8-maʼruza. Novogalen preparatlar. Tirik organizmlardan olinadigan dori turlari va olish texnologiyasi


BAHORI ADONIS OʻSIMLIGIDAN OLINADIGAN PREPARATLAR


Download 52.23 Kb.
bet7/19
Sana02.06.2024
Hajmi52.23 Kb.
#1835903
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19
Bog'liq
Novogalen preparatlar. Tirik organizmlardan olinadigan dori turlari va olish texnologiyasi

BAHORI ADONIS OʻSIMLIGIDAN OLINADIGAN PREPARATLAR

  • Adonizid adonilenga nisbatan yot moddalardan toʻlaroq tozalangan boʻlib, F. D. Zilberg tomonidan taklif etilgan. Ajratma bahorgi adonisning er ustki qismidan Sokslet turidagi asbobda universal ajratuvchi (95 qism xloroform va 5 qism 95% li etil spirti) yordamida olinadi. Ajratma boshlangʻich hajmiga nisbatan 15% qolguncha spirt va xloroform uchiriladi. Soʻng xom ashyo miqdoriga teng suv qoʻshilib, ajratuvchining qolgan qismi ham haydaladi. Bunda taʼsir etuvchi modda suvga oʻtadi. Suyuqlik filtr qogʻoziga 1,5 sm qalinlikda joylashtirilgan alyuminiy oksidi orqali suziladi. Adonizid tarkibida yurak glikozidlari, eng asosiysi edonitoksin, boʻlib, u ramnoza va adonitoksigeninlarga parchalanadi. Preparat biologik usulda baholanadi. 23 — 27 BTB (2,7 — 3,5 MTB) saqlaydi, ampulalarda 1 ml dan chiqariladi. Ehtiyotlik bilan B roʻyxatida saqlanadi. Kardiotonik vosita sifatida ishlatiladi. N.A.Bugrim va D.G.Kolesnikov quruq adonizid olishni taklif qildilar. Buni olish jarayoni ham adonizidga oʻxshash boʻlib, bir necha marta qaytadan tozalanadi: spirt-xloroform haydalgandan qolgan qoldiq 2:1 nisbatda olingan xloroform-spirt aralashmasi: bilan ishlanib, haydaladi, quruq qoldiq 20% li spirtda eritiladi. Alyuminiy oksidi orqali oʻtkazilib tozalanadi va quriguncha bugʻlatiladi. Bu och-sariq turgʻun tolqon boʻlib, uning bir grammida 18000—20000 BTB bor. Quruq adonizid suyuq adonizid tayyorlashda, quruq konsentrat sifatida hamda 0,00175 g tabletkada va 1 ml dan ampulalarda chiqariladi.

ANGISHVONAGUL OʻSIMLIGIDAN OLINADIGAN PREPARATLAR

  • Angishvonaguldan diginorm, kordigit, digalen-neo, satiturani, lantozid, dilanzid, digitsillin, digitoksinlar olinadi. Lantozid. Tukli angishvonaguldan 1952-yilda Moskvadagi dorivor oʻsimliklar oliygohi (VILR) tomonidan taklif qilingan. Ajratma 24% li spirt bilan olinadi, yot moddalar (xlorofill, oqsil) 40% li qoʻrgʻoshin atsetat eritmasi bilan choʻktiriladi. Qoʻrgʻoshin atsetatning ortiqchasi natriy sulfat eritmasi bilan yoʻqotiladi. Tindirilgan va suzilgan spirt-suvli ajratmani reaktorga oʻtkazib, spirt-xloroform (3:1) aralashmasi bilan 30 daqiqa aralashtiriladi. Qatlamlar toʻla ajralgandan soʻng, pastki glikozid saqlagan xloroform spirtli qatlami quyib olinadi. Suyuqlik quritilgan natriy sulfati bilan suvsizlantiriladi, suziladi, vakuum-bugʻlatgichda quyultiriladi va vakuum quritgichda quritiladi, Tolqon 70% li spirt da 1:500—1:700 nisbatida eritiladi, bunda 1 ml preparat tarkibida 0—12 BTB (1,5 —1,6 MTB) boʻladi. Jigarrang shisha flakonlarda 50 ml dan chiqariladi. Ehtiyotlik bilan B roʻyxatida saqlanadi.

Download 52.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling