8. Dunyoda bug’doy ekiladigan maydon, uning hosildorligi, yalpi hosili


Download 34.44 Kb.
bet6/11
Sana19.11.2023
Hajmi34.44 Kb.
#1787052
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Bug‘doyning oziqaviylik ahamiyati, sisyematikasi va morfologiyasi

Tuproqqa talabi. Kuzgi bug’doyning boshqa g’alla ekinlariga nisbatan tuproqqa talabchanligi yuqori. Uning me’yorida o’sishi va rivojlanishi uchun tuproq muhiti neytral (betaraf – rN - 6-7,5) bo’lishi kerak. U tuproqning unumdor, begona o’tlardan toza va yetarli namlikka ega bo’lishiga talabchan. Bug’doy eng barqaror va yuqori hosilni unumdorligi yuqori qora tuproqlarda, to’q kashtan tuproqlarda beradi.
Yorug’likka talabi. Yorug’lik bug’doy o’simligi hayotining eng muhim omillaridan biridir. Yorug’lik kunining uzunligi, yorug’likning intensivligi va uning spektr tarkibi, fotosintez intensivligiga organik moddalarning to’planishiga, o’simlikning o’sishiga, rivojlanishiga, ayrim organlarning shakllanishiga ta’sir qiladi. Yorug’lik barglar tuproq yuzasida paydo bo’lmasdan o’simlikka ta’sir ko’rsatadi. Intensiv yorug’likda kaleoptil tuproq yuzasiga chiqmasdan o’sishni to’xtatadi. Bulutli, quyosh yorug’lik kuni qisqa sharoitda kaleoptil tuproq yuzasiga chiqishi ham mumkin.
Ma’danli oziqlanishga talabi. Kuzgi bug’doy boshqa don ekinlariga nisbatan tuproqda oziqa moddalarni o’zlashtriladigan shaklda bo’lishiga talabchan. Dala sharoitida kuzgi bug’doyni o’sishi, rivojlanishi jadalligini past bo’lishi, tuproqda asosiy oziqa elementlari, azot, fosfor, kaliyni yetarli bo’lmasligi sababli yuzaga keladi. Ayrim tipdagi tuproqlarda me’yorida o’sishning buzilishiga boshqa oziqa elementlari, shu jumladan mikroelementlarni yetishmasligi sabab bo’ladi. Kuzgi bug’doy azotga talabchan.
Sug’oriladigan yerlarda tumanlashtirilgan yumshoq bug’doyning navlari.
Sanzar-8 (hosildor) (V. greacum). Grekum. Nav K-50729 x Bezostaya-1 duragay kombinasiyalaridan tanlash yo’li bilan O’zbekiston "Don" IIChB da yaratilgan. Kuzgi, tezpishar. Sovuqqa, qurg’oqchilikka chidamli. Donlarning to’kilishga chidamli. Qattiq qorakuyaga, qo’ng’ir zang kasalliklariga chidamli. Chang qorakuyasiga o’rtacha chidamli. Boshog’i prizmasimon. Donning 1000 donasining vazni 40,9g. Donning tegirmonda tortilish va unining non yopish sifatlari yaxshi. Qurg’oqchilikka, zamburug’ kasalliklariga chidamli. Don tarkibida 16-18 % oqsil bor. Sug’oriladigan yerlar uchun Davlat reyestriga kiritilgan.

Download 34.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling