№8 ma’NAVIY ma’rifiy soatlar rejasi


Download 1.29 Mb.
bet44/50
Sana10.02.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1186892
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   50
Bog'liq
МАЪНАВИЯТ МАВЗУЛАР МАРУЗАСИ 1 КУРС

35-Mavzu: Suhbat va bahs munozara, qoida va odobi”.
Biz so‘zlash va muloqot madaniyati mavzusida so‘zlash, odamlar bilan o‘zaro muloqotning qoidalari haqida yozgan edik. Ushbu mavzuda esa so‘rashish, jamoat joylarida qanday o‘zini tutish, hazil-mazax o‘rni, kishilar bilan muloqotga kirishayotganda avvalo nimalar ahamiyatli ekanligi va zamon talabi bo‘lgan telefonda so‘zlashish odobi haqida so‘z yuritilgan adabiyotlardan fikrlar keltiramiz.
So‘rashish odobi – sizning muloyim va nazokatli munosabatingizning ilk namoishi hisoblanadi. Sizdan hol ahvol so‘ragan kishiga albatta javob qaytarish lozim. So‘rashishdan bosh tortish bilan siz uni atrofdagilar oldida taxqirlagan bo‘lasiz. Jamoat joylarida – ko‘chada, oshxonada, kafeda, transportda, bozorda faqat tanishlar bilan so‘rashiladi. Tashrif muddatingiz oz bo‘lgan joylarda (avtobus, vokzal, do‘konlarda va h. k.) notanish kishilar bilan so‘rashish va biror aniq munosabatga kirishish ortiqcha. Agar hamrohingiz biror tanishi bilan so‘rashsa siz ham u bilan ko‘rishishingiz shart. Agar u bir to‘da odamlar qurshovida bo‘lsa, siz ularning barchasi bilan so‘rashib chiqishga majbursiz – faqat bittasi bilangina ko‘rishish juda qupol xato. Agar kim bilandir so‘rashishni istamasangiz, oshkora yuz o‘girib ketish yaramaydi. Hali imkon borida, unga yaqinlashmay turib bir chetga chiqib olish kerak. Agar tanishingiz sizning ko‘rib va tanib qolishingizngi istamayotganini sezib qolsangiz, uni ko‘rmay o‘tib ketishga harakat qiling, hech bo‘lmasa, o‘zingizni tanimaganga oling. Erkak kishi ayol bilan, yosh odam keksa kishi bilan, ayol o‘zidan katta ayol va erkak bilan, xodim o‘zidan lavozimi yuqoriroq kishi bilan, mijoz sartaroshxona, poyafzal ustaxonasi, atele xodimlari bilan birinchi bo‘lib so‘rashadi. Yangi kelgan odam o‘zidan oldin kelgan mehmonlarga, mashinada o‘tirgan kishi piyodaga, yo‘lovchi (erkak va ayol) taksi haydovchisiga, o‘quvchilar o‘qituvchiga salom berishi kerak.
Ayol tez ketayotgan bo‘lsa, yo‘l - yulakay uchragan tanish erkak bilan o‘zi birinchi so‘rashib ketaverishi mumkin. Bir to‘da odamlar yonidan o‘tayotib yoki ular davrasiga qo‘shilganda ham ayol birinchi salom beradi. Ammo boshqa hollarda shunday qilinsa, bu ayolning erkakka o‘zgacha munosabatini ko‘rsatadi. Ko‘chada ketayotganda erkak tanishini ko‘rib qolganda, albatta, cho‘ntagidan qo‘lini, og‘zidan segaretasini olib so‘rashishi kerak. Govjim joyga kirgan odam notanishlarining barchasi bilan bosh irg‘ab, tanishlar bilan qo‘l siqib ko‘rishadi. Erkaklar (keksa va xastalardan tashqari) kirib kelayotganlarni tik turib qarshi olishlari shart. Tengdosh erkaklar joyida o‘tiraverishlari mumkin. Ammo (jinsidan qat’i nazar!) sizdan yoshi katta odam o‘tirgach yoki sizga o‘tirishga ruxsat bergachgina, o‘tirasiz. Uy bekasi o‘tirishni taklif qilib, o‘zi tik turaversa, o‘tirmang.
Kafe va oshxonalarda tanish ayol bilan bosh irg‘ab so‘rashiladi. Uchrashib qolgan odamlarning yo‘li bir bo‘lsa, qo‘l qisishadi. Ayol erkakka, katta kichikka, yuqori lavozimli odam xodimga qo‘lini birinchi bo‘lib uzatadi. Bunda barmoqlar uchi emas, butun kaft dadil va erkin uzatiladi. Uzatilgan qo‘l kaft orasida yengilgina qisiladi. Ba’zilar o‘zining alohida munosabatini bildirish niyatida qo‘lni qattiq qisadi, ammo bu noto‘g‘ri va xunuk. Ostonada, dasturxon ustida uzalib so‘rashish va xayrlashish mumkin emas. Bir narsani ta’kidlash lozim: uzatilgan qo‘lni olmaslik qattiq haqorat hisoblanadi.37 Tarbiyali insonning hatti harakatlari uning tarbiyasi haqida so‘zlab turadi. Tarbiyalilikning asosiy xusiyatlari nimalarda ko‘rinadi?

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling