I boshlovchi:
Bu kun o’zgachadir jumlayi olam,
Bu kun o’zgachadir borliqda xanda.
Bu kun ko’zlarimga hatto quyosh ham
Shafaq gulshanidek porlab sochmoqda
II boshlovchi:
Bugun shunday quvonch, shunday shodyona,
Bugun quvonchlarga to’lar bu jahon.
Tonggacha yangrasin kuy, qo’shiq, navo,
Bayramingiz muborak, aziz ayollar!
I boshlovchi:
Assalomu alaykum,qalbi nurli saxovatga to’la, mehri daryo uztozlar, hamda hurmat va ehtirom ila ushbu dargohga tashrif buyurgan kursdosh qizlar va opa-singillar! Mana, o’lkamizda o’zining ajib bir sehri bilan bahor fasli ham o’z sepini yoymoqda. Sizlarni o’z husni- tarovati ila o’ziga maftun qilayotgan bahor oyining ilk bayrami 8-mart-Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan muborakbod etamiz.
Hozirda tadbirimizni ochib berish uchun so’z navbatini guruh rahbarimiz Umirbek domlaga beramiz!!!
Tadbir o’qituvchining kirish so’zi bilan boshlanadi.
II boshlovchi:
Bugungi bayram tadbiri har birimiz uchun ulug’ va tabarruk siymo bo’lgan onajonlarimiz va opa-singillarimizga bag’ishlangan.
(Sahnaga 5 nafar o’quvchi chiqadi).
Do'stlaringiz bilan baham: |