№8 ma’NAVIY ma’rifiy soatlar rejasi


Tarbiyalilik xususiyatlari


Download 1.29 Mb.
bet45/50
Sana10.02.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1186892
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   50
Bog'liq
МАЪНАВИЯТ МАВЗУЛАР МАРУЗАСИ 1 КУРС

Tarbiyalilik xususiyatlari - Avvalo xushmuomalalik haqida fikrlar keltirsak. Xushmuomalaga ehtiyoj sezmaslik uchun bag‘oyat yuksak fazilat sohibi bo‘lish lozim, deyishadi. Xushmuomalalik odamni atrofdagilar uchun foydali va yoqimli qiladi, u ishda va turmushda juda zarur xushmuomalalik keskin vaziyatlarni yumshatadi, janjalni oldini oladi, o‘zini tutishni o‘rgatadi, hurmat va muhabbatga yo‘l ochadi. Xushmuomalalikni o‘rganish mumkin, ammo yurakdan chiquvchi tug‘ma nazokat ham bor. Nazokat kishidan gap - so‘z va harakatlarini nazorat qilishini talab etadi.
Nazokat qoidalariga ko‘ra:
- rasmiy idoraga bosh kiyimda kirish va baland ovozda gapirish;
- shovqin solish, atrofdagilarga xalal berish va g‘ashiga tegish;
- boshqa din, e’tiqod, millat yo davlatni yerga urish;
- birovning kamchiliklari va xatolaridan kulish;
- o‘ziga uzatilgan qo‘lni ochiqchasiga olmaslik;
- suhbatdoshni haqorat qiluvchi so‘zlar aytish;
- xat yo sovg‘ani qaytarib yuborish;
- hamsuhbatining yaqin kishisi haqida mensimay gapirish;
- birovlarning sumkasini ochish, ochiq bo‘lsa, ichiga qarash, begonalarning cho‘ntagini tekshirish;
- so‘ramay boshqalar stoliga teginish, tortmalarini titish, ichidagilarning joyini o‘zgartirish, begona shkaf, bufet va qaznoqlarni ochib qarash mumkin emas.
Shuningdek, o‘zi haqida yaxshi fikr va ishonch uyg‘otishni istagan kishi kamtar, beg‘araz, tartibli bo‘lishi lozim. Ammo me’yorni yodda tutgan holda, axir shakarning ham ozi shirin.38
O‘zini tutish qoidalari:
Jamoat joylarda – kiyimni, o‘zini tartibga keltirish, galstugini, soch turmagini to‘g‘irlash, tirnoq tozalash (bu faqat uyda mehmonxonada va shunga mo‘ljallangan maxsus joylarda mumkin);
- soch tarash va hurpaytirish va h. k;
- jimjiloqda tish tozalash;
- barmoq qirsillatish;
- kaftni bir biriga ishqash;
- keyimni tortqilash;
- xirgoyi qilish;
- noroziligini qo‘pol, tahqiromuz so‘zlar bilan bildirish;



Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling