8-ma’ruza. Havoyi bog‘lovchilar


Download 231.5 Kb.
bet2/4
Sana17.06.2023
Hajmi231.5 Kb.
#1541678
1   2   3   4
Bog'liq
8-MA’RUZA. HAVOYI BOG‘LOVCHILAR. (1)

Shaxtali xumdon: 1 – shaxta; 2 – yuklash qurilmasi; 3 – qizdirish zonasi; 4 – kuydirish zonasi; 5 – sovitish zonasi; 6 – havo beriladigan greben; 7 – kuydirilgan ohakni chiqarib oluvchi mexanizm.
Ohakni so‘ndirish. Havoyi ohakni so‘ndirish uchun suv bilan aralashtiriladi: CaO+H2O=Ca(OH)2 Ohak so‘ndirilganda 950 KJ/kg miqdorda issiqlik ajrab chiqadi. Ohakni so‘ndirish jarayoni o‘ta shiddatli kechadi, ohak donachalari kukun holga keladi. So‘ndirilgan ohakning o‘ta kukun bo‘lishi, uning yuqori darajada suv ushlab xususiyatini va plastikligini ta’minlaydi. So‘ndirishda qo‘shilgan suv miqdoriga nisbatan gidrat ohagi (pushonka), ohak qorishmasi va ohak suti hosil bo‘ladi. Gidrat ohak (kipelka) 60–70% suv aralashtirilganda hosil bo‘ladi. Bunda ohak hajmi 200–300% ortadi. Hosil bo‘lgan gidrat ohak Ca(OH)2 ning juda mayda zarrachalaridan iborat oq rangli kukundir. Uning erkin holatdagi o‘rtacha zichligi 400–450 kg/m3, zichlangan holatdagi o‘rtacha zichligi esa 500–700 kg/m3. Gidrat ohagi to‘xtovsiz ishlaydigan gidratorlarda so‘ndiriladi, bunda hosil bo‘lgan katta issiqlik va suv bug‘i bo‘lak holatdagi ohakning kukun ohakka aylanishiga olib keladi. Ohak qorishmasi ohak kipelkaga massasiga nisbatan 200–300% suv qo‘shilib tayyorlanadi. Bunda so‘ndirilgan ohakning massasi 2–2,5 marta ortadi va mahsulot hajmi ko‘payadi. Ohak kipelkaga massasiga ko‘ra suv miqdori 300% dan ko‘proq qo‘shilsa, ohak suti hosil bo‘ladi. Ohak qorishmasi to‘la mexanizatsiyalashgan maxsus qorishmalar tayyorlaydigan sexlarda ohak so‘ndiruvchi mashi 67 nalarda bo‘lak holatdagi ohak so‘ndirib olinadi. Bu usulda ohak so‘ndirilganda ohak qorishmasining sifati yuqori bo‘ladi va so‘ndirish jarayoni tezlashadi. Kichik qurilish maydonlarida bo‘lak-bo‘lak ohak maxsus xandaqlarda suv bilan aralashtirilgan holda kamida ikki hafta davomida so‘ndiriladi. Bu usulda ohak so‘ndirilganda so‘nmagan zarrachalar miqdori me’yordan oshmasligi shart.
Ohakning qotishi. Havoyi ohak so‘ndirilgach, ochiq havoda asta-sekin quriydi va havo tarkibidan ÑO2 gazini olib qotadi: Ña(OH)2+CO2=CaCO3+H2O Ohak bog‘lovchisi qotish jarayonida Ca(OH)2 zarrachalari birbiriga yaqinlashadi, zichlashadi, kristallanadi va mustahkam qurilish materiali hosil bo‘ladi. Ohak materiallari mustahkamligini tezlikda oshirish uchun ularni issiqlik bilan qayta ishlanadi.

Download 231.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling