8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag’ishlangan tadbir ssenariysi
Download 29.58 Kb.
|
8-mart senariy tayyor
- Bu sahifa navigatsiya:
- II boshlovchi
(“Alla” ijro etiladi).
Hikmatli so`zlar. 1. Ayol go`zalligi shunday jozibali kuchki, uning oldida hatto fil ham to`xtab qoladi. 2. Ona - quyosh, uning mehr tafti hech qachon sovumaydi. 3. Hatto eng buyuk, noyob buyuklik ham ona mehribonligi oldida xoru xasdir. 4. Farzand uchun ona og’ushidan yahshiroq ,yoqimliroq va sevimliroq joy yoq. 5. Ona jamiki mavjudotning suyangan tog`idir. 6. Dunyoda hech bir gul onaning bolaga qilgan tabassumidan chiroyli emas. 7. Onaning bir qo’li beshikni, ikkinchi qo’li dunyoni tebratadi. 8. Sharaf tojini istama,onang roziligini izla. Singlingni boshingda tut. 10. Ayolni seva bilmagan odam dunyoning eng go`zal sirlaridan bexabar o`tadi. 11. Yoshlik, telbalikni chiqar boshingdan, Onang xizmatida bo`lg`il yoshingdan. 12. Ona –quyosh,uning mehr tafti hech qachon sovutmaydi.
Ayol bosgan qadamlar o’rnida poklik chechaklari unadi.Shu bois ham “Jannat onalar oyog’i ostidadir” deya takalluf etiladi. I boshlovchi: Shoirga yo’l bo’lsin, sizni chizay deb, Bo’yoq quyultirib turar rassomlar. Mukammal husningiz yog’dusi uchun Oy ham navbatchilik qilar oqshomlar.
Shoirga yo’l bo’lsin, kuylay deb sizni, Bastakorlar yurar yoqachok, tajang. Torni temirchiga topshirvoqgudek Har jarang ustida qilar necha jang.
Aziz Ayollar, sizni ta`riflash uchun dil so’zi-yu, qalam kuchi ojiz. Ona - buyuk allomarimizning beshigini tebratgan mehribon, buyuk zahmatkash zot. Quyosh saxiylikni, dengiz tiniqlikni, tog’lar ulug’vorlikni, osmon kenglikni, bahor latofatni, gullar tarovatni, chashmalar poklikni Sizdan o’rgansin!
Download 29.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling