8-ma’ruza. Havoyi bog‘lovchilar


Download 231.5 Kb.
bet1/4
Sana17.06.2023
Hajmi231.5 Kb.
#1541678
  1   2   3   4
Bog'liq
8-MA’RUZA. HAVOYI BOG‘LOVCHILAR. (1)


8-MA’RUZA. HAVOYI BOG‘LOVCHILAR.
Reja:



  1. Havoyi bog‘lovchilar. Havoyi ohak

  2. Ohak ishlab chiqarish turlari va usullari

  3. Ohak bog‘lovchisining asosiy xossalari.

  4. Ohakni tashish, saqlash va ishlatish.

  5. Gips asosida tayyorlangan bog`lovchi moddalar

Havoyi bog‘lovchilar
Havoyi ohak. Havoyi ohak tarkibida 6% gacha giltuproq bo‘lgan kalsiyli va magniyli karbonat tog‘ jinslari: bo‘r, ohaktosh, dolomitlashgan ohaktosh va dolomitlarni kuydirib olingan bog‘lovchi materialdir. 65 Ohak bog‘lovchisi (kipelka) oq va kul rangida bo‘lib, bo‘lak-bo‘lak holda hosil bo‘ladi. Havoyi ohak bog‘lovchisi quyidagi turlarda bo‘ladi: so‘ndirilmagan maydalangan, so‘ndirilgan gidrat (pushonka), ohak qorishmasi va ohak suti. Ohak bog‘lovchisi tarkibidagi CaO miqdoriga nisbatan kalsitli, magneziali va dolomitli bo‘ladi. Kukun ohak tayyorlash uchun so‘ndirilmagan ohak, domna shlaki, elektrotermofosforli shlak, aktiv mineral qo‘shimchalar bilan birga maxsus tegirmonda tuyiladi.
Ohak ishlab chiqarish. Havoyi ohak xomashyosi asosini kalsiy karbonat (CaCO3) tashkil etadi, shuningdek ozgina miqdorda dolomit, gips, kvars, giltuproq va boshqalar aralashgan bo‘lishi mumkin. Ohaktosh 900–1200 °C haroratda kuydirilib, imkoni boricha CO 2 gazi chiqarib yuboriladi: CaCO 3=CaO+CO2 Xomashyo tarkibidagi MgCO3 kuydirish jarayonida parchalanadi. Ohaktoshni kuydirish natijasida 56% havoyi ohak hosil bo‘ladi, qolgan 44% karbonat angidridi (CO2) havoga chiqib ketadi. Ohak bog‘lovchisi tarkibida asosiy oksidlar (CaO+MgO) miqdori ko‘p bo‘lsa, ohak qorishmalari shunchalik plastik va sifatli bo‘ladi. Havoyi ohak tarkibidagi chala kuygan yoki o‘ta kuygan bo‘laklarning me’yordan ortiq bo‘lishi bog‘lovchi xossalarini yomonlashtiradi. Chala kuygan ohak bo‘laklar bog‘lovchilik xususiyatiga ega bo‘lmaydi, o‘ta kuydirilgan ohak esa juda sekin suv ta’sirida gidratlanadi, hajmi kengayadi, buyumlarda yoriqlar hosil bo‘ladi. Ohaktosh, odatda, shaxtali xumdonda kuydiriladi (5.1-rasm). Mayda bo‘lakli ohaktoshlar aylanma xumdonda kuydirilishi mumkin. Ohaktoshni kuydirish uchun ko‘mir, tabiiy gaz va boshqa yoqilg‘ilar ishlatiladi. Ko‘mir yoqilganda ohakka kul aralashishi mumkin, gaz yoqilganda esa bog‘lovchi toza holda hosil bo‘ladi. Bundan tashqari, gaz bilan ishlaydigan xumdonlarni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish mumkin. Ohaktosh kuydirilganda so‘ndirilmagan g‘ovak bo‘lak holdagi yarim mahsulot hosil bo‘ladi. Yarim mahsulot iste’molchiga moslashtirish uchun maydalanadi yoki so‘ndiriladi. 66 5.1-rasm.

Download 231.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling