8. Dunyoda bug’doy ekiladigan maydon, uning hosildorligi, yalpi hosili


Download 34.44 Kb.
bet11/11
Sana19.11.2023
Hajmi34.44 Kb.
#1787052
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Bug‘doyning oziqaviylik ahamiyati, sisyematikasi va morfologiyasi

Sug’orish usullari. Kuzgi bug’doyni yomg’irlatib va yer ustidan sug’orish keng tarqalgan Keyingisi tuproq ustidan egatlatib va dalani taxtalab sug’orishga bo’linadi: Egatlar bo’ylab sug’orilganda tuproq jo’yakni tagidan va devorlaridan bir tekis namlanadi. Bu usulda suv tejab sarflanadi, o’simlik atrofida qatqaloq hosil bo’lmaydi va suv tup-roqdan kam bug’lanadi.
PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com
32
Sug’orish muddatlari va me’yorlari. Kuzgi bug’doylardan yuqori hosil olishda o’simlikni o’sish, rivojlanishi davomida uni optimal miqdorda suv bilan ta’minlash zarur.
Tuproqdagi namlikni muqobil darajada ushlash uchun yog’ingarchiliklar, tuproq sharoiti hisobga olingan holda sug’orishlar soni va me’yori turlicha belgilanadi. Sug’orishlar soni va ularni o’tkazish muddati tuproqda o’simlik o’zlashtira oladigan namlik zaxirasidan kelib chiqib belgilanadi. Yog’ingarchiliklar kam bo’lib, havo quruq va issiq bo’lsa ko’p, aksincha bahor va yoz salqin hamda sernam bo’lsa kam sug’orishlar talab qilinadi. Tuproqdagi namlikni optimal darajada o’lchash uchun sernam yillari ikki –uch, o’rtacha quruq va quruq kelgan yillari 3-5 sug’orish o’tkaziladi. Sizot suvlar yuza joylashgan maydonlarda sug’orishlar kamaytiriladi.
Urug’ni ekishga tayyorlash. Yirik, og’ir, bir xil, qobig’i, murtagi shikastlanmagan urug’lar ekilganda, mayda urug’larga nisbatan 3-4 s/ga qo’shimcha hosil olinadi. Urug’larni tozalash liniyalarida ular jarohatlangan bo’lsa, unuvchanligi va o’sish energiyasi pasayadi, ko’pincha fuzarioz bilan kasallanadi. Ekiladigan urug’lar tarkibidagi oqsil ham hosildorlikka ta’sir ko’rsatadi. Urug’ tarkibida oqsil miqdori ko’p bo’lsa unib chiqishi va o’simlik o’suv organlarini, generativ organlarini rivojlanishi tezlashadi, hosildorlik oshadi. Urug’da to’plangan oqsil zaxirasi yosh o’simlikning dastlabki o’sish davrida azotli moddalar manbai bo’lib hisoblanadi. Qirg’izistonning sug’oriladigan yerlarda kuzgi bug’doy urug’i tarkibida oqsil miqdori 18, 6% bo’lganda hosildorlik 36,4 s/ga 15% oqsil bo’lganda 28,5s/ga tashkil qilgan.
Urug’lar I, II-sinf talablariga javob berishi lozim (15-jadval). Ekishdan kamida 24 kun oldin 1 t urug’ 2 kg panoktin yoki 1,5 kg 2 % raksil yoki 2-3 kg vitovaks –200 bilan ishlanishi yaxshi natija beradi.
Download 34.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling