8-Laboratoriya ishi: Oziq-ovqat tarkibidagi kaltsiy va magniy miqdorini aniqlash Ishning maqsadi
Download 120.31 Kb. Pdf ko'rish
|
8 Laboratoriya ishi (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kerakli reaktivlar, idish va asboblar
8-Laboratoriya ishi: Oziq-ovqat tarkibidagi kaltsiy va magniy miqdorini aniqlash Ishning maqsadi: Oziq-ovqat mahsulotlari tarkibidagi kaltsiy va magniy massaviy ulushlarini aniqlashni kompleksometrik usulini o’rganish. Kerakli reaktivlar, idish va asboblar: Erioxrom qora T ning quruq indikatorli aralashmasi; mureksidni quruq indikatorli aralashmasi; qizil metilen eritmasi; 0,005 n trilon B eritmasi; ammiak-ammoniyli bufer aralashmasi (рН 9,3); 2 n, 10 % li NaOH eritmasi; 2 % li natriy sulfat (Na 2 SO 4 ) eritmasi; 25 % li HCl, analitik tarozi; mufel pechi; elektorplitka; suv hammomi; pipetkalar; byuretkalar; o’lchov tsilindrlari; voronkalar; titrlash uchun konussimon kolbalar. Kaltsiy – qiyin hazm bo’ladigan element bo’lib, uning birikmalari oziq-ovqat bilan organizmga tushganda erimaydi. Ingichka ichakdagi ishqoriy muhit qiyin hazm bo’ladigan birikmalar hosil bo’lishini ta‘minlaydi, faqatgina o’t qopi kislotasi kaltsiy so’rilishiga yordam beradi. To’qimalarning kaltsiyni assimilyatsiyalashi faqatgina mahsulotlardagi miqdoriga emas, balki ularni yog’lar, magniy, fosfor va oqsillar bilan nisbatiga ham bog’liqdir. Oziq-ovqat mahsulotlaridagi kaltsiy va fosforning eng yaxshi nisbati quyidagicha: 1:1, 2....1,5, kaltsiy va magniyniki: 1:0, 25...0,3. Fosforni oshib ketishi suyaklardagi kaltsiyni yuvilib ketishiga, buyrakka yuk tushishini oshishiga, temirni o’zlashtirilishini kamayishiga olib keladi. Magniyni oshib ketishi kaltsiyni so’rilishiga ta‘sir etadi. Bunday nisbatga rioya qilish qiyinligi shundaki, ko’pchilik oziq-ovqat mahsulotlarida kaltsiyga nisbatan fosfor ko’pdir. Kaltsiyga nisbatan: fosfor go’shtda – 1:20; tuxumda – 1:4; kartoshkada – 1:5; non va non mahsulotlarida 1:5 bo’ladi. Fosfor va kaltsiyni bir-biriga nisbati tengligi sabzavot va poliz mahsulotlarida bo’ladi. O’simlik mahsulotlaridagi fitin va shavel kislotasi kaltsiyni so’rilishiga salbiy ta‘sir etadi. Kaltsiyni oshib ketishi buyrak, aorta va boshqa organizmlarning kaltsinoziga olib keladi. Fosforning oshib ketishi organizmda tuz almashinishi buzilishiga sababchi bo’ladi, ichaklarda kaltsiy so’rilishi tormozlanadi. Fosfo-kaltsiy almashinishi ko’pgina kasalliklarga olib keladi: raxit, osteoporoz va boshqalar. Oziq-ovqat mahsulotlaridagi kaltsiy va magniy massaviy ulushlarini aniqlashni kompleksometrik usuli ishqoriy muhitda trilon B bilan kompleks hosil qilishi xususiyatiga asoslangan. Ekvivalent nuqtani metallxrom indikator (mureksid, xromogen) bilan topiladi. Bu usul namunani ishqoriy muhitda trilon B eritmasi bilan titrlab mineralizatsiya qilishga asoslangan. Download 120.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling