8. Dunyoda bug’doy ekiladigan maydon, uning hosildorligi, yalpi hosili


Download 34.44 Kb.
bet7/11
Sana19.11.2023
Hajmi34.44 Kb.
#1787052
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Bug‘doyning oziqaviylik ahamiyati, sisyematikasi va morfologiyasi

Yonbosh (V. ferrugineum). O’zbekiston "Don" IIChBda mahalliy Sanzar-86 navini Suriyadan keltirilgan namuna ( K-1746) bilan chatishtirib, tanlash yo’li bilan yaratilgan. Kuzgi. Boshog’i qizil, qiltiqli, qiltig’i tomonlarga tarvaqaylagan, uzunligi 9-11 sm. Doni yirik, qizil, o’rtacha qattiqlikda, donlarni to’kilishiga chidamli, 1000 don vazni 42-43 g. Sovuqqa va kasalliklarga chidamli.
PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com
30
O’simlikning bo’yi 115-120 sm. Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo viloyatlarida keng tarqalgan va tumanlashtirilgan. Sug’oriladigan yerlarda ekish tavsiya etiladi. Donining sifati yaxshi.
Sanzar – 6 (V. yerythrospermum) O’zbekiston "DON" IIChBda Red-River-68 x Rannaya-12 duragayi kombinasiyasidan tanlash yo’li bilan yaratilgan. Duvarak. Boshog’i prizmasimon. Qishga, qurg’oqchilikka chidamli, donlari to’kilib ketishga chidamli. Doni yirik, 1000 don vazni 37-53 g. Non yopish sifatlari yaxshi. Doni tarkibida 15,3 % oqsil, 32,9 % kleykovina saqlaydi. Sirdaryo va Toshkent viloyatlarining lalmikor yerlarida tumanlashtirilgan.
Intensivnaya (V. ferrugineum). Qirg’iziston dehqonchilik ilmiy tadqiqot institutida Bezostaya va bahori Kozig’iston 126 navlarini chatishtirish va yakka tanlash yo’li bilan yaratilgan. Duvarak. Qurg’oqchillikka chidamli, doni to’kilmaydi. Qattiq qorakuya bilan o’rtacha zararlanadi. Un shudring, sariq zang kasalliklariga chidamli. Doni o’rtacha kattalikda, 1000 don vazni 35-41,5 g. Non yopish sifatlari yaxshi. Sug’oriladigan yerlarda tumanlashtirilgan. Respublikaning hamma viloyatlarida keng tarqalgan.
Sanzar-4 (V. ferrugineym). O’zbekiston "DON" IIChBda Sidi-Madix x Bezostaya 1 duragay kombinasiyalaridan tanlash yo’li bilan yaratilgan. Duvarak. Boshog’i prizmasimon, o’rtacha uzunligi 9-11 sm, g’ovak, qiltiqlarining uzunligi 9-10 sm, tarqoq joylashgan, lansetsimon. O’simlikning bo’yi 110-115 sm. Doni yirik, dumaloq-uzunchoq, 1000 don vazni 40,4-44,2 g. Qo’ng’ir zang kasalligiga unchalik chidamli emas. Sovuqqa chidamligi o’rtacha, qurg’oqchillikka bardoshli, doni boshog’idan to’kilmaydi. Tegirmonbop, non sifati yaxshi.

Download 34.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling