«Kroshka» (Lutescens). Krasnodar qishloq xo’jalik ilmiy tekshirish institutida yaratilgan. Kuzgi yumshoq bug’doy. O’rtapishar, bo’yi 85-90 sm, qiltiqsiz. Donining tarkibiga ko’ra qimmatbaho bug’doylar guruhiga kiradi. Doni qizil, 1000 dona donining vazni 48-49 g. Yotib qolishga chidamli. Kelib chiqishi bo’yicha «Skifyanka» naviga o’xshaydi. Barcha kasalliklarga dala sharoitida o’rtacha chidamli. Sovuqqa chidamliligi yuqori. Ekish me’yori 4-5 mln unuvchan urug’/ga. Ekish muddati 1 oktyabrdan 25 oktyabrgacha. Kech muddatlarda ekish tavsiya etilmaydi. Suv va ma’danli o’g’itlarga o’ta talabchan. Andijon viloyati xo’jaliklarida o’rtacha gektaridan 70-74 sentnerdan hosil olindi.
«Umanka» (V. lutescens). Krasnodar qishloq xo’jalik ilmiy tekshirish institutida yaratilgan. Kuzgi yumshoq bug’doy. O’rtapishar, bo’yi 110-115 sm. Boshog’ining uzunligi 9-10 sm, qiltiqsiz.
PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com
31
Donining tarkibiga ko’ra kuchli bug’doylar guruhiga kiradi. Shu sababli un va non sifati a’lo darajada. Doni qizil, 1000 don vazni 42 g. Poyasi baquvvat bo’lganligi uchun yotib qolishga chidamli. Zang kasalliklariga chidamligi yuqori, qorakuya, septorioz, unshudring va boshoq fuzarioziga chidamli. Kimyoviy ishlov berish talab etilmaydi. Suv va mineral o’g’itlarga talabchan. Ekish me’yori 5,5-6 mln unuvchan urug’/ga. Ekish muddatlari 1 oktyabrdan 30 oktyabrgacha. O’rtacha hosildorlik gektaridan 75-80 sentner.
Yumshoq bug’doyning Andijon-2, Andijon-4, Baltazar, Buzsuv-1, Gvadilupa, GK-kata, Zumrad, MV 16, Starshina, Turaqo’rg’on, Yuktina, Suasson, Krasata navlari qam Davlat reyestriga kiritilgan.
Kattiq bug’doyning sug’oriladigan va lalmikor yerlarda tumanlashtirilgan navlari
Aleksandrovka (V. melanopus). O’zbekiston o’simlikshunoslik ilmiy tadqiqot institutida va Surxandaryo viloyat Uzun Davlat nav sinash uchastkasi hamkorligida Oviachik 65 Meksika navidan yakka tanlash yo’li bilan yaratilgan. Bahori, boshogi urchuqsimon, oq, tukli, o’rtacha yiriklikda, zich. Qiltig’i uzun, tarqoq, qora. Doni cho’zinchoq uzun, 1000 donasining vazni 49,8 g. Yotib qolishga, donlarini to’kilishiga bardoshli. Sariq zang, qo’ng’ir zang va chang qorakuyasiga chidamli. Un shudring bilan kam zararlanadi. Donida 15,2 % oqsil, 31,6 % kleykovina bor. Makaron sifati yuqori. Andijon, Namangan, Surxandaryo, Farg’ona viloyatlarining sug’oriladigan yerlari uchun Davlat reyestriga kiritilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |