8. Dunyoda bug’doy ekiladigan maydon, uning hosildorligi, yalpi hosili


Surxak-5688. (V. yerithrospermum)


Download 34.44 Kb.
bet8/11
Sana19.11.2023
Hajmi34.44 Kb.
#1787052
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Bug‘doyning oziqaviylik ahamiyati, sisyematikasi va morfologiyasi

Surxak-5688. (V. yerithrospermum). Tojikiston dehqonchilik ilmiy tadqiqot institutida yaratilgan. Bahori, boshog’i o’rtacha uzun, qiltiqli, tuksiz oq. Doni qizil, yirik, 1000 donasining vazni 42-56 g. Qurg’oqchilikka chidamli, tezpishar. Sariq zang va chang qorakuya bilan kam zararlanadi. Tegirmon tortish va non yopish sifatlari o’rtacha. Lalmikorlikning tog’ oldi va tog’ mintaqalarida ekiladi. Samarqand, Toshkent, Sirdaryo viloyatlarida kuzda va bahorda, Qashqadaryo va Surxandaryoda faqat kuzda ekish tavsiya etiladi.
«Kupava» navi (V. Lutescens). Krasnodar qishloq xo’jalik ilmiy tekshirish institutida yaratilgan. Kuzgi yumshoq bug’doy. O’rta pishar. Bo’yi 90-100 sm. boshog’i yirik, uzunligi 10-12 sm, qiltiqsiz, 1000 don vazni 40-45 g. Donining tarkibiga ko’ra qimmatbaho bug’doylar guruhiga kiradi. Yotib qolishga, qurg’oqchilikka chidamli. Qorakuya, unshudring va boshoq fuzarioziga o’rtacha chidamli. Septarioz, qo’ng’ir zang kasalliklariga chidamli, sariq zang kasalligiga o’rtacha chidamli. Ekish me’yori gektariga 4,5-5 mln unuvchan urug’ hisobida. 1 oktyabrdan 25 oktyabrgacha bo’lgan ekish davri eng maqbul muddat hisoblanadi. Noyabr oyida ekilgan maydonlarda ko’chatlarning tuplanishi keskin kamayadi, ko’chatlar o’ta siyrak bo’ladi. Mineral va mahalliy o’g’itlarga talabchan. O’rtacha hosildorligi gektaridan 75-80 sentner.
«Polovchanka» navi (V. lutescens). Krasnodar qishloq xo’jalik ilmiy tekshirish institutida yaratilgan. Kuzgi. O’rtapishar, bo’yi 105-110 sm, qiltiqsiz. Don tarkibiga ko’ra qimmatbaho bug’doylar guruhiga kiradi. Doni qizil, 1000 don vazni 40-44 g. Yaxshi tuplaydi. Yotib qolishga chidamli. Zang kasalliklariga, qorakuya, septarioz, unshudring va boshoq fuzarioziga o’ta chidamli. Kimyoviy ishlov berish talab qilmaydi. Xarakterli hususiyatlaridan biri ildiz tizimi kuchli rivojlanishi hisobiga sho’rlangan maydonlarga ekilganda ham yaxshi natija beradi. O’tmishdosh ekinlarni tanlamaydi. Suvga va ma’danli o’g’itlarga talabchan. Ekish me’yori har gektar maydonga 4,5 – 5,5 mln unuvchan urug’. Ekish muddati 1 oktyabrdan 30 oktyabrgacha. Bu muddat eng maqbul hisoblanadi. O’rtacha hosildorligi gektaridan 75-80 sentner.

Download 34.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling