8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag’ishlangan tadbir ssenariysi


(“Onajonim” qo’shig’i  ijro etiladi)


Download 29.58 Kb.
bet6/6
Sana08.01.2022
Hajmi29.58 Kb.
#246362
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
8-mart senariy tayyor

(“Onajonim” qo’shig’i  ijro etiladi).

1-o’quvchi (Hikmat):

 O’zingiz  umrning  avvali,  boshi,

Farzandlar  qalbining  porloq quyoshi,

Hayot  chamanining  mohir  naqqoshi,

O’zingiz  azizsiz,  aziz  ayollar.

2-o’quvchi (Ma’mur):

Sizsiz  bu  dunyoning  sodiq  bekasi,

Bu  go’zal  olamning  Sizsiz  egasi,

Sheryurak  mardlarning  sevgan erkasi,

O’zingiz  azizsiz,  aziz  ayollar!

 

3-o’quvchi (Aleksey):

 Alloh  asli  sizni  suyub  yaratmish,

Qalbingizga  mehrni  quyib  yaratmish,

Go’zal  qilib  sizga  ko’pni  qaratmish,

O’zingiz  azizsiz,aziz  ayollar!



4-o’quvchi (To’rabek):

Bahor  asli  sizning ko’nglingizdadir,

Sadoqat  va  vafo  yo’lingizdadir,

Dunyoning  beshigi  qo’lingizdadir,

O’zingiz  azizsiz,  aziz  ayollar!

5-o’quvchi (Temur):

Bu  foniy  dunyoning  jannati Sizsiz,

Dunyo  dunyo  emas,gar  qolsa  sizsiz,

Olamni  bor  qilgan  hayotbaxsh  kuysiz,

O’zingiz  azizsiz,  aziz  ayollar!

(“Onam derman” ashullasi  ijro  etiladi).

II boshlovchi:

Ona  dunyodagi o’zi kabi ulug’  siymolarni  qoldirgan buyuk zotdir.



I boshlovchi:

 Samarqand  shahrini  qadimiy deyishadi,   uning  2500 yilliini  tantanali  tarzda  nishonladik. Dono  kishilar savol  bermishlar:



1-o’quvchi (Nurshod): Hoy,yoshi  tarixing  tubiga tutashgan Samarqand! Navoiy  va  Ulug’bek kabi siymolarni  yaratgan  sen  emasmi?

2-o’quvchi (Furqat):Yo’q, yo’q,   ularni  onalar  yaratgan.

1-o’quvchi (Nurshod): Hoy, Sharqning  ko’hna kitobi, bunchalar  donishmandlikni qayerdan olding?

2-o’quvchi (Furqat): Nuroniy   onalardan.

1-o’quvchi (Nurshod): Hoy,ona  shahar,  farzandingman, seni madh  etmoqchiman.

2-o’quvchi (Furqat): Farzandim  bo’lsang,  meni  emas,  onalarni  madh  et.

Ha,  onalarni  madh  etaylik.



(“Olamni asrang,do’stlar!” ashulasi  ijro etiladi).

Farruh:

Olloh mo’jizasi,  naqshisan  ayol,

Quvonch  malikasi,  taxtisan  ayol,

Buyuk-buyuklikda  sening  tenging  yo’q,

Bu  yorug’ olamning  baxtisan  ayol!

Shoxruh 187:

Yarmi  ayol erur  insoniyatning,

Ayollar  yaratmish  qolgan  yarmin ham,

Ayol  yarmi  erur  ushbu  hayotning,

Unga  baxsh  etadi  qolgan yarmin  ham.

Jo’rabek:

Dunyoning  quyoshi  bo’lsangiz porloq,

Oyi  ham  o’zingiz  sohibjamollar!

Olloh joiz desa,o’zidan so’ngroq,

Bizga  sajdagohsiz,aziz  ayollar!

II boshlovchi:

Shuning  bilan  “Muqaddas ayol ” nomli  tadbirimiz  nihoyasiga  yetdi.



Boshlovchilar barobariga “ E’tiboringiz uchun raxmat ”

Ayollar haqida qo’shiq bn tugallanadi



******************************************************
Download 29.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling