№8 ma’NAVIY ma’rifiy soatlar rejasi


-Mavzu: “So‘zlashuv va muloqot madaniyati”


Download 1.29 Mb.
bet14/50
Sana10.02.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1186892
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   50
Bog'liq
МАЪНАВИЯТ МАВЗУЛАР МАРУЗАСИ 1 КУРС

11-Mavzu: “So‘zlashuv va muloqot madaniyati”.
Qadim zamonlarda bir mamlakatning podshosi tush ko‘ribdi, tushida barcha tishlari to‘kilib tushganmish. Ertalab vazirlarini birma-bir huzuriga chorlabdi va ulardan tushuning ta’birini so‘rabdi. Shunda huzuriga birinchi bo‘lib kirgan vazir debdi:
- Olampanoh, tushungizning ta’biri shulki, siz barcha qarindosh urug‘laringiz o‘lganidan so‘ng vafot etar ekansiz.
Bu gapni eshitib podshohning g‘azabi kelibdi va vazirni qatl etishni buyuribdi. Ikkinchi bo‘lib kirgan vazir tush bayonini diqqat bilan tinglab, shunday ta’bir beribdi:
- Olampanoh, sizning umringizni uzoq qilmish, ya’ni-ki, barcha qarindosh-urug‘laringizdan uzoqroq yashar ekansiz.
Shunda podshohning ta’bi ochilib, vaziriga qimmatbaho sovg‘alar in’om etgan ekan.
So‘zlash qobiliyatimiz borki, biz fikrimizni bayon etamiz, bir-birimiz bilan muomila qilib, muloqotda bo‘lamiz. Hazrat Navoiy:
So‘zdurki, nishon berur o‘likka Jondin,
So‘zdurki, berur jonga xabar Jonondin,
Insonni so‘z ayladi judo Hayvondin,
Bilkim, guhari sharifroq yo‘q Ondin.
Navoiy yuqorida, so‘zlash qobiliyatimiz, inson bilan hayvon o‘rtasidagi asosiy farqlardan biri ekanligini, hamda uning jon bag‘ishlovchi qudrat vositasi sanalishini yuqoridagi misralarda go‘zal qilib ifodalagan. Agar mana shu so‘zlash kabi xudo bergan ne’mat bo‘lmaganda qanday holda bo‘lar edik. Bir kuni Buzurgmehrdan: «So‘zlash yaxshimi yoki sukutmi?» deb so‘radilar. U esa: «So‘zlash!» - deb javob berdi.
Undan: «Nega bo‘lmasa o‘tmish hakimlari doimo aksini aytib keldilar?» deb so‘rashdi. Buzurgmehr:
«So‘zlash afzal deganimning ma’nosi shuki, agar bu vosita bo‘lmaganda edi, sukutdagi beqiyos xislatlar ochilmay qolardi!» - deb javob berdi. 11
Donishmand Buzurgmehr ta’kidlaganidek, so‘zlash qobiliyatimiz bo‘lmaganda sukut orqali paydo bo‘ladigan xislatlarimiz qadrsiz bo‘lardi. Sharqning barcha xalqlarida so‘zlash va muloqot madaniyatiga alohida e’tibor berilgan bo‘lib, bu to‘g‘rida turli durdona asarlar bitilgan. Sharq xalqlarida so‘z qudratini, uning har qanday ezgulik boshi yoki bo‘zg‘unchilik sababchisi bo‘lishini yaxshi bilganlar.
Qadimda podshohlar el oldida davlat tuzimi, itoatkorlik, diniy qoidalar, xalqaro ahvol, o‘z siyosatlari haqida juma kunlari, xalqning hayit va bayramlarida nutq so‘zlaganlar. Milodning IX asriga kelib, shohlar bu ishni maxsus so‘z ustalariga topshira boshlaganlar va ularni «voiz»lar, deb ataganlar. Voizlik san’ati tugal shakllanib, jahon madaniyati xazinasida Bahovuddin Valad, Jaloliddin Rumiy, Xusain Koshifiy, Muin Voiz Haraviy kabi o‘nlab so‘z ustalari yetishdi. 12
Sharqda adabiyot doimo odob va axloq uchun xizmat qilgan. Sharqning qaysi allomasini qanday asarini o‘qimang barchasi odob-axloq, sabr-toqat, ilm-ma’rifatga chorlaydi. Avvalo Islom diniga murojaat qiladigan bo‘lsak, uning muqaddas kitobi Qur’oni Karimda ham so‘zlashga oid oyatlar mavjud. Yaxshi, muloyim gapni ishlatish, insonning obro‘sini orttiradi, do‘stlarini ko‘paytiradi, hammaning hurmatiga sazovor qiladi. Shuning uchun ham Alloh shirin so‘z bo‘lishga chaqiradi:
«Mening bandalarimga ayt, yaxshi so‘zlarni so‘zlasinlar. Albatta shayton ularning orasiga dushmanlik solib turadi» («Isro» so‘rasi, 53-oyat). Alloh mana shu oyatda musulmonlarning o‘zaro suhbatlarida, gap-so‘zlarida shirinso‘z bo‘lishga buyuradi. Agar ular buyruqqa itoat etmay, yomon so‘zlarni ixtiyor qilsalar, albatta shayton oralarini buzadi va natijada yomonlik va dushmanlik sodir bo‘ladi. Boshqa bir oyatda Alloh shunday deydi: «Va odamlarga yaxshi so‘zlarni ayting» («Baqara» so‘rasi, 83-oyat). Alloh taolo past ovoz bilan so‘zlashga undaydi. Chunki shirinso‘zlik shuni taqozo qiladi. Ovozini baralla qo‘yib baqirib-chaqirib so‘zlashni esa, eshakning hangrashiga o‘xshatadi: «Va ovozingni past qil. Albatta ovozlar ichida eng yoqimsizi eshakning ovozidir» («Luqmon» so‘rasi, 19-oyat).
Alloh kishilar bilan so‘zlashayotganda, muomala qilayotganda ochiq yuzli bo‘lishni buyuradi va qo‘pollikdan qaytaradi. Alloh payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomga qarata shunday deydi: «Alloh bergan rahmat tufayli ularga muloyimlik qilding. Agar qo‘pol, qalbi qattiq bo‘lganingda edi, ular atrofingdan tarqalib ketar edilar» («Oli Imron» so‘rasi, 159-oyat). Shu narsa musulmonlarga bir eslatmaki, ular ham doimo xushmuomala, shirinso‘z bo‘lsinlar. Odamlar orasidagi muomalada Qur’on mana shu odoblarni o‘rgatadi. Bu narsalar hayotda tinchlik va baxt-saodat orzu qilgan har bir jamiyat uchun zarurdir.
XI asrda yaratilgan «Qobusnoma» asari muallifi Kaykavus o‘z o‘g‘ilga nasihatlarida so‘zlashda ayrim tartiblarga amal qilishni uqtirgan.
Kaykovus o‘g‘liga nasihat qilib deydi: «Xalq oldida gapiradigan so‘zing go‘zal bo‘lsin, bu so‘zni xalq qabul qilsin. Xaloyiq sening so‘z bilan baland darajaga erishganingni bilsin, chunki kishining martabasini so‘z orqali biladilar, so‘zning martabasini kishi orqali bilmaydilar, chunki har kishining ahvoli o‘z so‘zi ostida yashiringan bo‘ladi. Ya’ni bir so‘zni bir ibora bilan aytsa bo‘ladi, eshitgan kishining esa ko‘ngli parishon bo‘ladi, shu so‘zni boshqa bir ibora bilan aytsa, eshitgan kishining ko‘ngli bahri oladi...
Ey farzand, so‘zning yuz va orqa tomonini bilgil, ularga rioya qilgil, so‘zlaganingda ma’noli gapir, bu notiqlikning alomatidir. Har bir so‘zga quloq sol, tezlik qilma. O‘ylamasdan so‘zlama. Har bir so‘zni o‘ylab gapir, to aytgan so‘zingdan pushaymon bo‘lmagaysan. Ilgari o‘ylash - bir nav’ karomatdir. Har qanday so‘zni eshitishdan siqilma. U so‘z ishingga xoh yarasin, xoh yaramasin, uni eshit, toki sening uchun so‘z eshigi yopilib qolmasin va so‘zning foydasi tamom bo‘lmasin. Sovuq so‘z so‘zlama...
Ko‘p bil-u, oz so‘zla: kam bilsang, ko‘p so‘zlama, chunki aqlli kishi ko‘p so‘zlamaydi; deganlarki, jim o‘tirish salomatlik sababidir...» 13.
So‘z qudrati nimalarga qodir ekanligi hammaga yaxshigina ma’lum. «Yaxshi gap bilan ilon inidan, yomon gap bilan qilich qinidan chiqadi» degan maqol ham buning yaqqol dalilidir. Biroq hayotimiz davomda turli-tuman muammolarni boshdan o‘tkazamiz.

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling