8-maʼruza. Novogalen preparatlar. Tirik organizmlardan olinadigan dori turlari va olish texnologiyasi


Download 52.23 Kb.
bet13/19
Sana02.06.2024
Hajmi52.23 Kb.
#1835903
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19
Bog'liq
Novogalen preparatlar. Tirik organizmlardan olinadigan dori turlari va olish texnologiyasi

Endokrin tizimi

Endokrin tizimi gormonlar deb ataluvchi kimyoviy signallardan foydalanadi. Ushbu gormonlar qon oqimi boʻylab harakatlanib, organ va hujayralarning faoliyatini boshqaradi.

Endokrin tizim qanday ishlaydi

Endokrin tizimi gomeostazni taʼminlovchi manfiy qaytar bogʻlanish mexanizmlari orqali boshqariladi. Ushbu usul orqali gormonlar konsentratsiyasi va ularning organ sistemalariga taʼsiri tartibga solinadi.

Masalan, qondagi qand miqdori oshqozon osti bezi tomonidan ishlab chiqariluvchi insulin va glyukagon gormonlari yordamida boshqariladi.

Agar qonda qand miqdori baland boʻlsa, oshqozon osti bezi insulin gormonini ishlab chiqaradi. Insulin qondagi glyukoza miqdoriga taʼsir qilib, uning meʼyordan ortib ketishiga yoʻl qoʻymaydi.

Agar qondagi qand miqdori kamaysa, oshqozon osti bezi glyukagon gormonini ishlab chiqaradi. Bu gormon taʼsirida glikogen zaxiralari parchalanib, qondagi glyukoza miqdorini normal darajagacha koʻtaradi.

ENDOKRIN BEZ GARMON PREPARATLARI OLINISHI

  • Endokrin bez gormon preparatlarining olinishi:
  • 1. Kimyoviy yoʻl bilan (oksitotsin, vazopressin)
  • 2. Gen injeneriyasi boʻyicha (insulin, somatotropin, kalsitonin)
  • Kimyoviy yoʻl bilan steroid, oqsil va aminokislota tabiatli gormon preparatlarini sintez qilish koʻp bosqichli va norentabel boʻlganligi sababli, bugungi kunda koʻproq biotexnologiyada fizik-kimyoviy va genetik yoʻnalishlarning rivojlanishi bilan gormon preparatlari gen injeneriyasi usulida olinmoqda. Bu yoʻl bilan gormon preparatlarini olishda yuqori harorat, katalizator, bosim va boshqalar talab qilinmaydi.
  • Oshqozon osti bezi gormon preparatlari Insulin (Insulinum, grekchadan insula — orol) – oshqozon osti gormoni boʻlib, Langergans orolchalarining β-hujayralarida ishlab chiqariladi. U kimyoviy jihatdan oqsil tabiatga ega. Inson insulinining molekulasi ikkita A va V polipeptid zanjiridan iborat boʻlib, ular ikkita disulfid bogʻlari bilan birikkan. A zanjiri 21 ta, V zanjiri 30 ta aminokislota qoldigʻini saqlaydi.

Download 52.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling