Hamma: Xush kelibsizlar!
II boshlovchi:
Hayot nima uchun munavvar? Ishoning,Ayollar, dunyoda Siz borligiz uchun! Siz tufayli charog’on,go’zallikka limmo-lim!
Siz, azizlar, yuraklarga quvonch, shodlik ulasharsiz, shuning uchun biz sizlarni yaxshi ko’ramiz, ardoqlaymiz, ko’klarga ko’taramiz.
I boshlovchi:
Azizlar, hozir ijro etiladigan 8-mart videoroligini bayram tabrigi sifatida qabul qilgaysiz.(8-mart videoroligi ijro etiladi).
II boshlovchi:
Ayol! Bu so’z jaranglashi bilan ko’z oldimizga guldan-da nafis,jannat gullarining iforlarini eslatuvchi nozik bir xilqat- farishta namoyon bo’ ladi. Ayol bor xonadon farishtali, nurlidir.
I boshlovchi:
Ayol - dunyodagi tengi yo’q ulug’ zot. Aytishlaricha, u bosh qo’ygan bolishga farishtalar sajda qilarkan.
II boshlovchi:
Ayol qadam qo’ygan eshikka avliyolar chiroq yoqar ekan.
I boshlovchi:
U aytgan alladan xudolar oyat to’qirkan, ular allalarida bolalariga butun mehrlarini qo’shib aytisharkan.
Qadim zamonlarda bir kelin bo’lgan ekan. U farzand ko’ribdi-yu, ammo bolalari birin-ketin nobud bo’laveribdi.Uchinchi farzandi tug’ilganda, u bor alamlarini qo’shib, alla aytibdi. Shunda go’dak chinqirab yig’lashdan to’xtabdi.Alla ta`sirida bolaning joni omon qolibdi.Shundan buyoygn onalar go’daklariga alla aytib uxlatishar ekan. Alla ana shunday sehrli qo’shiqdir.Hozir qizlarimiz ijrosida “Alla” ijro etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |