8. Dunyoda bug’doy ekiladigan maydon, uning hosildorligi, yalpi hosili
Download 34.44 Kb.
|
Bug‘doyning oziqaviylik ahamiyati, sisyematikasi va morfologiyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sug’orish rejimi.
Tuproqni ishlash. Sug’oriladigan yerlarda kuzgi bug’doy ekiladigan maydonlarda tuproqni ishlash tizimi mintaqalarning tuproq –iqlim sharoiti, o’tmishdoshlar, dalani begona o’tlar bilan ifloslanganligi, tup-roqni suv - fizik, kimyoviy xossalari uning madaniylashganlik darajasi, haydalma qatlamini tuzilishi va boshqa omillar hisobga olinib ishlab chiqiladi.
Kuzgi don ekinlari shu jumladan kuzgi bug’doy ekiladigan maydonlarni tuprog’ini ishlash o’ziga xos xususiyatlarga ega. Kuzgi bug’doy kuzda turli o’tmishdoshlardan keyin ekiladi. Shuning uchun tuproq yozda, kuz oxirida, kuzda haydaladi. Tuproqni ishlashda haydalma qatlamda, ildiz tizimi joylashgan asosiy qismida, namlikni to’planishi va saqlanishi uchun qulay sharoit yaratiladi, suv, oziqlanish, havo va issiqlik rejimlari boshqarilishi, organik moddalarini parchalanishi, chirishi jarayoni uchun qulay sharoit yaratiladi. Tuproqni puxta ishlash o’g’itlarni va urug’larni bir tekis taqsimlanishini ta’minlaydi, ildiz tizimini haydalma qatlamda bir tekis taralishiga va chuqur qatlamlariga kirib borishga qulay sharoit yaratadi, begona o’tlarni, zararkunandadlarni yo’q qiladi. O’simliklarni turli kasalliklar bilan kasalllanishini oldini olishga imkon beradi. Kuzgi bug’doy haydash chuqurligini oshirishga juda talabchan. O’tmishdosh ekin uchun haydalma qatlamini chuqurlashtirish va yuqori me’yorda organik o’g’itlarini solish kuzgi bug’doy rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratadi. Sug’orish rejimi. O’zbekistonning sug’oriladigan yerlarida kuzgi bug’doyzorlardan yuqori hosil olish uchun energetik manbalar yetarli. Zarafshon vodiysida o’tkazilgan tajribalarni ko’rsatishicha, kuzgi bug’doyni o’sish davrida fotosintetik aktiv radiasiya (FAR) o’rtacha 1 m2 ga 1638 mJ (megajoul) yoki1 gektarga 16,38 mlr kJ ni tashkil qiladi. Shundan kuzgi bug’doy sug’oriladigan yerlarda 0,68-2,7 % foydalangan va har gektar ekinzorda 75-220 s quruq massa yoki 30-90 s don hosili shakllangan. Ko’p yillik tajribalar va amaliyot O’zbekiston sharoitida yuqori hosil olishda asosiy belgilovchi omil suv ekanligini ko’rsatadi. Kuzgi bug’doy suvni vegetasiya davrida bir tekis sarflaydi. O’simlik kuz davrida o’rtacha 850-900 m3\ga, qish davrida 1162-1230 m3\ga bahor-yoz davrida 3834-3799 3m \ga suv sarflaydi (N.Xalilov, 2005). O’simliklarni o’suv davrida suv sarfi sug’orish rejimiga, ekish muddatlariga, o’g’itlar me’yoriga va boshqa omillarga bog’liq holda o’zgaradi. Kuzgi bug’doy o’sish davrida sug’orish rejimiga bog’liq holda gektaridan 5153-6487 m3 suv sarflaydi. Download 34.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling