8-ma’ruza Mavzu: Ekskavatorlar. Qazish-yuklash mashinalari to’g’risida umumiy ma’lumotlar. Reja


Download 31.37 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana18.06.2023
Hajmi31.37 Kb.
#1554787
  1   2
Bog'liq
8-ma’ruza (1)



8-ma’ruza 
Mavzu: Ekskavatorlar. Qazish-yuklash mashinalari to’g’risida umumiy 
ma’lumotlar. 
 
Reja: 
1. Qazish-yuklash mashinalari to‘g‘risida umumiy ma’lumot; 
2. Qazish-yuklash mashinalari turlari; 
3. Ko‘p cho‘michli ekskavatorlar. 
Ochiq kon ishlarida qazish-yulash operatsiyalarini bajarishda asosan ir 
cho‘michli va ko‘p cho‘michli ekskavatorlar ishlatiladi.
Ekskavator deb foydali qazilmani massivdan ajratib olish, ma’lum bir 
masofaga yetkazish, transport vositatisiga yuklash yoki ag‘darmaga to‘kishda
foydalaniladigan mashinaga aytiladi. Ekskavatorlar ikki guruhga ajratilad: bir 
co’michli va ko’p cho’michli. Bir cho’michli ekskavatorlar yumshoq yoki 
portlatishdan keyin ajrltog’ jinslarni qazib olish va yuklashda foydalaniadi. Ko’p 
cho’michli ekskavatrlar esa ocish, o’ta yumshoq yoki ko’mirni uzluksiz usulda 
qazishda ishlatiladi. 
Bir cho’michli ekskavatorlarning ish tsikli to’rt bosqichdan iborat bo’lib, 
qazish (cho’michni to’ldirish), bo’shatish joyiga yetkazish (transportlash), 
bo’shatish va bo’sh cho’michni qazish joyiga keltirish ishlarini bajaradi. Shuning 
uchun bir cho’michli ekskavatorlar davriy qazish mashinalari hisoblanadi.
1
Bir cho’michli ekskavatorlardan farqli o’laroq ko’p cho’michli ekskavatorlar 
tsiklning barcha jarayonlarini bir vaqtda bajarish imkoniyatiga ega. 
Ishlatilish ko’lami bo’yicha ajratish 
Ishlatih kolami va ishchi holatiga ko’ra bir cho’michli ekskavatorlar asosiy 
to’rt guruhga ajratiladi. 
Umumiy ishlarda qo’llaniladigan ekskavatorlar. 
15.1-rasm. Qurilishda foydalaniladigan ekskavatorlar 
Karyer gusenitsali ekskavatorlari ochiq kon ishlarida foydali qazilmani 
qazishda foydalaniladi. Bu turdagi ekskavatorlar ЭКГ deb nomlanadi. 
1
Taylor & Francis Group, LLC 
Mechanical еxcavation in мining and
сivil Industries 


15.2-rasm – ЭКГ ekskavatori 
Ochiq kon ko’mir razrezlarida va karyarlarda ochish ishlarida qo’llaniladigan 
ekskavatorlar ochish ishlari ekskavatorlari ЭВГ deb ataladi. 
15.3-rasm.ЭВГ turidagi ekskavatorlar. 
Qadamlovchi draglaynlarЭШ alohida guruhga ajratiladi; asosan gidrotexnik 
qurilish ishlarida va 1-4 guruh gruntlarini ag’darmaga to’kishda foydalaniladi
shuningdek ko'mir va ruda konlari ochish ishlarida foydalaniladi. 
15.4-rasm.Qadamlovchi draglayn 
Gidravlik ekskavatorlar. 


15.5-rasm.Gidravlik ekskavator 
Foydali qazilmani qazish ishlarida bajariladigan operatsiyalarda gidravlik 
energiyadan foydalanuvchi ekskavatorlar gidravlik ekskavatorlar deb ataladi. 
Ishchi organ turiga ko’ra bir cho’michli ekskavatorlar quyidag guruhlarga 
ajratiladi: 
а) to’g’ri cho’michli — ekskavator o’zi turgan holatdan yuqorida joylashgan 
tog’ jinslarini qazishda foydalaniladi; 
b) teskari cho’mich— ekskavator o’zi turgan holatdan pastda joylashgan tog’ 
jinslarini qazishda foydalaniladi;
d) draglaynlar— ekskavator o’zi turgan holatdan pastda joylashgan tog’ 
jinslarini qazishda, transheyalar o’tishda, ag’darma hosil qilishda va boshqa ishlarda 
foydalaniladi; 
e) greyfer – quduqlarni, tor va chuqur kotlovanlarni qazishda foydalaniladi; 
yuqorida ko’rsatilgan ishchi uskunalardan tashqari yuk ko’tarish kranlari
trambovka plitalari, gruntlarni maydalovchi uskunalar ham foydalaniladi. 
15.6-rasm. Bir cho’michli ekskavatorlarning ishchi organlari turlari
а — to’g’ri cho’michli; b — teskari cho’michli; v — draglayn; g — greyfer;
Bir cho’michli ekskavator quyidagi asosiy qismlardan tashkil topadi: ishchi 
organ – strela, dastak, cho’mich; burilish platformasida joylashtirilgan kuch berish 
yuritma va mexanizmlari; gusenitsali, pnevmog’ildirakli yoki qadamlovchi yurish 
mexanizmi. 

Download 31.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling