8-maʼruza. Novogalen preparatlar. Tirik organizmlardan olinadigan dori turlari va olish texnologiyasi


Download 52.23 Kb.
bet11/19
Sana02.06.2024
Hajmi52.23 Kb.
#1835903
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19
Bog'liq
Novogalen preparatlar. Tirik organizmlardan olinadigan dori turlari va olish texnologiyasi

ORGANOPREPARATLAR

  • Organopreparatlar sintez qilishda, veterinar tomonidan nazoratdan oʻtgan va goʻshtga tortishga ruxsat berilgan, endokrin bezlari zararlanmagan hayvonlarni organlari ishlatiladi. Sababi endokrin bezlaridagi asosiy moddalar tashqi omillarga juda sezuvchan boʻladi, ayniqsa xavo kislarodiga. Qayta ishlanishidan oldin, endokrin bezlar ortiqcha toʻqimalar, yogʻlar, tomir toʻqimalari, yirik tomirlar, muskullar va boshqalardan tozalanadi. Tozalangan bezlar qopqoqli, emalli yoki ruxli idishlarga solinib, saqlanadi.
  • Organopreparatlar olishda katta yoki kichik shoxli qoramol, ot yoki choʻchqalardan foydalaniladi. Xar xil hayvonlarda endokrin bezlarining rivojlanishi va ularning xususiyatlari turlicha. Masalan, qoʻylarning qalqonsimon bezi gormonal xossasi boʻyicha boshqa hayvonlarga nisbatan yuqori. Shuningdek, hayvonlarning yoshi va oʻtish davriga qarab ham bezlarning xossalarida farq boʻladi. Masalan, yoshi oʻtgan hayvonlarda bezlarning gormonal xususiyatlari yosh havonlarga nisbatan past. Shuning uchun organopreparatlar ishlab chiqarishni toʻgʻri va toʻliq tashkil qilishda yuqoridagi fikr va mulohazalarga eʼtibor bermoq zarur.

ORGANOPREPARATLAR GURUHLARI


Gormon preparatlari
Ferment preparatlari
Vitamin preparatlari
Aminokislota preparatlari
Fosfor saqlovchi preparatlar
Nospetsifik taʼsirga ega boʻlgan preparatlar

TEXNOLOGIK NUQATI NAZARDAN ORGANOPREPARATLARNING TASNIFLANISHI


1. Ekstragentlar yordamida ajratma olinib, tozalash bosqichini oʻtagandan soʻng quritib, maydalanib olingan organopreparatlar (pepsin, pankreatin, pantokrin, rantarin).
2. Yogʻsizlantirilgan hayvon organlarini quritish va maydalash orqali olingan organopreparatlar (tireoidin, adiurekrin).
3. Yuqori darajadagi tozalash jarayonini bosib oʻtgan, farmakologik faol moddalar eritmalarini oʻzida saqlagan organopreparatlar (pituitrin, vitogepat).

Garmon nima?

Ichki sekretsiya bezlarining hujayralari gormonlar deb ataladigan har bir endokrin organga xos bo'lgan moddalarni o'z ichiga olgan ajratmalar (bezlar sekretsiyasi) ishlab chiqaradi va ularni bevosita qon oqimiga chiqaradi. Tashqi sekretsiya bezlaridan ularning farqi shundaki, ular o’z ajratmalarini tananing tashqi yuzasiga (so'lak, ter bezlari, oshqozon bezlari, o'pka) chiqaradilar.


Download 52.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling