№8 ma’NAVIY ma’rifiy soatlar rejasi


-Mavzu: O‘zbekistonning siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalari tarixi


Download 1.29 Mb.
bet17/50
Sana10.02.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1186892
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   50
Bog'liq
МАЪНАВИЯТ МАВЗУЛАР МАРУЗАСИ 1 КУРС

13-Mavzu: O‘zbekistonning siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalari tarixi.
O‘zbekistonning xalqaro munosabatlari juda uzoq tarixga ega. Tarixga nazar tashlaydigan bo‘lsak, Kushon davlatidayoq xalqaro elchilik va savdo aloqalari keng rivoj topgan. 99 yilda Kushon davlatining elchisi Rimga borgan. Kushon va Rim saltanatlari o‘rtasida yaqin elchilik aloqalari bo‘lgan. Ehtimol shu boisdan bo‘lsa kerak, Rim podsholari XI asr boshlarida Troyan kolonnalariga Rimga kelgan elchilar, savdogarlar, hunarmandlarning tasvirlarini tushirganlar. Ana shu haykal tasvirlarda Markaziy Osiyo vakillarining tasvirlari ham uchraydi. Baqtriya hududida Rim tangalari va san’at asarlarining namunalari ko‘plab topilgan.
Vatanimiz xalqlari tarixida «Buyuk ipak yo‘li» katta ahamiyatga egadir. Yozma manbalardagi ma’lumotlarga qaraganda III-VII asrlarda Markaziy Osiyo va O‘rta Sharq orqali o‘tgan ipak yo‘lining nazorati so‘g‘dlarning qo‘lida bo‘lgan bo‘lsa, VIII asr o‘rtalariga kelib, «Ipak yo‘li»ning g‘arbiy qismi arablar nazoratiga o‘tadi. XIII asrda esa ipak yo‘lining barcha tarmoqlari bo‘ylab nazoratni Chingizxon o‘z qo‘liga oladi. Bu holat to XIV asr o‘rtalarigacha davom etdi. So‘ng «Ipak yo‘li» Temur va Temuriylar nazorati ostiga o‘tdi. «Ipak yo‘li» orqali Xitoydan g‘arb mamlakatlariga, asosan, ipak, ilk o‘rta asrlardan boshlab qog‘oz chiqarilgan bo‘lsa, g‘arb mamlakatlaridan Xitoyga shisha, jundan ishlangan har xil gazlamalar, gilam, palos, oyna, metall, zebi – ziynat bezaklari, qimmatbaho toshlar: lazurit, biryuza, serdalik, har xil dorivorlar, arg‘umoq otlar olib borilgan.
Vatanimizning har bir o‘lkasi qadimda xalqaro savdoda o‘ziga xos mahsulotlari bilan ishtirok etishgan. Xitoy manbalarida qayd etilishicha, V – VI asrlarda Sharqiy Turkiston va Markaziy Osiyoda ko‘plab g‘o‘za ekilgan. Uning tolasidan oppoq va mayin mato to‘qilgan. Xitoy bozorlarida bunday matoga talab katta bo‘lgan. Chunki usha davrlarda Xitoyda paxta ekilmas edi.
V – VI asrlarda Chochda yasalgan o‘q-yoy «kamoni chochiy» nomi bilan butun Sharqqa dong‘i taraladi. Ilk o‘rta asrlarda birgina Zarafshon vodiysida, Samarqand va Buxorodan tashqari, Rivdad, Kushoniya, Dabusiya, Hariman, Arxud, Romitan, Varaxsha va Poykand kabi hunarmandchilik va savdo shaharlari mavjud edi.
Ayrim ma’lumotlarga qaraganda, Poykand shahri Eftaliylar davlatining poytaxti bo‘lgan. Xitoyliklar bu shaharni “Bi” nomi bilan tilga olishgan. Arablar uni «Madinat ut-tujjor» ya’ni «savdogarlar shahri» deb yuritar edi. V-asrda Markaziy Osiyolik shishagarlar Xitoy hunarmandlariga rangli shisha buyumlar yasashni o‘rgatadilar. Markaziy Osiyo shishasi rangdorligi, yarqiroqligi va tiniqligi jihatdan Vizantiya shishasidan ustun turgan. Xitoy imperatorlari o‘z saroylarini bezashda Markaziy Osiyodan keltirilgan rangli shishadan foydalanganlar. Mintaqamizda VII-asrda G‘arbiy Turk xoqonligi hukmronligi davrlarda Xitoy bilan savdo nihoyatda avjiga chiqadi. Bu davrda Xitoyga to‘qqiz marotaba savdo elchilari yuboriladi. 627 – yilda Buxoro, Samarqand, Ishtixon va Ustrushonadan birlashgan juda katta savdo karvoni Xitoyga yetib boradi. So‘g‘dning Markaziy Osiyo va Xitoy bilan VI-VII asrdagi aloqalari haqida turli yozma va arxiologik manbalar ma’lumot beradi. Buning dalili sifatida Afrasiyobda ochilgan devoriy rasmlarda so‘g‘d hokimi Varxumaning Chag‘aniyon, Choch va Xitoydan kelgan elchilarni qabul qilish marosimi tasvirlanadi. So‘g‘dning sharbatli uzumlaridan musallas tayyorlangan, Samarqandning zarg‘oldoq shaftolisi Xitoy poytaxtida «Samarqandning oltin shaftolisi» nomi bilan dongi ketgan edi. So‘g‘d ilk o‘rta asrlarda nafaqat savdo balki, bolalarni savodxon bo‘lishlariga ham e’tibor qaratilgan. Xitoy manbalarining guvohlik berishicha, So‘g‘dda besh yoshga to‘lgach, o‘g‘il bola yozuv va hisobga o‘rgatilar, so‘ngra ular 20 yoshga kirgach, savdo ishlarini o‘rganish uchun o‘zga mamlakatlarga jo‘natilar edi. VIII-asrda janubiy O‘zbekiston, janubiy Tojikiston va shimoliy Afg‘onistonni o‘z ichiga olgan Tohariston, Xitoyga olib chiqqan qizil va zumrad rangli shishalari xitoyliklarni lol qoldirgan.
Tohariston dori – darmonlari esa Xitoyda juda qadrlangan. Vatanimizning Farg‘ona vodiysida Davan deb nomlangan qadimda davlat mavjud bo‘lgan. Davan qo‘shni mamlakatlarga arg‘umoqlar, bo‘yoqlar, rang-barang shisha buyumlar va dori-darmonlar chiqargan. Somoniylar davrida Movarounnahr xo‘jalik hayotida Xorazm katta o‘rinni egallagan. Xorazm chetga suvsar mo‘ynasi, oq suvsar mo‘ynasi, sassiqkuzan mo‘ynasi, latcha mo‘ynasi, tulki, quyon va echki mo‘ynalari, sham, o‘q, oq terak po‘stlog‘i, uzun qalpoqlar, baliq yelimi, kanakunjut moyi, anbar, ot terisidan ishlangan charm, asal, yong‘oq, lochin, qalqonlar, slavyan qullari, qo‘ylar va sigirlar chiqarar edi. Xorazm bu buyumlarni bulg‘orlardan olardi. Bulardan tashqari Xorazm chet mamlakatlar bilan ko‘plab quruq mevalar, har xil movut, qand-qurs, gilamlar, kimxoblar, choyshablar, qulflar, kamonlar, pishloq, bo‘za, baliq, qayiqlar va boshqa mahsulotlar bilan ham savdo qilardi. Bu davrda Buxoroning Zandana qishlog‘ida to‘qilgan malla rang buz «zandanacha», Samarqandning Vador qishlog‘ida tayyorlangan mato «vadoriy» nomlari bilan Sharqda mashhur edi. Vadoriy matodan tikilgan kiyimlarni Xurosonda amirlar, vazirlar va qozilar kiyardilar. Vadoriy ko‘ylakning bahosi ikki dinordan o‘n dinorgacha bo‘lgan.
Somoniylar davrida Movarounnahrda «Buyuk ipak yo‘li» orqali bo‘ladigan karvon savdosi katta ahamiyat kasb etdi. Karvon savdosi Markaziy Osiyo orqali Janubiy-Sharqiy Yevropa mamlakatlarini Sharq mamlakatlari, avvalo Mo‘g‘iliston va Xitoy bilan bog‘lab turar edi.
Somoniylar davrida Buxoro, Samarqand, Ko‘hna Gurganj, Marv, Binkat, Kesh, Nasaf, Axsikat kabi shaharlar o‘rta asr hunarmandchiligining rivoj topgan yirik markaziga aylanadi. Narshaxiyning yozishicha, IX – asrda Buxoro arki yonida podsholikka qarashli “Bayt ut – tiroz” katta to‘qimachilik korxonasi bo‘lgan. Unda qimmatbaho rangli mato, palos, darparda, yostiq jildi, joynomoz va ust kiyimliklar to‘qilgan. Samarqandda ko‘proq misgarlik, zargarlik va sarrojlik rivojlangan edi. Turli matolar, kimxob, shoyi va ro‘mollar to‘qilar, yuqori navli qog‘oz ishlab chiqarilar edi. Shosh o‘zining ko‘nchilik mahsulotlari va charm buyumlari bilan, Iloq esa kumush va qo‘rg‘oshin konlari hamda kumush tanga chiqaradigan zarbxonasi bilan mashhur edi. Movarounnahrning xo‘jalik hayotida Xorazm ham katta o‘ringa ega bo‘lgan. Bu yerda hunarmandchilikning boshqa sohalari qatorida qayiqsozlik taraqqiy qiladi. Xorazm va Termizda yasalgan qayiqlarda Amudaryo bo‘ylab muttasil yuk tashilgan.15
Sharqiy Yevropa bilan olib borilgan savdoda Xorazm muhim o‘rin egallagan. IX – X asrlarda karvon savdosi Xorazm bilan ikki yirik savdo markazi – xazarlar va bulg‘orlar o‘rtasida olib borilgan. Bu davrda ikkita savdo markazi Volga bo‘yida shuhrat qozongan.

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling