8-ma’ruza Mavzu: Kimyo o’qitishning umumiy metodlari. Illyustrativ tushuntirish metodi. Evristik va izlanish metodlari


Download 164.77 Kb.
bet10/11
Sana08.01.2022
Hajmi164.77 Kb.
#247541
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
8 mavzu

Электронные учебные ресурсы:

1. www.pedagog.uz

3.www.Ziyonet.uz

4.www.edu.uz

5. www.grain. Ru

6 7. www.chemistry.ru

 

Ma’ruza — katta hajmdagi o‘quv materialini nisbatan uzoq vaqt davomida monolog tarzida bayon etish.



Bu usulning asosiy vazifasi — ta'lim berish, o‘rgatish va ko‘proq ma’lumot berishdir. Belgilari: qat’iy tuzilmaga ega; nutqiy- mantiqiy bayon qilish, o'quvchiga berilayotgan axborotning ko‘pligi. Ma’ruza o‘quvchilar biroz tajribasizliklari tufayh yaxshi e’tibor bermaydigan fanning eng muhim jihatlarini tushunib olishlariga yordam beradi.

Ushbu faoliyat turini o'quvchilar bilan birga tashkil etish usulining samaradorlik shartlari quyidagilardan iborat:


  • ma’ruzaning batafsil rejasini tuzish;
  • ma’ruza rejasmi o‘qib eshittirish;
  • rejaning har bir qismini yoritishdan so‘ng qisqacha umumiy xulosa qilish;
  • ma’ruzaning bir qismidan boshqa qismi (bo‘limi)ga o‘tishda mantiqiy bog‘liqlikni ta’minlash;
  • muammoli bayon qilish;
  • yozib olish zarur bo‘lgan joylarni yozdirish;
  • ma’ruzaning ayrim jihatlarini batafsil tahlil qilish imkonini beruvchi seminar mashg‘ulotlari va amaliy mashg‘ulotlar bilan qo'shib olib borish.

Agar ma’ruza o‘tkazislning faol uslublaridan foydalansak, ta’lim maqsadiga erishishning faol usulini ham tatbiq etish mumkin:
  • muammoli ma’ruzalar;
  • ma’ruza konferensiyalari;
  • konspektsiz ma’ruzalar — fikrni so‘z bilan ifodalash;
  • mualliflik ma’ruzalari;
  • ma’ruza — munozaralar;
  • qaytar aloqa texnikasi qo‘llangan ma’ruzalar;
  • aniq vaziyatni tahlil qihsh ma’ruzalari.

Hikoya — unchalik ko‘p bo‘lmagan, ta’riflovchi xususiyatga ega bo‘lgan o'quv mavzusini monolog shaklida aytilishiga yordam beradigan bayon tarzi.

Tushuntirish — so‘zlab berilayotgan mavzu materialining turli holatlarini tahlil qilish, asoslash, izoh berish va isbotlash yorda­mida o‘quv materialini bayon qilish.

Namoyish — tinglovchini turli xil hodisa va voqealar, jarayonlar, obyektlar bilan ko‘rgazmali — hissiy tanishtirish.




Download 164.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling