8-ma’ruza Gazlarning tarkibini analiz qilish
Download 293.47 Kb.
|
8 Gazlarning tarkibini analiz qilish
8-ma’ruza Gazlarning tarkibini analiz qilishReja. Uyga berilgan vazifa ustida ishlash. Gazlarning tarkibini analiz qilish. Kimyoviy gaz analizatorlari. Termokonduktometrik gaz analizatorlari. Gaz analizatorlari tekshirilayotgan gaz aralashmasidagi komponent yoki komponentlar yig‘indisi konsentratsiyasi haqida ma’lumot beradigan qurilmalardir. Gaz analizatorlari sanoatning barcha sohalarida va ilmiy-tadqiqot ishlarida keng ishlatiladi. Gazlarning tarkibini uzluksiz avtomatik nazorat qilish asosida metallurgiyada, koks-kimyo sanoatida, neftni qayta ishlashda, gaz sanoatida va boshqa joylarda gaz hosil qilish va undan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan kimyoviy texnologik jarayonlarni avtomatik boshqarish amalga oshiriladi. Masalan, issiqlik elektr stansiyalarida organiq yoqilgilarni yoqishda yonish jarayonini nazorat qilish va kerakli havo miqdorini (ortiqcha miqdorini) aniqlash uchun avtomatik gaz analizatorlari ishlatiladi. Texnologik ob’ektlarning xavfsiz ishlashini ta’minlovchi sistemalarda ishlatiladigan gaz analiz qilish asboblari ham katta aqamiyatga ega. Keyingi yillarda atrof-muhitni muhofaza qilishga katta e’tibor berilayotganligi munosabati bilan sanoat korxonalari chitsindilarn tarkibidagi zararli qo‘shilmalar miqdorini, ishlab chiqarish xonalari va atmosferadagi zararli qo‘shilmalar miqdorini nazorat qilishga mo‘ljallangan gaz analizatorlari ishlab chiqarish va ulardan foydalanish keskin kengaydi. Aholi yashaydigan punktlar havosining sifatini nazorat qilish uchun havoni ifloslantiradigan is gazi, azot qo‘shoksid, chang va boshqa shu kabi moddalar konsentratsiyasi o‘lchanadi. Texnologik jarayonlarni nazorat qilishda va avtomatlashtirishda turli sharoitlarda bo‘lgan (temperaturalari, bosimlari va hokazolari turlicha bo‘lgan) aralashmalarni analiz qilishga, gaz analizatorlarining turli-tuman xillarini aniqlashga to‘g‘ri keladi. Sanoatda ishlatiladigan avtomatik gaz analizatorlarining ko‘pchiligi gaz aralashmalaridagi bitta komponentning konsentratsiyasini o‘lchash uchun mo‘ljallangan. Bu holda gazlarning aralashmalari binar deb qaralib, undagi aniqlanadigan komponent o‘lchanayotgan aralashmaning fizikkimyoviy xossalariga ta’sir qiladi, qolgan komponentlar esa, ularning tarkibi va konsentratsiyasidan qat’i nazar, ularning xossalariga ta’sir qilmaydi va aralashmaning ikkinchi komponenti hisoblanadi. Ko‘p komponentli gaz aralashmalarining turli tashkil etuvchilarini analiz qilish uchun mo‘ljallangan gaz analizatorlari ham mavjud. Gaz analizatorlari ishlash prinsipi (analiz qilish usuli), analiz qilinayotgan muhitning xossalari, aniqlanadigan komponentlar soni, ishlanish turi, chiqish signalini unnfikatsiyalash usuli va o‘lchash natijalarini berish usuli kabi belgilariga ko‘ra klassifikatsiyalanishi mumkin. Eng oddiy holda namunani o‘zgartirmasdan analiz qilish mumkin, bunda analiz qilinayotgan aralashma tarkibi to‘g‘risida o‘lchanayotgan parametrga qarab bevosita xulosa chiqariladi. Analiz qilishda namunani o‘zgartirish analitik o‘lchash tanlanuvchanligini oshirish imkonini beradi. Namunani o‘zgartirish uchun fizik usullardan ham, kimyoviy usullardan ham foydalanish mumkin. Agar namunaga ta’sir qilish uning fizik xossalarini tubdan o‘zgartirib yuborsa, bunday o‘zgartirish fizik o‘zgartirish deb ataladi. Agar namunaga ta’sir qilish uning tarkibining tubdan o‘zgarishiga olib kelsa, u kimyoviy o‘zgartirish deb ataladi. Gaz analizatorlari hajmiga nisbatan % larda. g/m3, mg/l larda darajalanadi. Birinchi birlik ancha qulaydir, chunki gaz aralashmalari komponentlarining protsent hisobidagi miqdori temperatura va bosim o‘zgarganida doimiyligicha qoladi. Gaz analizatorlari komplektiga datchik va chiqish signallarini o‘lchagichdan tashsari, asbobning normal ishlashini ta’minlovchi bir qancha uzellar ham kiradi. Asosiy yordamchi uzellar gaz aralashmasi namunasini tanlovchi, tozalovchi, uzatuvchi va analizga tayyorlovchi qurilmalardir. Gaz analizatorlarining mavjud klassifikatsiyasi aralashmaning aniqlanadigan komponentlarining konsentratsiyasini o‘lchashga asos qilib olingan fizik-kimyoviy xossalarga asoslanadi. Gazlarni avtomatik analiz qilish uchun quyidagi usullar qo‘llaniladi: (klassifikatsiya GOST 1332081 bo‘yicha): namunani oldindan o‘zgartirmasdan termokonduktometrik, termomagnit, absorbsion-optik (infraqizil va ultrabinafsha nur yutiladigan), pnevmatik usullar: namuna oldindan o‘zgartirnladigan usullar elektro-kimyoviy (konduktometrik, kulonometrik, polyagrafik, potensiometrik) termokimyoviy, fotokolorimetrik, alanga-ionlashuv, aerozol-ionlashuv, xromatografik. massaspektrometrik usullar. Quyida sanoatda eng keng tarqalgan usullar va asboblar ko‘rib chiqilgan. Download 293.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling