ni LM egri chizig‘i 
gorizontal, IS egri chizig‘i esa vertikal bo‘lganda samaraliroq bo‘ladi. 
Model yordamida makoiqtisodiy siyosat variantlarini tanlash, shuningdek 
usullarini muvofiqlashtirilgan holda qo‘llash va siqib chiqarish 
samaralarini kamaytirish yo‘llarini tahlil etish mumkin. 
Qisqacha xulosalar 
IS-LM modeli tovar va pul bozorlarining o‘zaro aloqalarini va har 
ikki bozorda birgalikda muvozanat o‘rnatilishi mexanizmini izohlovchi 
modeldir. 
IS egri chizig‘i tovar va xizmatlar bozorida paydo bo‘ladigan 


165 
daromadlar darajasi va foiz stavkasining kombinatsiyalarini ko‘rsatadi. IS 
egri chizig‘ining har bir nuqtasida tovar pul bozorida muvozanat tarkib 
topadi. 
LM egri chizig‘i o‘zgarmas narxlar sharoitida pul vositalari bozorida 
vujudga 
keladigan 
foiz 
stavkasi 
va 
daromadlar 
darajasining 
kombinatsiyalarini ko‘rsatadi. LM egri chizig‘ining har bir nuqtasida pul 
bozorida talab va taklif o‘zaro teng bo‘ladi. 
IS va LM egri chiziqlarining kesishuv nuqtasi har ikki bozor uchun 
muvozanat nuqtadir. Bu nuqtada asosiy makroiqtisodiy ayniyat iste’mol, 
investitsiya, sof eksport va pulga talab funksiyalari tengligini to‘liq 
qanoatlantiradi. 
Model unda IS va LM egri chiziqlarining holati aks ettiradigan 
makroiqtisodiy 
vaziyatdan 
kelib 
chiqib 
makroiqtisodiy 
siyosat 
usullarning qay birini qo‘llash, yoki ularni muvofiqlashtirish masalalarini 
hal etish imkonini beradi. 

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling