№8 ma’NAVIY ma’rifiy soatlar rejasi
-Mavzu: Jinoyat va jinoyatchilik haqida tushunchalar
Download 1.29 Mb.
|
МАЪНАВИЯТ МАВЗУЛАР МАРУЗАСИ 1 КУРС
15-Mavzu: Jinoyat va jinoyatchilik haqida tushunchalar
«Jinoyat» sozi kabi insonga yoqimsiz eshitiladigan soz bolmasa kerak. «Jinoyatchi», «jinoyat oqibatlari» kabi sozlar, jamiyatga zarar keltiruvchi kishilar va holatlarni kishi koz oldida gavdalantiradi. Jinoyat tushunchasi va u haqida sozlashdan oldin bir hikoyatni keltirib otishni joiz topdik. Hikoyat: Qilgan gunohlarini arz etib, tavba-tazarru qilish uchun ikki xotin nuroniy bir chol huzuriga keldilar. Bulardan biri hali yosh, ikkinchisi esa qirq-qirq beshlarga kirgan orta yoshli xotin edi.Yosh xotin ozining zor gunohli ekanini bilib, shu qilgan gunohi uchun qaygurardi. Orta yoshli xotin esa ozini xudojoy xotin hisoblab, bazi mayda-chuyda gunohlardan bolak zor gunoh qilmaganiga ishonardi va shuning uchun oz holidan mamnun edi. Chol ikki xotinni har biridan qanday umr kechirganini soradi.Yosh xotin kozlaridan yosh tokib: - Men juda zor gunoh qildim, erim bilan urishdim, qattiq qattiq sozlar aytib, uning konglini vayron qildim, - dedi. Orta yoshli xotin: - Men xudojoy xotinman, ehtimol bazi mayda - chuyda gunoh qilgan bolsam kerak, bularni eslay olmayman, ammo zor gunoh qilmaganimga ishonaman, mayda gunohlarga tavba qilsam bas, - dedi. Chol bularning sozlarini diqqat bilan tinglab, yosh xotinga: - Mana shu bogning chetida ancha katta-katta toshlar yotibdi. Shulardan ozing kotara oladigan bir toshni olib kel, - dedi. Xudojoy orta yoshli xotinga: - Sen har qayerdan mayda toshlarni terib olib bir xaltaga solaver, xaltang tolgandan keyin olib kel, - deb, buyurdi. Xotinlar chol buyruguni bajardilar. Yosh xotin katta bir toshni, orta yoshli xotin esa bir xalta tola mayda toshlarni keltirdi. Chol har ikkala xotinning toshlarini kozdan otkazgandan song ularga: - Endi keltirgan toshlaringgizni oz joylariga eltib qoyib, keyin mening yonimga qaytib keling, - dedi va mayda toshlar keltirgan orta yoshli xotinga: - Sen har qaysi mayda toshni qayerdan olgan bolsang, uni oz joyiga qoy, - deb alohida takidladi. Xotinlar toshlarni olib ketdilar. Katta tosh keltirgan yosh xotin toshini yanglishmasdan joyiga eltib qoyib, darrov chol yoniga qaytib keldi. Orta yoshli xotin esa har bir toshni qayerdan olganini bila olmay garang boldi. Chol har ikki xotinga qarata: - Gunohlar ham shu toshlar kabi katta yoki kichik, mayda boladi. Mayda gunohlarga etibor bermasak, keyinchalik katta gunohlar qilishga otamiz. Shuning uchun mayda gunohlarni unutmaylik, - dedi va yosh xotinga: - Sen ogir toshni qayerdan olganingni esingdan chiqarmay, yana oz joyiga eltib qoyding. Shunga oxshash qilgan aybing, gunohingni unutmay qaygurding, vijdonan azoblanding, tavba qilding, shu bilan gunoh shumligidan qutilding, - deb qoshimcha qildida, xudojoy xotinga: Sen mayda toshlar orinlarini unutganing kabi mayda gunohlaringni ham unutgansan, asta-sekin gunohlar loyiga botganingni ham sezmay qolgansan, tavba qilmay shu kungacha gunohli umr kechirgansan, kordingmi, yosh xotin qilgan gunohiga iqror bolib, yiglab tavba qildi. Xudojoylik amalsiz bolsa, unga etibor berilmaydi. Kel, katta - katta gunohlaringga tavba qil, bundan keyin hech gunoh etmaslikka ahd qil, - dedi. Nuroniy cholning sozlari bu xudojoy xotinga qattiq tasir etdi. Yiglab hamma gunohlaridan tavba qildi. Shundan keyin har ikki xotin cholning odob, axloq haqidagi pand-nasihatlarini tinglab, u bilan xayrlashib uylariga qaytdilar. 16 Hikoyatda gunoh deb berilgan ishlarni jinoyatga nisbatan tadbiq qilsak, mayda - chuyda huquqbuzarliklar oxir oqibat ijtimoiy xavfli qilmishga olib kelishini uqtiradi. Jinoyat deb qanday ishlarga aytiladi? Bu soz qachondan beri qollaniladi? degan haqli savollar tugiladi. Jinoyat tushunchasi davlatning vujudga kelishi bilan paydo bolgan. Ibtidoiy tuzum davrlarida urf-odatlarni buzish jinoiy jazo, davlatni majburlov chorasini keltirib chiqarmasdi. Jinoyat sozining kelib chiqishiga nazar tashlaydigan bolsak, u davlatda qabul qilingan «qonun»ni buzgan odam manosini anglatadi. Jinoyatning yuridik manodagi tarifi ilk bor 1789 yildagi Inson va fuqaro haq-huquqlari va erkinliklari Deklaratsiyasida berilgandi. Ozbekistan Respublikasi Jinoyat Kodeksida «Ushbu Kodeks bilan taqiqlangan, aybli ijtimoiy xavfli qilmish (harakat yoki harakatsizlik) jazo qollash tahdidi bilan jinoyat deb topiladi» deyiladi. «Ijtimoiy xavfli qilmish» deb qanaqangi ishlarga aytiladi? «Jinoyat Kodeks bilan qoriqlanadigan obektlarga zarar yetkazadigan yoki shunday zarar yetkazish real xavfini keltirib chiqaradigan qilmish ijtimoiy xavfli qilmish deb topiladi». deyilgan. Jinoyatni boshqa bir huquqbuzarliklardan farqli belgilari bolib bular quyidagilar: Jinoyatning birinchi belgisi - ijtimoiy xavflilik. Ijtimoiy xavflilik jinoyatning eng muhim belgilaridan biri hisoblanib, aynan shu bilan u mamuriy xatti-harakatdan farqlanadi. Jinoyatning ikkinchi belgisi - uning huquqqa xilofligidadir. Ushbu belgiga muvofiq u yoki bu qilmish, agar jinoyat qonunida uni sodir etish taqiqlangan bolsa, jinoiy qilmish deb topilishi mumkin. Ayni paytda Jinoyat Kodeksida tegishli modda bolmasa, mazkur qilmish jinoyat deb topilishi mumkin emas. Jinoyatning uchinchi belgisi - aybni mavjudligi. Uning mohiyati shundan iboratki, ijtimoiy xavfli, jinoyat qonun bilan taqiqlangan qilmish faqat uni sodir etgan shaxsning aybi isbotlanganidan keyingina jinoyat deb hisoblanadi. «Adolat - davlatning bozilmas poydevoridir» (Pindar). Jinoyatning tortinchi belgisi uning jazolanishidan iborat. «Kimki illatga jazo bermasa, u uning himoyachisidir» degan edi Leonardo da Vinchi. Qonun yoli bilan jazolandimi demak jinoyati uchun jazolangan, jazosiz qolishlik keyingi jinoyatlarga yol ochishlikdir. Jazo emas, jinoyat sharmandalikdir. (I. Gerder) Arastu aytganidek: «jinoyatga baxona bolsa bas» bir jinoyat ikkinchisiga yol ochadi. Zero, Sitseron «Jazo bermaslik jinoyatga katta ragbatdir» deb, hayotiy haqiqatni aytgan edi. Xalqimiz orasida milliyligimizga yod bolgan illatlar tarqalishi koplab jinoyatlarni sodir etilishining bosh mezoni bolib qolmoqda. Bularning bosh sababi milliyligimiz belgisi bolgan turli qadriyatlarimizga amal qilmaslik, bilmaslik, togri yondoshmaslik xullas unutganligimizdir. Download 1.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling