8-bob. Pulga talab funksiyasi reja


Nazorat va muhokama uchun savollar


Download 0.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/56
Sana18.06.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1573752
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   56
Bog'liq
П Makroiqtisodiyot-100-182

Nazorat va muhokama uchun savollar 
1. 
IS-LM modeli qanday maqsadga xizmat qiladi va unga ehtiyojni 
qanday asoslab berish mumkin? 
2. 
IS-LM modelining asosi bo‘lgan tenglamalarni sanab bering va 
ularga tavsif bering. 
3. 
IS egri chizig‘ining mohiyati nimada va qanday keltirib 
chiqariladi? 
4. 
LM egri chizig‘ining asosiy o‘zgaruvchilari nimalardan iborat va 
u qanday keltirib chiqariladi? 
5. 
IS egri chizig‘i tenglamasidagi qaysi parametr fiskal va pul kredit 
siyosatining nisbiy samaradorligini belgilaydi va nima sababli? 
6. 
Modelda makroiqtisodiy siyosat 
yuzaga 
kelishining 
shartlari qaday? 
7. Likvidlilik tuzog‘i qanday vaziyatda yuzaga keladi va 
makroiqtisodiy siyosatga qanday ta’sir ko‘rsatadi? 
8. “Investitsion tuzoq” atamasi qo‘llaniladigan makroiqtisodiy 
vaziyatni tavsiflab bering 
 


166 
14-BOB. IQTISODIY O‘SISHNING UMUMIY TAVSIFI VA 
NEOKEYSNSCHA MODELLARI 
 
Reja: 
14.1. Iqtisodiy o‘sish tushunchasi va o‘lchanishi. 
14.2. Iqtisodiy o‘sishga omillari va tiplari 
14.3. Iqtisodiy o‘sishning E.Domar modeli 
14.4. Iqtisodiy o‘sishning R.Xarrod modeli 
 
14.1. Iqtisodiy o‘sish tushunchasi va o‘lchanishi 
Iqtisodiy o‘sish to‘liq bandlilik sharoitiga mos keluvchi potensial 
ishlab chiqa-rish darajasini uzoq muddatli ko‘payishi tendensiyasini 
anglatadi. 
Iqtisodiy o‘sish yalpi taklifning o‘sishini yoki boshqacha 
aytganimizda, haqiqiy va potensial YaIM hajmining oshishini 
bildiradi. Iqtisodiy o‘sish muammosini o‘rganish natijasida real ishlab 
chiqarish tizimi duch keluvchi - cheklangan resurslardan samarali 
foydalanish muammosiga yechim topiladi. 
Demak, iqtisodiy o‘sish omillari va ular samaradorligini o‘rganish 
hamda tahlil qilish jamiyat oldidagi eng dolzarb muammolardan 
biridir. 
Iqtisodiy o‘sish nafaqat mamlakat real daromadlarining o‘sishi, 
shuningdek, jon boshiga to‘g‘ri keladigan real daromadlarning 
o‘sishini ham anglatadi. Shu sababli ham iqtisodiy o‘sish ikki xil usul 
bilan o‘lchanadi. 
Birinchi usulda iqtisodiy o‘sish real YaIM ni o‘tgan davrga 
nisbatan 
o‘zgarishi 
sifatida 
aniqlanadi 
va 
mamlakatning 
umumiqtisodiy imkoniyatlari dinamikasini aniqlash uchun ishlatiladi. 
Bunda joriy yildagi real YaIM (Y
t
) hajmining bazis yildagiga
(Y
t-1
) (asosan oldingi yilga) nisbatan foiz ko‘rinishidagi o‘sishi 
aniqlanadi: 

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling