2-boshlovchi:
Marhamat tinglab tomosha qiling.
1-boshlovchi:
Mustaqil O’zbekistonning Konstitutsiyasi, Prezidentimiz qayd etganidek, o’zining tub mohiyati, falsafasi,g’oyasiga ko’ra yangi hujjatdir.Undagi g’oya va prinsiplar fuqarolik jamiyatini va huquqiy davlatni shakllantirishiga asos qilib olingan.
2-boshlovchi:
Hozirgi Konstitutsiyaning yozilishida bir necha bor amalda sinalgan , tarixiy va zamonaviy tajribalar va masalalar inobatga olinib , puxta va chuqur munozaralardan keyin xalq muhokamasiga havola etilgan.
1-boshlovchi:
Mo’jizalar ro’y berdi, kitob yoshlar qo’lida
Gullab dilda orzular, nur sochar baxt yo’lida
Qomusim har bobidan,bu sevinch kitobidan
Faxrlandim zulmatni, yoritgan oftobidan.
2-boshlovchi:
Qonunlarga rioya etgan, yuksak millat kamoli
Shirin hayot, baxt turmush,xalqning porloq iqboli
Erkin va ozod shaxsni,o’ylagan yosh avlodni
Ulug’lari dono xalq, yashnatarlar hayotni.
1-boshlovchi:
Hurmatli va aziz davramiz ahli, hozirgi navbatni sizlarni ko’nglingizga go’zal bir iliqlik olib kirish maqsadida maktabimizning 2-”V’ sinf o’quvchilaridan tuzilgan”Shodlik” ashula va raqs dastasiga beramiz.
2-boshlovchi:
Ular ijrosida ”Biz sho’x, biz shodon” nomli qo’shiqni tinglaymiz.Marhamat.
1-boshlovchi:
O’zbekiston bayrog’i ko’tarildi chinakam,
Ushbu kunni aytingchi, qay birimiz kutmadik
Zarur bo’lgan chog’da goh dor tagida turib ham
Qay birimiz tarixning sinovidan o’tmadik.
2-boshlovchi:
Dong’il safarga chiqdi, endi hur O’zbekiston
Kimgadir oyoq osti,kimga u osmon bo’ldi.
Shukurkim, o’z-o’zini tanidi, keksa jahon
Ya’ni o’zbek davlatin jumlai jahon bildi.
2 ta boshlovchi.Birgalikda:
Tarix zarvaraqlarida
(O’quvchilar istiqlol yillaridagi muhim tarixiy voqeliklarni yilma-yil izohlaydilar
:1-o’quvchi:
Do'stlaringiz bilan baham: |