8-ma’ruza mashg’uloti


Download 34.51 Kb.
bet1/3
Sana13.04.2023
Hajmi34.51 Kb.
#1350383
  1   2   3
Bog'liq
8-MA\'RUZA




8-ma’ruza mashg’uloti.
F.Shopen ijodi.


Reja:

  1. Shopen ijodini davrlashtirish. Bolalik va o’smirlik yillari.

  2. Ijodidagi yetuklik davri. Parij (1830-1848)

  3. Ijodining tavsifi. Fortepiano ijodi.



Shopen ijodini davrlashtirish. Bolalik va o’smirlik yillari.

Friderik Shopen 1810-yil 1-martda Polsha poytaxti Varshavadan unchalik uzoq bo’lmagan Jelyazova Volya degan joyda dunyoga keladi.Shopenning onasi polyak, otasi fransuz bo’lgan. Shopenning oilasi graf Skarbekning imeniyesida yashashgan. Otasi bu xonadonda uy o’qituvchisi vazifasida ishlagan. o’g’li tug’ilganidan keyin Nikolay Shopen Varshava litseyida (o’rta bilim yurti) o’qituvchi bo’ladi va butun oila poytaxtga ko’chib o’tadi. Kichkina Friderik musiqa qurshovida ulg’ayadi. Uning otasi skripka va fleyta chalar, onasi yaxshigina kuylar hamda biroz fortepiano chalardi. Friderik besh yoshga yetganidayoq kattaopasi Lyudvika rahbarligida o’rgangan murakkab bo’lmagan pyesalami ijro eta olgan. Tez orada Varshavada mashhur bo’lgan chex musiqachisi Voysex Jivniy unga ustozlik qila boshlaydi.Sezgir va tajribali tarbiyachi sifatida u o’z o’quvchisiga mumtoz musiqaga, ayniqsa, I.S.Bax asarlariga bolgan muhabbatni singdirdi.


Baxning klavir uchun prelyudiyalari hamda fugalari keyinchalik bastakoming ish stolidagi doimiy asarlarga aylangan edi. Kichkina pianinochining birinchi chiqishi Varshavada, yetti yoshga to’lganida sodir bo’ladi. Konsert juda muvafFaqiyatli o’tadi va tez orada Shopenning nomini butun Varshava biladi. Xuddi shu davrda uning dastlabki asarlaridan biri fortepiano uchun sol minor polonezi nashr etiladi. Boladagi ijrochilik qobiliyati shu darajada tez o’sib boradiki, u o’n ikki yoshida eng yaxshi polyak pianinochilarining birontasidan ham kam emas edi. Jivniy yosh qobiliyat egasi bilan mashg’ulotlar olib borishdan bosh tortadi. Bunga sabab qilib esa unga boshqa hech narsa o’rgata olmasligini ko’rsatadi.
Bola musiqa mashg’ulotlari bilan birgalikda yaxshigina umumiy ma’lumot ham oladi. Bolaligidayoq Friderik fransuz va nemis tillarida erkin gapira olar, Polsha tarixini katta qiziqish bilan o’rganar, badiiy adabiyotni ko’p o’qirdi. U o’n uch yoshida litseyga o’qishga kirib, uch yil muvaffaqiyatli tamomlaydi. 0 ‘qish davomida boiajak bastakoming ko’p qirrali iste’dodi namoyon bo’la boshlaydi. U yaxshigina rasm chizar, ayniqsa, karrikaturalar chizishga juda mohir edi. U mimika sohasida ham shu darajada yorqin qobiliyat egasi ediki, hatto teatr aktyori bo’lishga ham munosib edi. Juda yoshligidanoq Shopen o’tkir aqli, kuzatuvchanligi hamda haddan tashqari qiziquvchanligi bilan ajralib turardi.
Bolaligidan boshlab, Shopenda xalq musiqasiga muhabbat namoyon bo’ladi. Ota-onalarining aytishiga qaraganda, otasi yoki o’rtoqlari bilan shahar tashqarisiga chiqishganida bola xalq ohanglari taralib turgan uy derazasi oldida uzoq qolib ketar edi. Yozgi ta’tilda litseydagi o’rtoqlarining o’tirishlarida bo’larkan, Friderikning o’zi ham xalq qo’shiqlari va raqslari ijrosida ishtirok etar edi. Yillar o’tib, xalq musiqasi kompozitor ijodining ajralmas qismiga aylandi va Lining asl mohiyatini tashkil eta boshladi.
1826-yilda Shopen litseyni tugatib, Varshava konservatoriyasiga o’qishga kiradi. Bu yerda Lining mashg’ulotlariga tajribali pedagog va bastakor Iosif Eysner rahbarlik qiladi. Eysner juda tezlikda o’z o’quvchisining oddiy iste’dod egasi emas, balki favqulodda qobiliyatli ekanligini anglaydi. Uning qaydlari orasida o’zi tomonidan yosh musiqachiga berilgan qisqacha tavsif saqlanib qolgan edi, bunda quyidagi ta’riflar keltiriladi: “G’ayratli, qobiliyatli, Musiqiy daho”. Bu vaqtga kelib, Shopen allaqachon Polshaning eng yaxshi pianinochisi sifatida e’tirof etilgan edi. Uning bastakorlik iste’dodi ham kamolga erishadi. Bunga 1829-1830-yillarda orkestr va fortepiano uchun yozilgan ikkita konserti guvohlik beradi. Bu konsertlar (f-moll va e-moll) hozirgacha ham o’zgarmagan holda jaranglab kelmoqda hamda barcha mamlakatlar pianinochilarining eng sevimli asarlaridan hisoblanadi.
Mixail Oginskiy, Karol Kurpinskiy singari bastakorlar qiyofasida yaratilgan milliy an’anal’arga tayangan holda Shopen o’z polonez va mazurkalarini yaratadi. Shuningdek, kompozitoming 1826-1828-yillar mobaynida yaratgan asarlari orasida Rondo va a-moll 68-mazurkasi, hamda Motsartning fantaziyasiga yozgan variatsiyalari musiqadagi milliy ruh va koloritning yangiligi bilan ajralib turadi. 1829-yilda Shopen Varshavadan Venaga keladi. Uning konsertlari katta muvaffaqiyatlar bilan o’tadi. Kompozitorni birinchi darajali iste’dod egasi sifatida qabul qilishadi va Mosheles, Kalkbrenner, Gers singari o’sha davming eng mashhur pianinochilari qatoriga qo’yishadi. Shopen imperator Opera teatrida or. 2 ga variatsiyalar, fransuz bastakori Bualdening “Oppoq ayol” operasidan olingan mavzularga improvizatsiyalari hamda polyak mavzusidagi “Xmel”24 asarlari bilan chiqishlar qiladi. Shopenning do’stlari va tug’ishganlari uning uzoq muddatli konsert dasturlari bilan safarga chiqishi zarurligini anglab yetishadi. Shopen uzoq vaqtgacha ushbu qadamni qo’yishga ikkilanib yurdi. Uni bo’lajak ishlarga irim bilan qarashlari qiynardi.
Unga go’yo Vatanini bir umrga tashlab ketayotganday tuyulaverardi. U 1830-yil kuzida do’sti Titus Voysexovskiy bilan birgalikda ikkinchi marta Venaga jo ‘nab ketadi. Xayrlashuv oldidan do’stlari unga polyak tuprog’i to’ldirilgan ko’zachani sovg’a qilishadi. Hattoki, u bilan o’qituvchisi Eysner juda hayajonli tarzda xayrlashadi. Varshavaning Shopen o’tadigan go’shalaridan birida u o’z o’quvchilari bilan xuddi shu munosabat bois yaratilgan xor asarini ijro etadi. Shopen yigirma yoshga to’lganda, undagi - izlanish, umid, zafarlarga to’la baxtli bolalik ayyomi tugaydi. Irimlar Shopenni aldamadi. U Vatanidan bir umrga judo bo’ldi.



Download 34.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling