8-ma’ruza Mavzu: Ekskavatorlar. Qazish-yuklash mashinalari to’g’risida umumiy ma’lumotlar. Reja


Download 31.37 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana18.06.2023
Hajmi31.37 Kb.
#1554787
1   2
Bog'liq
8-ma’ruza (1)

 


 
K’op cho’michli ekskavator 
Ko’p cho’michi ekskavatorlar yumshoq tog’ jinslarini ajratishda, ustup 
burchaklarini to'g'irlashda va bo'sh tog' jinslarini qazishda foydalaniladi. Ko’p 
cho’michli ekskavatorlar IV kategoriyagacha qattiqlikdagi tog’ jinslarini qazib 
olishda ishlatiladi. Ekskavatorning to’xtovsiz ishlashi uchun qazib olinayotgan 
tog’jinslarida katta o’lchamli toshlarning bo’lmasligi hamda eng kattasining 
o’lchami cho’michning 0,2 enidan katta bo’lmasligi kerak. 
Ko’p cho’michli ekskavatorlar bilan qazib olingan konlarda ustuplarning 
yuzasi va burchaklari to’g’ri tashkil topib, qo’shimcha qo’l mehnatini talab 
qilmaydi. 
Odatda ko’p cho’michi ekskavatorlarni bir xil turdagi konlarda va katta 
hajmdagi tog’ jinslarini qazib olish, yoki birjoyda turib qazib olishda foydalaniladi.
Ko’p cho’michli ekskavatorlar quyidagi parametrlariga qarab bo’linadi: ish 
jarayonida harakatlanish yo’nalishi (ko’ndalang va bo’ylama qazish); ishchi 
organning konstruksiyasi (zanjirli va rotor g’ildirakli); ishchi organni zaboyga berish 
usuli (vertikal tekislikni radial kesish, gorizontal tekislikni radial kesish, vertikal 
tekislikni parallel kesish). 
Yuqorida keltirilgan parametrlar bo’yicha ko’p cho’michli ekskavatorlarni 
quyidagicha turlarga ajratish mumkin: 
- ko’ndalang qazuvchi relsda yoki gusenitsada harakatlanvchi cho’michli 
zanjirda, radial yoki parallel qazuvchi yo’naltirilgan zanjirli, bir tur turdagi tog’ 
jinslarini qazib oluvchi yoki temir yo’l v katta kanallarning qiyaligini to’g’irlash, 
yoki gruntlarni qazishga mo’ljallangan erkin osilib turuvchi zanjirli; maxsus 
gusenitsali (gusenitsalar orasidagi masofa o’zgaruvchi) kanallarni qazish va 
tozalashda ishlatiladigan.
-bo’ylama qazuvchi gusenitsali, g’ildirak-gusenitsali, avtomobil va 
pnevmog’ildirakli dizelli, chuqurligi 3.5 m va eni 1.1 m gacha bo’lgan transheya 
qazishga mo’ljallangan cho’michli zanjirli va 1.6-1.8 m chuqurlikdagi rotorli 
transheya ekskavatori. 
Rotorli ekskavatorlar gusenitsali (kamdan-kam hollarda gusenitsali) to’liq 
buriladigan cho’michli g’idirakli va elektr yuritmali, vertikal yoki gorizontal holatda 
radial kesuvchi, qavatli foydali qazilmalarni qazishda, konlarni ochishda 
qo’llaniladi. 
Bir cho’michli ekskavatorlarning yuqori darajada ishlatilishi ko’p cho’michli 
ekskavatorlardan foydalanish darajasini ba’zi hollarda yuqori darajaligini ko’rsatadi. 
Quydagi holatlar bunga misol bo’la oladi:
2
2
Taylor & Francis Group, LLC 
Mechanical еxcavation in мining and
сivil Industries 


1. Bir cho’michli ekskavatorning tsikl davomiyligini 15-30% qazish ishlari 
egallasa, ko’p cho’michli ekskavator uzluksiz holda qazib olishni ta’minlaydi. 
2. Nazariy unumdorlikning qiymati 100-150 m
3
/soatdan ortiq hollarda ko’p 
cho’michli ekskavatorlarning foydalanish darajasini orttirishi mumkin. 
3. Bir xil unumdorlikda 1m
3
foydali qazilmani qazishga ketgan energiya 
harajatlari ko’p cho’michli ekskavatorlarda bir cho’michli ekskavatorlarga nisbatan 
kamroq. 
4. Qurilish materiallarini qazuvchi karyerlarda ko’p cho’michli ekskavatorlar 
bir xil aralashma hosil qilishda (g’isht zavodi uchun tuproq aralasmasini) qulayligi, 
hamda qaziluvci materiallarning saralashni amalga oshirishi mumkin. 
5. Bir cho’michli ekskavatorlar ishlash va yon qiyaliklarni hosil qilishda bir 
xillikni amalga oshirish imkoni mav jud bo’lmasa, ko’p cho’michli ekskavatorlar 
gruntni chuqur va balandlikda qazish imkonini, yon qiyaliklarni bir tashkil etilishini 
ta’minlash imkoniga ega. 
Lekin quyidagi hollarda ko’p cho’michli ekskavatorlar, bir cho’michliga 
nisbatan foydalanishda imkonini cheklaydi: ko’p cho’michli ekskavatorlar qattiqlik 
darajasi IV gacha bo’lgan gruntlarni qazishda ishlayi, Katta minerallarni qazish 
imkoniyati mavjud emas (cho’michning 0.2 eniga nisbatan), bir xil turdagi 
gruntlarda sihlash imkonining mavjudligi bilan bir cho’michliga imkoniyatni boy 
beradi. 
Ko’p cho’michli ekskavatorlar qishda faqat ma’lum bir sharoitda ishlash 
imkonige ega. 
Foydali qazilmani qattiqligi qo’yilgan talablar ko’pgima mashinalar uchun 
umumiydir. 
Shuningdek foydali qazilmani uzluksiz qazib olishda ko’p cho’michli 
ekskavatorlarning konstruksiyasiga o’zgartirish kiritish, va yangi konstruksiyalarni 
ishlab chiqish yaqin kelajakda ko’p cho’michli ekskavatorlarningfoydalanish 
darajasini ortirishiga olib keladi. 

Download 31.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling