№8 ma’NAVIY ma’rifiy soatlar rejasi


O‘zbekiston Respulikasining 1993 – yil 29 – dekabrdagi qonuniga binoan 14 – yanvar yurtimizda «Vatan himoyachilari kuni» deb e’lon qilindi


Download 1.29 Mb.
bet22/50
Sana10.02.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1186892
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   50
Bog'liq
МАЪНАВИЯТ МАВЗУЛАР МАРУЗАСИ 1 КУРС

O‘zbekiston Respulikasining 1993 – yil 29 – dekabrdagi qonuniga binoan 14 – yanvar yurtimizda «Vatan himoyachilari kuni» deb e’lon qilindi. Qurolli kuchlarni milliy yosh kadrlar bilan to‘ldirish uchun yangi harbiy o‘quv yurtlari ochildi. Xususan, Respublikamiz uchun yangilik va strategik ahamiyatga ega Jizzax Aviatsiya harbiy bilim yurti, Qurolli Kuchlar Akademiyasi va boshqa harbiy ta’lim maskanlari ishlay boshladi.
Prezidentning 2000 – yil 7 – fevraldagi Farmoni bilan yangi «O‘zbekiston Respublikasi «Harbiy doktrinasi» ishlab chiqildi. Unga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi o‘z Qurolli Kuchlarini faqat mudofaa maqsadlarini nazarda tutib shakllantirishi va rivojlantirib borishi ta’kidlanadi. Shuningdek, mamlakat Qurolli Kuchlari o‘zida Mudofaa vazirligi bo‘linmalari, Chegara qo‘shinlari, Ichki ishlar vazirligi hamda Milliy xavfsizlik xizmatining maxsus bo‘linmalari va boshqa idoralarning harbiy tuzulmalarini birlashtirildi. 2002 – yil dekabr oyida Oliy Majlis X – sessiyasi «Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida»gi yangi qonuni qabul qildi.
Vatan ozodligini asrash va himoya qilish hozirgi yosh avlodda o‘tmish ajdodlarimiz shuningdek, kelajak avlod oldida yuksak mas’uliyatni yuzaga keltiradi. Mana shularni his qilgan holda hukumatimiz quyidagi: «Mudofaa to‘g‘risida»gi, «Umum harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida»gi, «O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezervidagi xizmat to‘g‘risida»gi, «O‘zbekiston Respublikasi davlat chegarasi to‘g‘risida»gi, «Terrorizmga qarshi kurash to‘g‘risida»gi va boshqa qonunlar, Prezident farmonlari, hukumat qarorlari, jumladan, O‘zbekiston Respulikasining Milliy xavfsizlik konsepsiyasi va shu kabi hujjatlar ishlab chiqilgan. Har qanday hurujlarni bartaraf etishda, yuqoridagi qonun va qarorlar asosida faoliyat olib boruvchi xizmat xodimlari amalga oshirmoqdalar.
Biz fuqarolar qonunda ko‘rsatilgan soliq va yig‘imlarni to‘lash bilan vatan himoyachilarini iqtisodiy jihatdan ta’minlanishiga ko‘maklashamiz. Yurtboshimiz ta’kidlaganidek: «Agar kimki o‘z armiyasini boqmasa, ertaga o‘zgalar armiyasini boqishga majbur bo‘ladi».



Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling