8. Dunyoda bug’doy ekiladigan maydon, uning hosildorligi, yalpi hosili


Yumshoq va qattiq bug’doyning tur xillari


Download 34.44 Kb.
bet5/11
Sana19.11.2023
Hajmi34.44 Kb.
#1787052
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Bug‘doyning oziqaviylik ahamiyati, sisyematikasi va morfologiyasi

Yumshoq va qattiq bug’doyning tur xillari. Turlar boshoq va donning barqaror morfologik belgilariga ko’ra turxillarga bo’linadi. Turlarning tur xillarga bo’linishi, shu shakllarni biologik xususiyatlari xaqida tasavvur bermaydi va ularni ekologik hamda geografiya bilan bog’lamaydi. Ammo turxillarga bo’linishi amaliy maqsadlar uchun qimmatli hisoblanadi va navlarni morfologiyasiga qarab tizimlash imkonini beradi. Bug’doy tur xillarining asosiy belgilari quyidagilardan iborat:
1) qiltiqlarining bor yoki yo’qligi (ular tukli, tuksiz ham bo’lishi mumkin)
2) boshoqning ranggi (oq, qizil, qora)
3) qiltiqlarining ranggi (boshoq ranggi bilan bir xil yoki oq va qora boshoqlarda qora qiltiqlar bo’lishi)
4) donlarning ranggi (asosan oq va qizil, oq ranglilari sof oq, qizillari sarg’ish, och pushti, qizilcha-to’q pushti, qizg’ish-jigar ranglar) kiritiladi.
Har bir turxil morfologik belgilari, biologik va ishlab chiqarish xususiyatlari bilan farq qiladigan qator navlarni o’z ichiga oladi. Bitta turxil doirasida kuzgi va bahori, tezpishar va kechpishar navlar uchraydi, ular qishga, qurg’oqchilikka, to’kilishga, kasallik va zararkunandalarga chidamliligi va boshqa xususiyatlari bilan farq qilishi mumkin. O’zbekistonda va Mustaqil hamdo’stlik mamlakatlarida ekiladigan ko’pchilik navlar yumshoq bug’doyni – lyutessens, albidum, alborubrum, milturum, grekum, eritrosperum, ferrigineum, eritroleukon, sizium, gostianum, barbarossa, velutunum tur xillariga, qattiq bug’doyniki esa – melyanopus, leukomelan va gordeiforma turxillariga kiradi.
PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com
29
Sug’oriladigan yerlarda kuzgi bug’doy urug’lari optimal muddatlarda nam yetarli tuproqlarga ekilganda 6-8 kunda unib chiqadi. Ekin unib chiqish davrida samarali harorat 116-139 0S tashkil qiladi. Fotosintiz jarayoni uchun minimal harorat 3-4 0S. Haroratning ortishi va boshqa sharoitlar qulay

bo’lganda uglerodni o’zlashtirilishi kuchayadi. Harorat sekinlashadi.

35-36 0S bo’lganda assimiliyasiya jarayoni

Lalmikorlikda kuzgi bug’doy ko’pincha erta bahorda tuplaydi. G’allaorolda 35 yil mobaynida kuzgi bug’doy kuz-qish davrida tuplanishi to’rt marta kuzatilgan. Janubiy mintaqalarda, qishda ham kuzgi g’alla ekinlarini o’sishi kuzatiladi. Shuning uchun janubiy mintaqalarda lalmikorlikda ko’pincha kuzgi g’alla ekinlari kuzda yoki qishda tuplanadi.
Namga talabi. Kuzgi bug’doy kuzgi arpaga va bahori bug’doyga nisbatan o’sish: davrida namlikni ancha ko’p sarflaydi. Bu o’sish davrini uzunligini va hosil umumiy massasini yuqoriligi bilan bog’liq.
Kuzgi bug’doyni namlikni o’zlashtirishi o’simlikni yoshiga, o’sish jadalligiga rivojlanishining kuchiga, tuproqdagi namlik zaxirasiga, haroratga va havoning nisbiy namligiga, yorug’likka, ildiz tizimining rivojlanishiga, oziqa moddalar bilan ta’minlanganligiga va boshqa omillarga bog’liq.
O’simlikni o’sishi uchun eng qulay sharoit tuproqdagi namlik cheklangan dala nam sig’imining 75-80 % kam bo’lmaganda yaratiladi. Kuzgi bug’doyni tuproqdan nam o’zlashtirishi tuproqdagi namlik so’lish namligiga teng bo’lganda to’xtaydi. Tuproqning mexanik tarkibi, suv fizik xossalari va kimyoviy tarkibiga bog’liq holda so’lish namligi tuproq mutloq quruq massasining og’irligiga nisbatan o’zgaradi. Bu namlik qumli tup-roqlarda 1-3, qumoq va yengil qumoq tuproqlarda 3-5, o’rtacha hamda og’ir qumoq tuproqlarda 6-12, soz tuproqlarda 12-18 dan 22 % gachani tashkil etadi. Kuzgi bug’doy o’sish davrida yetishtirish sharoitiga qarab lalmikorlikda 2000-4000 m3/ga, sug’oriladigan yerlarda 6000 m3/ga va undan ko’proq suv sarflash mumkin.

Download 34.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling