PURKAGICHLI ELSTRAKTORLAR - Purkagichli ekstraktorlar — kolonkadan iborat boʻlib tozalashdan oldin ogʻir erituvchi bilan toʻldiriladi. Tozalanadigan suyuqlik yuzasini koʻpaytirish maqsadida u purkagich orqali ogʻir suyuqlikka purkaladi. Bunda purkagich xar xil boʻlgan ikkita suyuqlik bir-birining qatlamiga oʻtib, taʼsir qiluvchi yoki begona moddani adsorbsiya qiladi. Kolonkaning yuqori va pastki qismi kengaygan boʻlib, suyuqlikning yaxshi tinishini taʼminlaydi. Likopcha toʻsiqli ekstraktorlar. Suyuqliklar qayta-aralashmasligi va fazalar orasida girdobli toʻlqin hosil qilish maqsadida kolonkaga ketma-ket likopchalar joylashtirilgan boʻladi.
- Pulsatsiyali ekstraktorlar — suyuqliklarning bir-biri bilan aralashishini taʼminlash uchun kolonkaga elaksimon likopchalar oʻrnatilgan boʻladi. Kolonkadagi suyuqlik maxsus mexanizm yordamida tebranma harakatga keltiriladi. Natijada tozalanadigan ajratma mayda zarracha xolida ikkinchi faza bilan koʻp marotaba aralashadi va natijada massa uzatish jarayoni tezlashadi. Markazdan qochish kuchiga asoslangan ekstraktorlar, Bu asbob daqiqasiga 1500— 5000-marta aylanadigan doʻmbiradan tashkil topgan. Doʻmbira ichi egri-bugri teshikchalari boʻlgan toʻsiqlar va kanallardan tashkil topgan. Suyuqliklar doʻmbiraga nasos yordamida bir-biriga qarama-qarshi oqimda yuboriladi. Doʻmbira katta tezlikda aylanganda suyuqliklar markazdan qochma kuch hisobiga koʻp marta aralashadi va qaytadan tashqariga uzluksiz oqib chiqadi.
- Bu asbob gravitatsion prinsipda ishlaydigan asboblar turkumiga mansub boʻlib, suyuqlikning chiqib ketishini taʼminlaydigan pastki va yon naychalari boʻlgan 4—5 ekstraktordan tashkil topgan. Xar bir ekstraktorga uchi kengaygan naychalar joylashtirilgan boʻladi. Ekstraktor ogʻir suyuqlik (xloroform) bilan toʻldiriladi. Odatda qurilma 4—5 perforatorlar batareyasidan tashkil topgan.Yuqoridagi idishdan tozalanadigan yengil ajratma naychalar orqali yuborilganda naychaning elaksimon kengaygan uchidan mayda tomchilar xolida yuqoriga koʻtarilishi jarayonida ogʻir suyuqlik qatlamida taʼsir qiluvchi yoki begona moddalar jamlanadi va yon teshikdan ikkinchi idishga oʻtadi. Bu jarayon hamma perforatorlarda takrorlanadi. Odatda oxirgi ekstraktor yon teshigidan tozalangan ajratma yoki yot moddalar quyib olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |