8-iq-s-guruh talabasi Xurramov Shaxzodbekning Jahon iqtyisodiyoti va halqaro munosabatlar fanidan


Download 148.63 Kb.
bet3/4
Sana14.09.2023
Hajmi148.63 Kb.
#1678201
1   2   3   4
Bog'liq
ХУРРАМОВ ШАХЗОД

QISHLOQ XO’JALIGI

  • Turkiya hududining 16 % ni oʻtloq, 26 % ni oʻrmonlar tashkil etadi, 35 % da, yaʼni jami hududning 1/3 qismida dehqonchilik qilinadi. Turkiyada gʻalla, paxta, tamaki, qand lavlagi, zigʻir, kanop va boshqalarlar yetishtiriladi. Turkiya yongʻoq (funduk), anjir va oʻrik yetishtirishda dunyoda 1, sabzavot, uzum va tamaki yetishtirishda 4, bugʻdoy va paxta yetishtirishda esa 7oʻrinda turadi. Beda, kungaboqar, meva ham yetishtiriladi. Soʻnggi yillarda sugʻorma dehqonchilikka eʼtibor kuchaydi. 2000-yil chorvachilikda 11 mln. qoramol, 28,4 mln. qoʻy-echki, 250 mln. tovuq yetishtirilgan.

TRANSPORTI

  • Avtomobil yoʻllari uz. 63167 km, temir yoʻl uzunligi 10940 km. Mamlakat ichkarisida yoʻlovchilarning 95 % avtomobil transportida, mamlakat tashqarisiga yoʻlovchilar, asosan, havo yoʻllari, yuklar esa, asosan, dengiz yoʻli orqali tashiladi. Turkiya dengiz savdo floti 3157 kemadan iborat boʻlib, u eksport yuklarning 72 %, import yuklarning 95 % ni tashiydi. Asosiy portlari: Istanbul, Mersin, Izmir, Trabzon, Iskandarun, Samsun. Ankara, Istanbul, Izmir shahrilarida xalqaro aeroportlar bor. Bosfor boʻgʻozi ustiga osma koʻprik qurilgan. Turkiyaning eng muhim neft quvuri tarmogʻi yiliga 70,9 mln. tonna Iroq neftini Jeyxan dengiz terminaliga yetkazib beradi.

TASHQI SAVDOSI

  • Turkiya chetga qora va rangli metall rudalari, poʻlat, gazlama, hoʻl meva, tamaki, charm buyumlar, kimyoviy mahsulotlar, elektronika va roʻzgʻor buyumlar chiqaradi, chetdan neft, mashina va uskuna, sanoat xom ashyosi va tayyor buyumlar oladi. Olmoniya, Italiya, AQSH, Fransiya, Rossiya, Kavkaz va Oʻrta Osiyo mamlakatlari bilan savdo qiladi. Turkiyada turizm rivojlangan. 2002-yil Turkiyani 13 mln. xorijiy sayyoh ziyorat qildi, turizmdan tushgan daromad 10 mlrd. AQSH dollariga yetdi. Pul birligi — turk lirasi.

Oʻzbekiston — Turkiya munosabatlari

  • 2003-yilda Turkiya Bosh vaziri Rajab Tayyip Erdoʻgʻon Oʻzbekistonga keldi. Tashrif davomida yana bir qancha hujjat imzolandi. Jumladan, xalqaro terrorizmga qarshi kurash sohasida hamkorlik va diplomatik pasport egalari uchun vizalarni bekor qilish haqida hukumatlararo bitim tuzildi. Oʻzaro aloqalar xalqaro tashkilotlar doirasida ikki davlatning parlamentlari va vazirliklari oʻrtasida ham davom etdi. Savdoiqtisodiy hamkorlik sarmoyalarni oʻzaro ragʻbatlantirish va himoyalash, ikki tomonlama soliq solishga yoʻl qoʻymaslik toʻgʻrisidagi bitimlar bilan muvofikdashtirildi. Ikki tomon oʻrtasida bojxona toʻlovlariga nisbatan eng koʻp kulaylik berish tartibi kuchga kirishi tufayli 2002-yil Oʻzbekiston bilan Turkiya oʻrtasidagi tovar aylanmasi 1,7 % oʻsib, 190,48 mln. AQSH dollarini tashkil qilgan boʻlsa, 2003-yilda 2002-yilga nisbatan 41,3 % oshdi, umuman Oʻzbekistonning tashki savdo tovar aylanmasida Turkiyaning ulushi 4 % ni tashkil etadi. Turkiya Oʻzbekistondan rangli metall va undan tayyorlangan buyumlar, ip gazlama, trikotaj mato, paxta tolasi, oziq-ovqat (meva va yongʻoq) oladi va Oʻzbekistonga mexanik uskunalar, yer osti transport vositalari, optik jihoz va uskunalar, mebel, elektr asboblar, plastmassa buyumlari, kimyoviy mahsulot, gilam va boshqa yuboradi. Ayni paytda umumiy kiymati salkam 1 mlrd. AQSH dollariga teng boʻlgan (bu mablagʻning yarmini T. Eksimbanki bergan) 16 loyihani birgalikda amalga oshirishga kirishildi. Chunonchi jun yigirish, mayin jun matolar va shu kabilarni ishlab chiqarish.ga ixtisoslashgan „KosonsoyTekmen“ qoʻshma korxonasini barpo etish (loyiha qiymati 76 mln. AQSH dollari), Xorazm viloyatida trolleybus liniyasini qurish (loyiha qiymati 7,7 mln. AQSH dollari), shakar zdini qurish (loyiha qiymati 82,2 mln. AKTJJ dollari) kabi loyiqalar shular jumlasiga kiradi. Oʻzbekistondagi bir qancha mehmonxonalarni qayta qurish va taʼmirlashda Turkiyaning „AySel“, „Ulus inshaat“, „Oʻqan xolding“, „Emesam“ firmalari ishtirok etdi. Oʻzbekiston Respublikasida Turkiya sarmoyasi ishtirokidagi 351 qoʻshma korxona bor, ulardan 71 tasi 100 % turk sarmoyasi bilan tashkil etilgan korxonadir. Qoʻshma korxonalar orasida „SamKochavto“ (avtobus va oʻrta hajmdagi yuk mashinalari ishlab chiqarish.), „Papfen“ (paxta tolasidan ip yigirish), „Koxis“ (savdovositachilik faoliyati, „MetroMarket“ supermarketa), „SharqMir LTD“ (chakana savdo), „Mejik Plast“ (plastik oyna romlari ishlab chiqarish.), yakka tartibdagi korxonalar orasida esa „Beta Algoritm“ (choy qadoklash), „Dilek Interprayzis“, „Aylin gida sanai va anonim shirkati“ (ikkovi qandolatchilik mahsulotlari ishlab chiqarish.) eng yiriklari hisoblanadi. Hamkorlikda tashkil etilgan korxonalarning 70 % ga yaqini respublika ichki bozorida savdovositachilik faoliyatini olib boradi, xalq isteʼmol mollari ishlab chiqarish hamda texnik maqsadga moʻljallangan mahsulotlarni Oʻzbekistonga kiritish va sotish bilan shugʻullanadi. 25 % dan ziyod korxonalar esa toʻqimachilik va koʻnchilik, oziq-ovqat sanoati, qurilish mollari va boshqa soxalarda ishlab chiqarish. faoliyatini amalga oshiradi. Korxonalarning qolgan qismi xizmat koʻrsatish bilan shugʻullanadi. Turkiyada oʻzbek sarmoyasi ishtirokida 2 korxona faoliyat koʻrsatadi.

Download 148.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling