8-ma’ruza. Havoyi bog‘lovchilar
So‘ndirilmagan kukun ohakni
Download 231.5 Kb.
|
8-MA’RUZA. HAVOYI BOG‘LOVCHILAR. (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ohak bog‘lovchisining asosiy xossalari.
- Ohakni tashish, saqlash va ishlatish.
So‘ndirilmagan kukun ohakni avvaldan so‘ndirmasdan maxsus tegirmonda kukun holatga keltirib tayyorlanadi. Bu ohak asosidagi qurilish qorishmalari tez qotadi. Ohak tarkibiga 90–150% suv kiritilganda ohak bevosita material ichida gidratlansa (CaO·H2O) CaO ning gidratatsiya va kristallanish jarayonlari tezlashadi. Gidratatsiya jarayonida ajrab chiqqan issiqlik qurilish qorishmasi va betonning qotishini tezlashtiradi. Uning tarkibiga kukun holatdagi mineral qo‘shimchalar (shlaklar, kullar, ohaktosh va sh.k.) qo‘shiladi. Bu turdagi ohak bog‘lovchisi tayyorlangandan keyin darhol ishlatilgani ma’qul, aks holda mahsulot havodan namni olib, bog‘lovchilik xususiyatini yo‘qotadi.
Ohak bog‘lovchisining asosiy xossalari. Sifatiga qarab havoyi ohak sanoatda 3 xil navda ishlab chiqariladi . So‘nish tezligiga nisbatan havoyi ohak tez so‘nadigan (8 minutgacha), o‘rtacha tezlikda so‘nadigan (25 minutgacha) va sekin so‘nadigan (25 minutdan ko‘p) turlarga bo‘linadi. Òo‘yingan so‘ndirilmagan ohakning maydalik darajasi ¹02 va ¹008 elaklardagi qoldiqlari bilan belgilanadi. Elaklardagi qoldiqlar 1,0 va 15% bo‘lishi kerak Uning to‘kma zichligi 800–1200 kg/m3. Havoyi ohak mustahkamligi jihatidan mineral bog‘lovchilar o‘rtasida eng pasti hisoblanadi. Ohak asosidagi qurilish qorishmalarining siqilishdagi 68 mustahkam chegarasi, so‘ndirilgan ohak ishlatilganda, 0,4–1,0 MPa bo‘ladi. Shuning uchun havoyi ohak navlari mustahkamligi bo‘yicha emas, balki uning tarkibiga nisbatan belgilanadi. Ohaktosh tarkibida tuproqsimon va boshqa qo‘shimchalar kam bo‘lsa, ohak aktivligi shuncha yuqori, so‘nishi esa tez bo‘ladi. Ohakni tashish, saqlash va ishlatish. So‘ndirilmagan donador ohak temir yo‘l vagonlari va avtosamosvallarda to‘kilgan holda tashiladi. Bunda ohakni namlik ta’siridan saqlash zarur. Ohakpushonka va kukun ohak jips yopiladigan metall konteynerlarda, maxsus polietilen katta qoplarda va bitumlangan yoki yog‘langan qog‘oz qoplarda tashiladi. Ohak qorishmasi maxsus kuzovli avtosamosvallarda, ohak suti esa avtosisternalarda tashiladi. Ohak-pushonka qurilish maydonlaridagi omborxonalarda qoplarda qisqa muddat saqlanadi. Ohak-kipelkani qurilish maydonlarida usti yopiq holda uzoq muddat saqlanadi va zarurat bo‘lganda ohak qorishmasi tayyorlanadi. Kukun ohakni bir oy saqlash mumkin, aks holda havodagi namlik ta’sirida aktivligi kamayadi. Havoyi ohak keramik g‘isht va bloklar terishda, suvoqchilik murakkab va oddiy qorishmalari, bo‘yoq tarkiblari tayyorlashda ishlatiladi. Ohak va ohak-pushonka asosida ohak-pussolanli va ohakshlakli gidravlik bog‘lovchilar ishlab chiqariladi. Ohak-pussolanli bog‘lovchilar ohak va aktiv minerallar – trepel, opoka, diatomit, gliyej va sh.k. birgalikda kukunlanadi. Ohak-shlakli 69 va ohak-pussolanli bog‘lovchilar asosidagi qorishma va betonlar namlikka va qisman suvli muhitga chidamli. Havoyi ohak silikat g‘ishti va bloklari, g‘ovak, yengil hamda og‘ir silikat betonlari tayyorlashda ishlatiladi. Uni tashish, saqlash va ishlatishda texnika xavfsizligi choralariga rioya qilish zarur. Download 231.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling