№8 ma’NAVIY ma’rifiy soatlar rejasi


Download 1.29 Mb.
bet43/50
Sana10.02.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1186892
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   50
Bog'liq
МАЪНАВИЯТ МАВЗУЛАР МАРУЗАСИ 1 КУРС

34-Mavzu: “Odob axloq me’yorlari: kiyinish odobi”.
Odob – axloq borasida fransuz adibi Fransua de Laroshfuko ming bora haq deyish mumkin. Zero, insonlar orasida o‘ziga xos o‘zaro munosabat qonun – qoidalari mingyilliklar davomida shakllanib, insoni shaxs darajasida shakllanishida jamiyatning boshqa qonunlaridan ustunlik qilib kelmoqda.
Dunyoning qaysi bir millatiga nazar tashlamaylik, odob-axloq haqida har bir xalqning buyuk shaxslari hikmatli so‘zlar, she’rlar, doston-u, kitoblar yozib kelajak avlod uchun qoldirishgan. Adib Abdulla Avloniy “Turkiy guliston yoxud axloq” asarida odob-axloqli, ilmli bo‘lishlik avvalo tarbiyadan boshlanishini yonib ta’kidlab o‘tgan. Yoshlarni kelajak ruhida tarbiyalash katta muammo ekanligi ularni tarbiyasini kimga topshirish, ishonish mumkinligini o‘ylab shunday so‘zlarni aytib o‘tgan: «Tarbiyani kimlar qilur? Qayda qilur? Degan savol keladur. Bu savolga, «birinchi uy tarbiyasi. Bu ona vazifasidur. Ikkinchi maktab va madrasa tarbiyasi. Bu ota, muallim, mudarris va hukumat vazifasidur», - deb javob bersak, bir kishi derki, «Qaysi onalarni aytursiz, bilimsiz, boshi paxmoq, qo‘li to‘qmoq onalarmi? O‘zlarida yo‘q tarbiyani qanday qilib berurlar» -der. Mana, bu so‘z kishining yuragini ezar, bag‘rini yondirur. Otasiga nima dersiz, desak, «Qaysi ota? To‘ychi, uloqchi, bazmchi, do‘mbirachi, karnaychi, surnaychi, ilm qadrini bilmagan, ilm uchun bir pulni ko‘zlari qiymagan, zamondan xabarsiz otalarni aytursizmi? Avval o‘zlarini o‘qitmoq, tarbiya qilmoq lozimdur», - der.36
Abdulla Avloniy aytganlaridek:
Tug‘ub tashlov ila bo‘lmas bola, bo‘lg‘ay balo sizga,
Vujudi tarbiya topsa, bo‘lur ul rahnamo sizga.
Temirchining bolasi tarbiya topsa, bo‘lur olim,
Buzulsa xulqi, Luqmon o‘g‘li bo‘lsa, bo‘lg‘usi zolim.
Yomonlarga qo‘shildi Nuhning o‘g‘li o‘ldi beiymon,
Yurudi Kahf iti xo‘blar ila bo‘ldi oti inson.
Bir kuni Buqrotdan:
- Odobli bilan odobsizni o‘rtasida farq qanday? - deb so‘radilar.
- Gapiradigan hayvon bilan gapirmaydigan hayvon orasidagi farq kabi, - deb javob berdi.
Navoiy hazratlari odob-axloq haqida shunday fikrlarni bildirgan:

  • Odobli odam tabibga o‘xshaydi, u bilan suhbatlashish ko‘ngildagi g‘amni quvadi.

  • O‘zingdan keyingilarga ibrat bo‘lay desang, o‘zingdan ilgarigilardan ibrat ol.

Beodoblik shunday selki, u obro‘ va viqor qasrini qo‘parib, idrok bo‘ynini har xil arqonlar bilan bog‘lab tashlaydi. Oqil kishilarning aytishicha, odob rioyasi shunday surmaki, uning gardidan har bir kishiga sursa, e’tibor ko‘zining ravshanligi hech qanday sabab bilan zaiflik va illatga yo‘liqmaydi.
Zamonaning katta-kichiklari uning huzurini mehri - muhabbat bazmining chirog‘i, deb biladilar. Kundan kunga iqbolining yulduzi yuksaklikka ko‘tarilaveradi.
Hurmatli kitobxon kishini avvalo tashqi ko‘rinishi ko‘zga tashlanib, o‘zgalarda o‘sha kishiga nisbatan dastlabki fikrni uyg‘otsa, kishining mehmonga borishi va mehmon kutishi bizning xalqimizda o‘ta ahamiyatli jihat hisoblanadi. Shu bois e’tiboringizni kiyinish, mehmonga borish va mehmon kutish odobi haqida to‘xtalib o‘tishga qaratishni joiz topdik. Odob-axloqning turli ko‘rinishlari haqida boshqa mavzularda fikrlar bildiriladi.
Hozirda o‘quv muassasalarida yoshlarning kiyinishi borasida ko‘plab muammolar, turlicha qarashlar uchramoqda. Biz ko‘maklashish maqsadida, A Rustamova, B Fozilovalarning “Oilashunoslik” kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanmasida keltirilgan ayollar uchun kiyinish madaniyati borasidagi fikrlarni keltirib o‘tamiz.
Yaxshi kiyinish ham o‘ziga xos san’at hisoblanadi. Yaxshi did, avvalo kiyimlarni bir-biriga moslab kiyishda namoyon bo‘ladi. Moslab kiyilgan kiyim ma’lum sharoitga munosib, kishining mashg‘uloti, voqea, muhit va shu kabilar bilan muvofiq, hamda vaqti va joyiga qarab bashang bo‘lishi mumkin.
Respublikamiz iqlimi issiq bo‘lganligi bois bizning sharoitda ayollar uchun eng qulay moda - ko‘krak burma va pasti yaxlit bichimli «o‘zbekcha» ko‘ylak hisoblana­di. Buning afzalligi shundaki, issiq avjiga chiqib, kishi terlab turganda ham kiyim badanga yopishib qolmaydi. Shuning uchun ham ko‘krak burma ko‘ylak hech qachon modadan qolmaydi. Faqat ayrim detallari biroz o‘zgartirilib, zamonaviy tus bergan holda yangilanaveradi.
Chiroyli atlas, tovor kabi matolar qadimdan o‘zbek ayollari sevib kiyadigan milliy matolardir. Qancha-qancha zamonlar o‘tib ketsa ham, bu matolardan o‘z davriga moslab yarashtirib, xoh o‘zbekcha, xoh yevropacha tikilgan kiyimlar hamisha modadadir. Qaddi-qomati kelishgan ayollarga moda jurnalidagi modellarning har biri to‘g‘ri kelishi mumkin. To‘ladan kel­gan ayollarga belning past qismidan ulangan va keng etak bo‘lib tushgan ko‘ylaklar kiyish tavsiya etilmaydi. Ozg‘in ayollar esa tor badanga yopishib turadigan ko‘ylaklar kiymasliklari kerak. Bo‘yni uzun ayollar ko‘proq yelkalik ko‘ylak kiyganlari maqul. Bo‘yni kalta ayollarga tik yoqali va bo‘yin atrofidan o‘yilgan ko‘ylaklar yarashmaydi.
Kiyimning rangi, rasmlari, guli ham mos bo‘lishi kerak. Ayollar ko‘pincha kiyimlar rangini o‘zlarining ko‘z, soch va teri ranglariga moslab oladilar. Katak-katak va yo‘l - yo‘l matolarni birga kiyish tavsiya etilmaydi.
Bo‘ylamasiga yo‘l bo‘lib tushgan gazlamalar ayollarning qaddi – qomatini nozik, bo‘y-bastini o‘zaytirib ko‘rsatadi, ularni to‘ladan kelgan ayollarga kiyishni tavsiya etish mumkin. Ozg‘in va baland bo‘yli ayollar bunday matodan kiyim kiymaganlari maqul, ko‘ndalang, yo‘1-yo‘l ko‘ylaklar qaddi-qomatni to‘laroq ko‘rsatadi.
Rang va ranglarning bir-biriga mos tushishi ham o‘ziga xos ahamiyatga ega. To‘q va qora ranglar jussaning to‘laligini bilintirmay tursa, oq ranglar yanada to‘laroq ko‘rsatadi. Yashil, binafsha, ko‘k rang qaddi-qomatni rostlab ko‘rsatsa, sariq, jigarrang, qizil va rangdor rasmlar jussani bir muncha to‘la qilib ko‘rsatadi. Ortiqcha bezaklar kiyimni bachkanalashtirib yuboradi. Uy kiyimlari asosan yuvilishi oson ip gazlamalar, shtapel matolardan tikiladi, u keng va qulay bo‘lishi lozim. Yoz paytlarida uyda odmi rangli mayin gulli ko‘ylak va xalatlar kiyish maqsadga muvofiq. Ish kiyim qulay, kundalik kiyishga mos va qulay bo‘lishi, ayniqsa, ko‘ylak – kostyumlar kiyish ko‘pdan urf bo‘lib keladi.
Ayollarimizning ishbilarmon doiralarda ko‘plab uchratamiz. Hozirgi kunda ayol tadbirkor, ayol rahbar. Albatta bunday ayolning o‘ziga xos kiyinish madaniyati ham bo‘lishi talab etiladi.

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling