8-ma’ruza Intellektual transport tizimlarining zamonaviy rivojlanish bosqichlari. (4 soat) Maqsad


Mintaqalar va shaharlar ITTlarining zamonaviy rivojlanish darajasi


Download 37.2 Kb.
bet3/3
Sana08.05.2023
Hajmi37.2 Kb.
#1444625
1   2   3
Bog'liq
1, 2-маъруза-АТда Ахб — 4 соат

8.3. Mintaqalar va shaharlar ITTlarining zamonaviy rivojlanish darajasi.
Mintaqalar va shaharlar ITTlarining asosiy vazifalari. Shaharlarda ITT asosan ikki yo‘nalishda qo‘llaniladi – transport tarmog‘ining o‘tkazish salohiyatini oshirish va yo‘l harakati ishtirokchilarining xavfsizligini yaxshilash. Muayyan transport uzellari va chorrahalarini boshqaruvchi transport boshqaruv moslamalari uchun transport tarmog‘ida bir onda sodir bo‘ladigan vaziyatlarga munosabat bildira oladigan va ularning o‘tkazish hususiyatini optimallashtiradigan hudud darajasidagi boshqaruv ishlatiladi. Favqulotda holatlarda, yo‘l-transport hodisalarida avtomatik yoki ekspert boshqaruvning turli usullari qo‘llaniladi.
Zamonaviy dunyoqarashda, transport telematikasining rivojlanishi bilan bog‘liq holda, shahar boshqaruv tizimiga faqatgina transportlarni chorrahalarda svetofor yordamida boshqarish tizimi sifatida qaralmaydi. U boshqa tizimlar va qurilmalar bilan jihozlangan: axborot displeylari haydovchilarga aloqa qilishdan tashqari, harakat yo‘nalishini tanlash imkonini beradi; kodlangan ma’lumot transport vositalari displeylariga RDS-TMCtransport xabarlari kanali (Traffic Message Channel) yordamida uzatiladi. Bunda asosiy e’tibor yo‘l-transport hodisalari, tirbandliklar va shu kabilarga qaratiladi. To‘xtash joylariga yo‘naltirish va shahar jamoat transportidan foydalanish hamda unda elektron to‘lovlarni amalga oshirish imkoni shahar markazi transport tarmog‘i yuklamasini kamaytiradi.
Yo‘l harakatini tashkil etish va xavfsizligini ta’minlash ITT bo‘linmalarini qo‘llash yo‘l harakatini boshqarish avtomatlashtirilgan tizimlari orqali amalga oshiriladi, shuningdek, harakat qatnashchilariga tegishli ma’lumotlarni taqdim etish tamoyillari asosida transport oqimlarini boshqarish quyi tizimlari ham qo‘llaniladi.
Nazorat savollari:
1. Intellektual transport tizimlarining o‘ziga xos xususiyatlari.
2. Transport tizimlarini avtomatlashtirish sohasida ITT tasnifi.
3. ITT quyi tizimlari.
4. ITTga misollar keltiring.
5. Avtomobil raqamlarini aniqlash moduli funksiyalarini ta’riflang.
6. Transport oqimlari xususiyatlarini nazorat qilish moduli funksiyalarini ta’riflang.
7. «Radar» moduli qanday funksiyalarni o‘z ichiga oladi?
8. Mintaqalar va shaharlar ITTlarining asosiy vazifalari nimalardan iborat?
9. Yo‘l harakatini tashkil etish va xavfsizligini ta’minlashda ITT quyi tizimini joriy qilish qanday amalga oshiriladi?
10. Yo‘l harakatini tashkil etish va xavfsizligini ta’minlashda ITT quyi tizimining funksiyalari nimalardan iborat?
Download 37.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling