8-ma’ruza Intellektual transport tizimlarining zamonaviy rivojlanish bosqichlari. (4 soat) Maqsad


Download 37.2 Kb.
bet1/3
Sana08.05.2023
Hajmi37.2 Kb.
#1444625
  1   2   3
Bog'liq
1, 2-маъруза-АТда Ахб — 4 соат


8-ma’ruza
Intellektual transport tizimlarining zamonaviy rivojlanish bosqichlari. (4 soat)
Maqsad: Mintaqaviy darajadagi intellektual transport tizimlari(ITT)ning asosiy vazifalari, yo‘l harakati xavfsizligini tashkil etish va ta’minlashda ITTning tayanch funksiyalari, vazifalari va uni tatbiq etish haqida tushunchalar berish.


Reja:

    1. ITTning maqsad va vazifalari.

    2. Transport sohasida ITTlarini qo‘llash.

    3. Mintaqalar va shaharlar ITTlarining zamonaviy rivojlanish darajasi.



Kalit so‘zlar: Intellektual transport tizimlari (ITT), RDS-TMC – (Traffic Message Channel) – transport xabarlarni uzatish kanali, yo‘llarda harakatni boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimlari (YHBAT), yo‘l-transport hodisasi (YTH), Yo‘l harakati xavfsizligi davlat inspeksiyasi (YHXDI).



    1. ITTning maqsad va vazifalari.

Intellektual transport tizimlari (ITT) – transport jarayonlarining xavfsizligi va samaradorligini oshirishga, haydovchilar va transportdan foydalanuvchilar uchun qulayliklarni yaratishga yo‘naltirilgan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va transport infratuzilmasini avtomatlashtirish vositalarining tizimli integratsiyalashuvidir.
Intellektual transport tizimlarining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
- mintaqaning transport sektorida davlat funksiyalarini bajarish va davlat xizmatlarini ko‘rsatish sifatini oshirish;
- transportning barcha turlarida yo‘lovchi va yuk tashish talablariga javob beradigan umumiy avtomatlashtirilgan boshqarish tizimining imkoniyatlarini kengaytirish;
- yo‘l harakati xavfsizligi va harakat xavfsizligini ta’minlash.
Intellektual transport tizimlari ish faoliyati sxemasi 8.1-rasmda ko‘rsatilgan.

8.1-rasm. Intellektual transport tizimlari ish faoliyati sxemasi.

Intellektual transport tizimlari quyidagilarni ta’minlashga imkon beradi:



        • yo‘l-transport hodisasi yuz berganda ko‘rsatiladigan chora-tadbirlarning operativligini oshirish hisobiga yo‘llardagi o‘lim holatlarini kamaytirish;

        • YTH yoki kriminal vaziyat yuz bergan joyga maxsus transport vositalarini to‘siqlarsiz o‘tkazish;

        • transportda kriminal yoki favqulotda holatlar yuz berganda maxsus xizmatlarga ma’lumotni tezkor, to‘liq va ishonchli ravishda yetkazish;

        • haydovchilarni yo‘l harakati qoidalari va avtotransport vositalarini ekspluatatsiya yo‘l qo‘yilgan xatoliklar, shuningdek, yo‘lda harakatlanish shartlari to‘g‘risida joriy va qisqa muddatli prognozlar haqida xabardor qilish;

        • yo‘l harakati qoidalarining buzilish holatlarini avtomatik qayd qilish va qoidabuzarlarni jazolash;

        • turli xil transport sharoitlarida haydovchilarning avtomobilni boshqarishda e’tiborini oshirish;

        • barcha turdagi transport vositalarida yo‘lovchilarning yurish vaqtini qisqartirish uchun shart-sharoitlar yaratish;

        • transport oqimlarining tartibga solinishi va transport sharoitlari to‘g‘risida ogohlantiruvchi axborotlarni shakllantirish hisobiga shahar yo‘llarining o‘tkazuvchanligini oshirish;

        • jamoat transportidan foydalanilganda yo‘lovchilarning optimal harakatlanish marshrutlarini tanlash imkonini yaratish, bunda, jamoat transportining boshlang‘ich bekatdan oxirgi bekatgacha bo‘lgan harakat jadvali hamda yo‘l holati va transport oqimlari tirbandligi inobatga olinadi;

        • transportning joriy holati va og‘ir vaziyatlarning yuzaga kelishini hisobga olgan holda transport vositalarining harakatlanish yo‘nalishlarini optimallashtirish;

        • korxona tomonidan transport operatsiyalari uchun buyurtmalarni amalga oshirish, yo‘l va ko‘cha tarmoqlarini ekspluatatsiya qilish, maishiy chiqindilarni utilizatsiya qilish, yoqilg‘i iste’molini nazorat qilish, sug‘urta xatarlarini kamaytirish, avtotransport vositalarining samaradorligini oshirish, operatsion xarajatlar ulushini kamaytirish, o‘z vaqtida va ishonchli nazorat qilish uchun shart-sharoitlar yaratish.

ITTlarini jahon tajribasida qo‘llanilishi shuni ko‘rsatadiki, amaliyotda transport xavfsizligi darajasi, transport tarmoqlarida muammolarni va tirbandliklarni bartaraf etish sezilarli yaxshilandi, intermodal transport tizimining (shu jumladan, avtomobillar, temir yo‘l, havo va dengiz transporti) hamda ekologik va energetik muammolarni hal qilish samaradorligi oshdi.
O‘tgan 15 yil mobaynida faol targ‘ib etilgan ITTni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlaridan biri – intellektual avtomobil konsepsiyasini amalga oshirishdir. Hozirda “Xavfsizligi yuqori transport vositalari” xalqaro dasturi mavjud. Bort intellektual tizimlaridan foydalanish tajribasi shuni ko‘rsatadiki, ular baxtsiz hodisalar sonini 40 %ga, o‘lim holatlari sonini 50 %ga qisqartirishi mumkin.




    1. Download 37.2 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling