8-dekabr Konstitutsiya kuniga bag’ishlangan tadbir
Senariysi
1-boshlovchi:
Assalom, ey mustaqil yurt sohibu davronlari
Assalom, ey kelajakning mard jasur o’g’lonlari
O’zbegimning dilbandlari sizga chuqur ehtirom
Yurtboshimning farzandlari sizga dildan
Birgalikda: Assalom
2-boshlovchi:
Qo’lingda erk boshda yalov, tilingda surur,
Vataning bor, bola-bog’chang, or-nomusing bor.
O’zbekiston deb atalgan muqaddas hudud,
O’z Davlating va Qomusing, o’z madhiyang bor
Madhiya yangraydi
1-boshlovchi:
Sening bitik yo’ling kurashdir yiroq
Bir bobing To’maris ko’targan chiroq
Yozdi bir bobingni qon bilan Shiroq
Birgalikda:
Ey mening o’zligim g’urur nomusim
Konstitutsiyam- oliy qomusim.
2-boshlovchi:
Sening manzilingni ko’zlagan karvon
G’aznaviy, Temuriy,Boburiy davron
U karvon boshida Navoiy sarbon
Birgalikda:
Ey mening o’zligim g’urur nomusim
Konstitutsiyam- oliy qomusim.
1- boshlovchi:
Assalomu alaykum,hurmatli va aziz ustozlar,ota-onalar, ko’zlaridan mehr nuri porlab turgan jajji bolajonlar. Mana bugun Vatanimizning har bir go’shasida, ilm maskanlarida katta shodiyona. Boisi, bu yil O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiysi qabul qilinganligiga 30 yil to’ldi. Shu munosabat bilan maktabimizda ham ”Konstitutsiya-baxtimiz qomusi” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil qilyapmiz.
2 –boshlovchi:
Siz azizlarni Konstitutsiyamiz qabul qilinganligining 30-yilligi munosabati bilan chin yurakdan muborak etamiz .Baxt qomusimiz yillar , asrlar osha biz uchun, faxr, g’urur, iftixor,najot yo’li bo’lib xizmat qilsin.
1-boshlovchi:
Tadbirimizni ochib berish uchun so’z navbatini maktabimiz direktori Dildora Ismoilovna ustozimizga beramiz. Marhamat , uistoz.
Do'stlaringiz bilan baham: |