8 mart – Xotin-qizlar kuni munosabati bilan uning mohiyati, ijtimoiy-siyosiy, ma'naviy-ma'rifiy ahamiyatini targ'ib etishga qaratilgan “Ayol borki, olam munavvar”, “Jannat onalar oyog'i ostida”


Xush kelding bahor” mavzuida Bahor fasli tarixi


Download 35.44 Kb.
bet2/2
Sana14.04.2023
Hajmi35.44 Kb.
#1358262
1   2
Bog'liq
“Xush kelding bahor” mavzuida Bahor fasli tarixi 8 mart – Xotin

    Bu sahifa navigatsiya:
  • Bahor
Xush kelding bahor” mavzuida Bahor fasli tarixi.



Odamzotning yuragi garchand mushtdekkina bo’lsada, dunyodagi jamiyki quvonchu - tashvishlarni o’zida sig’dira olish qudratiga ega. Shuning bilan birga har doim behalovat harakatlanadi. Biz hayotning baxtli lahzalaridan quvonganimizda, shubhasiz jajji yuragimiz xursand bo’lib, uning urishlarida ham o’zgacha jo’shqinlik va shijoaatni his etamiz. Аksincha, turmush faqatgina quvonchlardan tashkil topmaganidek, ba'zida katta-kichik tashvishlardan charchaganimizda yoki kimdandir ko’nglimizga og’ir botadigan gaplarni eshitsak qalbimiz xufton bo’lib, beixtiyor yuragimizning avvalgi dadil harakatlari susayib, o’zimizdagi tushkunlik kayfiyati yuragimizga ham ko’chadi.
Аna shunday damlarda biroz fursat topib, onamizdek aziz va mehribon bo’lgan tabiat bag’rida bo’lishning o’zgacha gashti bor. Ko’kka bo’y cho’zib turgan azim chinorlar, sovuqlardan bezib, bahorga talpinayotgan gulu-rayxonlar, sho’x-shodon sayrayotgan qushlarning ovozlari beixtiyor ko’ngillarimizga iliqlik baxsh etadi.
Bahor. Uning qutlug’ tashrifini intiqlik bilan sog’inib, yaxshi tilaklarni dillariga jo etib qarshi olmagan insonning o’zi bo’lmasa kerak. Аyniqsa, ko’klam qiru-adirliklarga o’zining yam-yashil libosini tashlaganida ko’zlarimiz oldida baxmalsoyning manzaralar gavdalanadi. Shunda beixtiyor, yana bahor keldi, seni so’roqlab degan mashhur misralar ko’nglimizni band etadi. Ha, bu yil ham ko’klamning nafasi dillarimizga o’zgacha bir fayzu-tarovvat olib kirishga shaylanmoqda. Yana bizlarni sog’inib, sog’intirib Bahor kelmoqda....
Аytish joizki, jonajon yurtimizga bu yilgi bahorning kelishi judayam fayzli, tarovvatli lahzalarni hadya etadi. Xalqimizning ko’tarinki kayfiyatiga mos ravishda bahor fasli ham o’zining mehrga to’la yomg’irlari va mo’tadil havolarini darig’ tutmaydi .
Bahorning tashrifi esa, xotin-qizlar bayramga hamohang tarzda nishollanadi. Shuning uchun ham Bahor va Аyol so’zlari yonma-yon yoziladi. Ular bir-birlarini ma'nan to’ldiradilar.
 O'lkamda bahorning ilk kunlari, boshlanishi bilanoq qushlarning sayrashi hamma joyni tutib, ketadi. Bu bilan bizga bahor kelganidan darak beradi. Bahor fasli fasllarning boshlanishi, uyg'onish davri hisoblanadi. Qishda uyquga ketgan hayvonlar, bahorda uyg'onishadi. Yani uyg'onish, yangi sahifani boshlanishi, yo'lning boshi boshlanish davriga kiradi. Bahor oylari uchta bo'lib, mart, aprel, may kiradi. Juda oz bo'lsada, o'zida xalqimizning milliy bayramlarini mujjasam etgan. Har bir xalqning o'z milliy bayrami bo'lgani singari bizning ham milliyligi ufurib turgan milliyligimizni aks etgan bayramlarimiz bor. Ular sakkizinchi mart xotin qizlar bayramiz, navro'z umumxalq bayrami,va yana bir qancha bayramlarni o'z ichiga oladi.
Bahor fasli kirib kelishi bilan, daraxtlardan kurtaklar chiqa boshlaydi. Qir adirlar yam yashil tusga kiradi, alvon alvon ranglar bo'ladi. Suvlar to'lib to'lib oqadi. Suvlar chekkalari boychechak, yalpizlar chiqa boshlaydi. Barcha joylar yig'ishtiriladi, turli xil gullar ekiladi, ko'kalamzorlashtirish ishlari boshlanadi. Daraxtlarning atroflari oqlanadi. Turli xil ko'chatlar ekiladi. Bahor bayramalari juda katta tantana bilan nishonlanadi. Ona xalqimiz milliyligini o'zida mujjasam etgan navro'z bayrami bunga yaqqol misol. Bahor faslida bolalarning ovozlari osmonlar yetadi. Sababi qir adirlar chiqib chuchmoma, boychechak terishadi. Turli xil o'yinlar o'ynashadi. Bahor faslining mart oyining yigirma birinchi martdan yigirma ikkinchiga o'tar kechasi kun va tun teng bo'ladi. Shu kundan boshlab, kunlarimiz uzaya boshlaydi. Bu ham bizga tangrining bizga bergan inomidir. Musulmonlarning yangi kunni yangi yili shu hisoblanadi. Bobodehqonlarimiz ham asta sekin ketmonlarini ko'tarib o'z dalasi tomon yo'l oladi. Qishning qahriga dosh beraolmagan yerlarini quyoshning zarrin nurlari ila eritib, tashlaydi. Bahor havosi salqin, bo'ladi. Asta sekin kunlar issiy boshlaydi. Bahor insonlar bir biriga mehr, baxt, sihat salomatlik mehribon onaxonlarimizu , nafosatga limolim ayollarimiz dilbar opa singillarimiz shirindan shakar jajji qizchalarmizga go'zalik, nafislik baxsh etadi.
  Tasavvur qilish insonga tangri tarafida berilgan inomdir. Inson biror nimani o'ylasa yo qilmoqchi bo'lsa eng avvalo uni tasavvur qilib ko'radi. Uni qandayligini tasavvur darajasi yetganicha qiladi, unda u yog'i o'tib ketmaydi.
Tasavvur qilishning yana bir turi bu orzu qilish degani. Orzu va tasavvur orasida farq bor. Sababi orzu qilish bu insonni o'zida yo'q narsani orzu qilib unga intilish degani bo'lsa, tasavvur esa biror narsani o`ylab o'shani hayolan jonlantirish degani. Bahorni o'ylash o'z inson qalbiga huzur va orzular to'la olam baxshida etadi. Bahor faslini tasavvur qilganimizda yuraklarimiz hapqirib ketadi.
Bahor yangilanish yangi orzular qilish, hayotga ildam qadam qo'yish yangi rejelar tuzishdek tasavvur qilamiz. Bahor fasli o'zi bilan bir olam yangiliklar olib keladi. Yana tasavur qilar ekansiz dalalardagi shaftolining guliyu tog'dagi lolaning hidi ko'z oldingizga keladi. Bahor tasavvurimizga zig'may ketadi.

Navro‘z bayrami juda qadimiy bayram sanaladi. Tarixchilarning fikricha, bu bayramning tarixi qariyb 3 ming yildan ziyod. Navro‘z asosan bahoriy tengkunlikda nishonlanadi. Navro‘z - tabiat uyg‘onishi ramzi, yangilanish, yasharish fasli, bu kunda qayta tiklanib, yangicha tus olgan xalqimizning qadimiy urf-odatlari, milliy an’analarimiz, turfa marosimlar o‘tkaziladi. Shu tariqa milliy meroslarimiz avlodlar qalbiga singib boradi. Navro‘z bayrami elimizda obodlik, tinchlik-totuvlik, millatlaro ahillik, bag‘rikenglik ramzi, qalblarimizda ezgulik uyg‘otuvchi haqiqiy sharqona bayram sifatida nishonlanadi. Mustaqillik yillarida Navro‘z ayyomi umumxalq bayrami sifatida tan olindi. 2009 yilda Navro‘z bayrami YUNESKO tomonidan insoniyatning nomoddiy madaniy merosi ro‘yxatiga kiritildi. 2010 yilda esa BMT Bosh Assambleyasi 21 mart kunini Xalqaro Navruz kuni deb e’lon qildi va barcha mamlakatlarni mazkur qadimiy bayramni dunyoda keng tarag‘ib etishga chaqirdi.
Bahorni sumalaklar, sayllar o'zimizning milliy o`yinlarimizsiz tasavvur qila olmaymiz. Eng birinchi tasavvurimizga navro'z bayrami keladi. Undagi momalarimizning bizga aytga hikoyalari navro'z tarihi uning kelib chiqishi udumlari. Navro'z bayramida esa ko'pkari kurash, turli xil aytishuvlar, milliy raqslarsiz tasavvur eta olmaymiz. Tabiat bizga shunday ne`matlarni inom etganki bunga shukr keltirishimiz kerak. Bahorni sumalaksiz tasavvur qila olmaymiz, yozni suvsiz, kuzni zangorangsiz qishni esa oq parchalarsiz tasavvur qila olmaymiz. Shunday ekan tasavvurimizdagi fasllar kelinchagi bahoroyni shunday tasavvur qilaylikki amalda ham o'shani ko'raylik. Men bahorni tasavvur qilar ekanman. Eng avvalo ko'z o'ngimga daraxtlarning gullashi atrof ko'mko'k bo'lib insonlarning shodu xuramliklari, qir adirlarda bolalarning varak uchurib, quvonishayotganlarini. Dosh qozonlarimizda sumalaklar pishirilib, hammaga ulashayotganlarini, barcha joylarda ko'kalamzorlashtirish ishlari olib borilayotganini, qalblarga quvonch olib kirganini tasavvur qilaman .Barcha yaxshi amallarni o'z ichiga olgan bahorni tasavvur qilaman. Bahorni yana qaldirgo'chsiz tasavvur qila olmaymiz. Qaldirg'och to'kin sochinlik don -dun olib keladi.
Bahor faslini men yosharish va yangilanish yangi davrga qiyoslayman. Bahor kirib kelishi bilan o'zining ko'mko'k libosini atrofga yoya boshlaydi. Atrof tobora go'zallashib nafislikni jilvakorlikni aks ettiradi. Yana uni kelinchakga ham qiyoslashadi. Bahor yana ayollarga ham qiyos qilishadi. Sababi ayol ko'nglidek ko'ngli nafis nozik did talabchan o'ziga har qanday insoni torta oladi. Bahor faslarning fayz hisoblanadi.
Bahor fasli ayollardek bardoshli tog'lardek sabrli va matonatli. Qancha shamol bo'lsa ham yomg'ir yoqsa ham o'z go'zalligini asrab qoladi. Insonlarni qalbiga eng toza o'ylarni olib keladi. Men bahorni ayol zotiga qiyos etaman. O'zidagi bor chiroyini o'z yaqinlariga ulasha oladigan daraja kuchli bu zot albbata ayollarimiz. Hamma taraflama mukkamal kezi kelgan yig'lab yoki bo'lmasam kulib yuruvchi bu ayollarimiz. Bahor ham ayollarga qiyos deb bilaman. Bahor fasllar ichida nafosati, go'zalligi, yosharish, yashnashi bilan ajralib turadi.
Yana bahor fasli insonlar qalbiga ezgulik urug'i sepish yaxshi amallar qilishdek hammani ko'nglidan birdek joy oladi. Bahor o'zning sepini yoyishi bilan barcha insonlar qalbini to'lqinlantiradi. Bahor faslida o'zimizning milliy bayramimiz navro'z nishonlanadi. Barcha insonlarga birdek shodu xurramlik, mehr oqibat, baxt soadat, baxshida etadi. Bahorda barchamiz yana bir bor o'zimizning o'zligimizni anglab yetamiz.
Milliylikni yo'qotmagan holda ajralib turadi. Milliy taomlarimiz , o'yinlarimiz, bayramlarimiz bilan ham. Bahor fasllarning ilk odimi , yo'lning boshi hisoblanadi. Bahor fasllarning gulshani, borliqga o'zgacha kayfiyat hadya etadi. Shu taraflari bilan ajralib turadi.
Bahorning boshlanishi o'zi yangi kundan darak beradi. Bahor manzaralarini tomasha qilar ekansiz beixtiyor shu go'zallikga yanada go'zallik qo'shishingiz keladi. Bunday go'zallik bilan albatta ajralib turadida. Bahor fasli fasllar ichida milliylikga boyligi, go'zallikga hammohangligi, mehrliligi, yaratish, yaralish, nafislik va boshqa taraflari bilan ajralib turadi. Sanasak juda ko'p eng asosiysi bu milliylikga uyg'unligi bilan ajralib turadi.


To‘rt faslning tanho malikasi sen,
Tugal go‘zallikning nihoyasi sen,
Oshiq-ma’shuqlarning tamannosi sen!
Qayta ketmas bo‘lib keldingmi, bahor?

Yer birla osmonning tillaqoshi sen,


Aytar qo‘shig‘imning avval-boshi sen,
Oltin beshigimning safardoshi sen!
Qayta ketmas bo‘lib keldingmi, bahor?


Haqiqatdan ham bahor faslini kelinchakga o'xshatishadi. Sababi kelinchak kabi go'zal turfa ranglarga boy. Yana bir sababi kelinchak keladigan hovli joylar toza ozoda bo'ladi. Bahor kelganda insonlar ham barcha joylarini yig'ishtiradi. Poklik ozodalik bor joyda doimo qut baraka yog'iladi. Bahorga atab har bir shoiru shoiralar she`r bitadi.
Bahorning har kuni bayram yana har kuni yangilanish o'zgarish yana bir qancha sir asrorlarga boy. Bahor avvallo kelinchak kabi oq libosda kelsa keyin turfa ranglarda o'zini namoyish qiladi. Sababi bodom gulida oq bo'lsa lolada shaftolida qizil pushtu ranglarga kiradi. Insonlar qalbida esa yosharish yangi fikrlar qilishga undaydi.
Turli bayramlarda bahorni nomini takror takror yodga oladi. Bayramlar bo'lganda kasallarning holidan habar olinadi, keksalar borib ko'rib kelishadi va yana bir qancha savobli ishlarni amalga oshiradi. Shuning uchun ham uni fasllarning kelinchagi ardoqlisi mehr muhabbati deb aytishadi. Yana bayramlarimizda kelin salomni ham bejizga qilishmaydi. Bahor va kelinchak bir biriga uyg'un sababi ikkovida ham nafosat, go'zallik timsoli bor.

Bahor


Keldi o'lkamga bahor,
Har yon bo'ldi lolazor.
Suvlarga to'ldi anhor,
Bugun o'lkamda bahor.

Tabiat yangi zar varaq ochdi,
Daraxtlardan uyqu qochdi.
Tok novdalar ko'zin ochdi,
Yurtimga bahor keldi.

Quyosh zarrin nurin sochadi.
Qushalar ko'kda qanot qoqardi.
Qamashtirar alvon ranglar ko'zni,
O'lkamga kelinchak bahor kelibdi.








Download 35.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling